2.2.Jarangli va jarangsiz undosh undosh tovushlarni o’rgatish usullari
O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofi q bo‘ladi.
O‘qituvchi: – Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.
O‘quvchilar: – Be-shik.
O‘qituvchi: – «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?
O‘quvchilar: – Ikkita.
O‘qituvchi: – Juda to‘g‘ri.
Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin.
O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi.
O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harfllar joylashtiriladi.
Mavzu: Jarangli va jarangsiz undoshlar. 3-sinf
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:O`quvchilarda jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko`nikmasini shakllantirish. So`zni tovush tarkibi jihatidan taxlil qilish ko`nikmasini o`stirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni topqirlik, sezgirlik va hozir javoblikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi:Nutq tovushlarini farqlash ko`nikmasini rivojlantirish.
Dars turi:Yangi bilim, ko`nikma malakalarini shakllantiruvchi dars.Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ta`limiy o`yin, savol-javob, boshqotirma.
Dars jihozi: Darslik rag`batlantirish uchun kartochkalar, undosh tovushlar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, yozuvli plakatlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
Navbatchi xisobotini tinglash, qanday dars ekanligini so`rash, ingliz tilida o`quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari haqida savol-javob qilish. Vatan, ona tili haqida she`rlar so`rash. Sinf o`quvchilarini 3 guruhga ajratish va darsni musobaqa tarzida olib borishni tushuntirish.
1-guruh: Topqirlar
2-guruh: Epchillar
3-guruh: Bilag`onlar
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilardan o`tilgan mavzuni so`raladi.
3 ta guruhdan 1 nafardan o`quvchi sh, ch, ng harf birikmalari qatnashgan she`rlar topib aytdi. Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi dars taxtada sh, ch, ng harf birikmlari bilan boshlanadigan so`zlardan 5 tadan yozadilar. Har bir o`quvchilarning javoblarini o`qituvchi ko`rib rag`batlantirib boradi. O`quvchilarga o`qituvchi savollar yozilgan tarqatmalar beradi va javoblarini eshitadi.
Savollar:
Alifboda nechta harf bor?
Nechta harf birikmasi bor?
Unli harflar nechta?
Undosh harflar nechta?
Nutqimizni ishlatadigan undoshlar qanday guruhlarga bo`linadi?
Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz?
O`tilgan mavzuni o`qituvchi mustahkamlab yakunlaydi.
Yangi mavzu bayoni: Jarangli va jarangsiz undoshlar.
O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor.
Jaranglilar: b, d, g, j, j, v, z, g`, l, m, n, r, y, ng
Jarangsizlar: p, t, k, ch, sh, f, s, h, x, q
O`qituvchi rasmli, rangli plakat yordamida jarangli va jarangsiz undoshlarni ko`rsatib o`qib beradi. Ular qatnashgan so`zlarni farqlashni tushuntiradi.
Yangi mavzuni meltimediali ilovadan foydalanib tushuntirish mumkin.
Jarangli va jarangsiz undoshlarni tushuntirish jarayonida inson a`zolari faoliyati animatsiyasi nomoyish etiladi. Biz gapirganimizda tovushlarni talaffuz qilamiz, bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a`zolari nutq a`zolari deyiladi. Bularga: O`pka, tovush paychalari, o`g`iz bo`shligi, lab, til va tishlar, burun bo`shlig`i kiradi.
O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor. Jarangli undosh tovushlarni talaffuz qilganda ovoz va shovqin eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. Undosh tovushlarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan hafo og`iz bo`shlida turli to`siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo`ladi. Jarangli undoshlar talaffuzida tovush paychalari titraydi, jarangsiz undoshlar talaffuzida esa titramaydi. Buni siz tovush talaffuz qilayotganingizda barmoqlarinigiz ustki tomonini tomog`ingizga qo`yib tekshirishingiz mumkin. O`quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlarni talaffuz qilib ko`rishadi.
Dam olish daqiqasi:
Bu vaqtda o`quvchilarga musiqali qo`shiq qo`yib berish va bunga mos harakatlarni bajariladi.
Mavzuni mustahkamlash:
Darslik bilan ishlash. O`quvchilar darsliklarini ochib 51-mashqqa qaraydilar. Bir o`quvchi mashqni o`qib beradi.
51-mashq. Juftlab berilgan so`zlarni o`qing.
mard – mart jim – chim gul – kul dil – til darz – dars choy – joy dog` – tog` barcha – parcha
Bu so`zlar qaysi harflarga ko`ra bir-biridan farq qilyapti?
Ularni juftlab ayting va talaffuziga e`tabor bering.O`quvchilar savollariga javob berishadi.52-mashq. So`zlarni juftlab o`qing va ko`chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing.
Maktab – maktabi, maqsad – maqsadi, ijod – ijodi, javob – javobi.
Rasmli rangli plakat yordamida mashq tushuntirib beriladi. Talaffuzda ayrim so`zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o`rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz. Bunday so`zlar oxirida qaysi harf yozilishini farqlash uchun shu so`zdan so`ng unli qo`shib aytiladi: kitob – kitobi, mard – mardona. O`quvchilar daftarlarini ochib o`z baholarini ko`radilar, yaxshi baho olgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Dars taxtada husnixat daqiqasi o`tkaziladi.
O`quvchilar daftarlariga 52-mashqni yozish qoidalarini eslatilgan holatda daftariga ko`chirib yozadilar. 3 nafar o`quvchi mashqni dars taxtada bajaradilar. O`qituvchi o`quvchilarning husnixatlarini baholab boradi.53-mashq: O`qing. She`riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushlarni ifodalovchi harflarni alohida yozing. 1 nafar o`quvchi mashqni ifodali qilib o`qib beradi. O`qituvchi mashqni qanday bajarilishini tushuntirib beradi.
Men – jilg`aman,
ummon bo`lgim keladi,
Men – yog`duman,
cho`lpon bo`lgim keladi.
Men – uchqunman,
bo`lgim kelar alanga,
Farzand bo`lib yaray aziz Vatanga! Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi navbat bilan dars taxtada mashqni yozma ravishda bajaradilar.
O`tilgan mavzu boshqotirma yordamida mustahkamlanadi.
1.Erta saharda qichqiradigan parranda?
2.Asalni yahshi ko`ruvchi hayvon
3.Tog`da ochiladigan gul?
4.Olamni yorutguvchi sayyora?
Dars davomida o`quvchilari javoblari baholab boriladi. 3 ta so`zni o`quvchilar fonetik tahlil qilishadi: Kitob, oftob, maktab.
O`qituvchi o`tilgan mavzuni yakunlang. Rag`bat kartochkalariga qarab o`quvchilarni baholanadi. G`olib guruh aniqlanadi.
Uyga vazifa: 54-mashq.
O`qituvchi uy vazifasini o`quvchilarga tushuntirib beradi va darsni yakunlaydi.
XULOSA:
Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.
Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.
Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |