Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə9/11
tarix03.12.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#172336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Madaniy antropologiya Mus ta'lim ishlanma

Fokus grupp usuli
Fokus grupp metodi sifatli tadqiqotlar olib borish usuli hisoblanadi. Bu miqdoriy tadqiqotlar tadqiqotlar o’tkazilgandan keyin ma’lumotlar borasida izlanish hisoblanadi. “Fokus grupp” atamasi odatda guruh miqyosida o’tkaziladigan muhokamalarda ishlatiladi. Bu usul aniq xaqiqiy ma’lumotlar olishni ta’minlaydi. Shuning uchun bu xaqqoniy standartlarga ega metodologiya sifatida foydalaniladi. Fokus grupp o’rganilayotgan mavzuga doir o’zini qarashlari va tajribalari orqali ma’lumot bera oladigan shaxslarning tanlab olingan guruhi bilan o’tkaziladi. Fokus grupp intervyuchisi mavzuga doir bir necha yo’nalish bo’yicha ma’lumotlarni qo’lga kiritishi mumkin. Bu usulning yutuq tamonlaridan biri shundayki ma’lumotlarni olish barobarida tadqiqotchi respondentlar bilan bevosita muloqatda bo’lishi va ularning fikrlariga boshqa kishilarning ta’sir eta olmasligidadir. Lekin muammo shundaki shaxslarni o’rnini birini fikriga ta’sir eta olmaydigan darajada joylashtirish lozim , o’z fikriga ega bo’magan respondentlar guruhdagi umumiy so’zlardan kelib chiqib fikr bildirishi mumkin.
Bu jarayonda moderatorning roli juda muhim sanaladi. Moderatorning guruhdagi mahorati tadqiqot muofaqiyatini yaxshi darajada ta’minlaydi. Fokus grupplarda interviyu o’tkazish shakllarini ikki guruhga bo’lib olish mumkin. Guruhda inteviyu o’tkazilayorganda tadqiqotchi qatnashchilarni savollarga javob berishi muhim ham muhim sanaladi. Binobarin fokus grupplarda qatnashchilar tomonidan ma’lumotlar berilishi jarayonida qatnashchilar bir biriga o’zaro ta’sir etish xolatlariga ziyraklik bilan yondashish zarur hisoblanadi.
Ijtimoiy holatni o’rganishda fokus grupp metodi bir qator afzaliklarga ega bo’ladi. Individual tarzda o’kaziladigan intervyu bilan taqqoslaydigan bo’lsak fokus gruppda guruhdagi sharoit va emosional holat kelib chiqib ko’proq oshkoralik va ishonch yuzaga keltirib va xatti-harakatlarni boshqarishi muhim hisoblanadi. Tadqiqotchi uchun individual intervyuni nazorat qilish osonroq bo’ladi focus guruhda esa qatnashchilar tashabbusni o’z qo’llariga olishlari mumkin. Kuzatish bilan taqqoslaydigan bo’lsak focus gruppda qisqa muddat davomida ko’proq ma’lumotlarni qo’lga kiritish mumkin. Kuzatish metodlarida izlanilayotgan voqyealikni sodir bo’lishi kutish zarur bo’ladi. Fokus grupp tadqiqotlarida qatnashilarning kundalik so’zlashuv tilidan foydalanish va o’tkazilayotgan mavzuda ularning manfaatlari ifoda etishlari foydalanish muhim sanaladi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin