Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


I.1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish



Yüklə 303,65 Kb.
səhifə3/7
tarix09.05.2023
ölçüsü303,65 Kb.
#110300
1   2   3   4   5   6   7
Bobomurodova. jarangli va jarangsiz undosh

I.1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Undoshlar imlosi.
Bb harfi.Odob, kitob so’zlarida pkabi,qibla, tobla so’zlaridavtarzida eshitilsa hamfyoziladi.Vv harfi chetdan kirgan avtobus, avtomatkabi so’zlardaftarzida eshitilsa ham,v kabi yoziladi. Dd harfi.Obod, ozodkabi so’zlardat kabi eshitilsa hamdyoziladi.J j harfi. Jo’ja, jo’rakabi so’zlardatil oldi qorishiq portlovchini ifodalasa,chetdan kirgan jurnal, gijja,ajdarkabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.Zz harfi.Izsiz, yuz ko’rmaskabi so’zlarda seshitilsa hamzyoziladi. N n harfi. Manba, tanburkabi so’zlardameshilsa hamnyoziladi. F f harfi. Fayz,Fotimakabi so’zlarda ba’zan ptarzida aytilsa hamfyoziladi.Q q harfi.To’qson, maqsad, maqtovkabi so’zlarda x eshitilsa ham qyoziladi.Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi.
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa, undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at.
S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa hamtutuq belgisi qo’yilmaydi.
Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi.
Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi:
1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;
2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra;
I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar.
Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir.
Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi:
1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’.
2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h.
Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi.
Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r .
Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa.
2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish
undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.
3.Bo’g’iz undoshlari:h
III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.
3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.
Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi.
Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.
Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.
So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:
bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.


Yüklə 303,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin