Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə8/11
tarix03.12.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#172336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Madaniy antropologiya Mus ta'lim ishlanma

Kuzatish va ro’yxatga olish
Kuzatish tadqiqotlarda an’anaviy qo’llanilib kelinayotgan metod hisoblanadi. Bu metod tadqiqotchilar tamonidan “keng tasvirlash” imoniyatini bera olish bilan mashhuz hisoblanadi. Bu metodni afzalligi muhokama qiladigan bo’lsak uning o’rganilyotgan muhit borasida samarali va tabiiy xulosalarni bera olishini xisobga olishimiz lozim. Kuzatuv metodni bir necha shakllari ko’rib chiqadigan bo’lsak bevosita kuzatuv keng qo’llanishini ko’ramiz. Bevosita kuzatish Chikago sosiologiya maktabi tomonidan ko’p qo’llanilgan.
Bevosita kuzatish metodi sifatli tadqiqotlar olib borining bir turi hisoblanadi. Bu juda ko’plab fanlarning metodologiyasida xususan madaniy antropologiyada ham keng qo’llaniladi. Bunda o’rganilayotgan tadqiqot jarayonida turli xil immitasiyalarga yo’l qo’yilishi holatlarini oldini oladi. Bu metodni ijtimoiy antropologlar, Britaniyada Boris Malinovski, AQShda Frans Boazni talabalari va Chikago sosiologik maktabi vakillari o’zining urban dala tadqiqotlarida birinchilardan bo’lib qo’llagan. Shuningdek Frank Galminton XIX asrning oxirlarida o’zining Zuni deb nomlangan hindu qabilalarini o’rganish davomida keng qo’llagan. XX asrda Boris Malinovski , Margared Mid kabi ijimoiy hayotni o’rganivchi olimlar tamonidan o’z tadqiqotlarida qo’llaydi. Bu usul etnograf va antropologlarni ma’lum guruhlarning ijtimoiy hayoti borasida ularning madaniyati ularni o’zgarib borishi xaqida xaqqoniy ma’lumotlarni qo’lga kiritishi mumkin. Bu madaniyat bilan yashashda davomida tadqiqotchidan juda ziyraklik talab etiladi. Bu shunigdek G’arb jamiyatdagi submadaniyat ko’rinishlarini jamiyatni turli qatlamlarini o’rganishda ham qo’l keladi.
Tadqiqot davomida tadqiqot obyetni o’zgartish mumkinligi va vaziyatga qarab moslashtirish mumkin. Hususan jarayon davomida interviyu, muhokama, tahlilni o’sha guruhni kuzatish davomida amalga oshirish mumkin. Kuzatuv sifatli tadqiqotlar sirasiga kirsa ham to’plagam ma’lumotlarini mavzuga oid jihatlarini umulashtirishda qayd qilingan solishtirishda miqdoriy jihatlarni ham hisobga oladi. Bevosita kuzatish borasida olim Hovell quydagicha to’rt bosqichni muhim deb hisoblaydi.

Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud:



  • Bilvosita ishtirok – o’rganish davomida axoli yoki obyekt bilan umumiy aloqa mavjud bo’maydi

  • Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma’lum rol bilangina cheklanadi

  • Mo’tadil ishtirok- tadqiqotchi “ichkari” va “tashqari” borasidagi balansni saqlab qoladi

  • Faol ishtirok- tadqiqotchi o’rganilayotgan guruhning to’laligicha a’zosiga aylanib kompleks tarzda ma’lumotlarni to’laydi

  • Mukammal ishtirok - tadqiqotchi aholi bilan bevosita integrasiyaga kirishib ma’lumotlarni to’laydi vaziyatga qarab boshqa me’todlarni ishtirok davomida qo’llaydi

Kuzatish har qanday antropologik kuzatishlarda muhim o’rin tutadi. Tadqiqotchi kuzatish orqalikinsonlarning kundalik hayotiga oid ko’plab faktlarga ega bolishi mumkin. Bunda individual va kollektiv xulq-atvor va xatti-harakatlar kuzatilishi lozim bo’ladi. Barcha xatti-harakatlar joylar, obyektlar kuzatilishi va qadt qilib borilishi muhim hisoblanadi. Bu jaryonlarni jamiyat hayotini ichiga kirgan holatda, bevosita kuzatish muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotchi atrof-muhit kuzatish orqali barcha hodisalarni visual imkoniyatlarda ko’rib chiqadi. Shunda antropolog o’zi o’rganayotgan jamiyatning faoliyati va rivojlanishining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi.

Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin