Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Bob. Miniatyura san’atining shakllanishi tarixi



Yüklə 217,85 Kb.
səhifə2/13
tarix19.12.2023
ölçüsü217,85 Kb.
#186828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
orta osiyo miniatyura maktablari

Bob. Miniatyura san’atining shakllanishi tarixi.

    1. Miniatyura san’ati tarixi

    2. Buxoro va Samarqand miniatyura maktablarining vujudga kelishi va shakllanishi

  1. Bob. Miniatyura amaliy san’atning mo’jaz janri.

    1. Kаmоliddin Bехzоd vа miniаtyurа.

    2. Sharq miniatyura san'atini o`rgatilishi

      1. Xulosa

      2. Adabiyotlar

KIRISH


Mustaqilligimiz sharofati bilan o`zbek xalqi o`zligini taniy boshladi. Uning boy tarixi, madaniyati o`rganila boshlandi. Bugungi kunda O`zbekiston jaxonning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri bo`lgani isbotlanmoqda.
Qadimgi nodir qo`lyozmalar ichida bizgacha saqlanib kelgan nafis, mo`'jaz rasmlar aloxida o`ziga xos go`zallik, nafosat olamiga ega. Ulardagi yorqin ranglar, nozik chiziqlar va ajoyib mutanosiblik xamon tomoshabinga estetik zavq baqishlaydi. Shuning uchun xam bu rassomlar obidalari jaxonning eng nufizli muzey, kutubxona va majmualarida asrab-avaylanmoqda. Jaxon Tasviriy san'ati xazinasida munosib o`rin olgan miniatyuralar Sharq xalqlarining mushtarak badiiy merosidir. U an'anaviy kitobat san'atining tarkibiy qismi bo`lib, qadimgi nodir qo`lyozmalarni ziynatlash bilan birga, mazkur asarlaridagi ilqor insonparvarlik qoyalari, oliyjanoblikka bo`lgan intilish, go`zallik tuqrisidagi tasavvurni ifodalashga xam xizmat qilgan. Turli san'atkorlar-xattot, rassom, muzaxxib, muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning ijodiy xamkorligida yaratilgan nodir qo`lyozmalari o`rta asr madaniy, ijtimoiy xayotini xamda badiiy-estetik qarashlarini o`rganishda qimmatli manbalardan xisoblanadi.
Yaqin va O`rta Sharq madaniy markazlari bo`lmish Boqdod, Tabriz, Samarqand, Buxoro, Xirot, Sheroz kabi shaxarlarda X-XIX asrlar davomida maxsus miniatyura maktablari mavjud bo`lib, ba'zan yuksak darajada rivojlangan, ba'zan esa tanazzulga yuz tutgan. Xar bir rassomlik markazida o`ziga xos badiiy-ifodaviy xususiyatlar yuzaga kelishi bilan birga ularning barchasi Sharq miniatyura san'atining ranglar sofligi va yorq,inligi, chiziqlarning nafisligi va nozikligi, tasviriy uslubning dekorativ xosiyati bilan xarakterlanadi.
Nodir qo`lyozmalar kitoblari, miniatyura nodir qo`lyozmalar ziynatlari bo`lmish shams, zarvarak, unvon, xoshiya naqshi, lavxa, xotima kabi bezaklar bilan umumiy uslubiy uyqunlikka ega. Bu kitob ziynatlarning dekorativ xususiyati ular yaratilgan
davr dunyoqarashi, tafakkur tarzi bilan bevosita boqliqdir.
Nafis mo`'jaz rasmlar asosan ilmiy, badiiy va tarixiy asarlarning nodir qo`l yozmalarini bezashga xizmat qilgan. Rassomlar asarlarning yetakchi qoyalari va asosiy qaxramonlari siymolarini ranglar vositasida ifodalaganlar. Shu sababli miniatyura san'ati taraqqiyotiga Sharqning atoqli allomalari Muxammad Ibn Muso al-Xorozimiy, Abu Rayxon Beruniy, mutafakkir va shoirlari Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy-Ganjaviy, Amir Xusrav Dexlaviy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy xamda mashxur tarixchilar Fazullox Rashiddin, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqalar .asarlaridagi ilqor insonparvarlik qoyalari ijobiy ta'sir ko`rsatib, uning asosiy taraqqiyot yo`nalishini yetakchi badiiy estetik prinsiplarini shakllanishiga xizmat qilgan.
Qadimgi nodir qo`lyozmalar yuksak qadrlanib kelingan. Shuning uchun xam ularni yiqish, o`rganish bilan san'at ixlosmandlari uzoq vaqtdan buyon shuqillanib keladilar. Ammo miniatyura san'atini chuqur o`rganish asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to`qri keladi. Bu soxada yirik chet el olimlaridan F. Martin, Arnold, B.Robinson, B. Grey va boshqalar Sharq miniatyura namunalarini ilmiy taafsivga olish eng yaxshilarni chop ettirish, yetakchi maktablar taraqqiyoti va tarixni o`rganish xamda tarqib qilishda qator muqim ishlarni oshirdilar. Ammo ularning tadqiqotlarida, rasmlar taxlilida yuzakilik, Sharq xalqlari xayotini yaxshi bilmaslik kabi nuqsonlar uchrab turadi.
O`zbekistonda Sharq miniatyura san'atini ayrim rasmli qo`lyozmalar bilan tanishish olimlarimizning maqolalaridan boshlangan. Umuman respublikamizda Sharq tasviriy san'ati miniatyurasini o`rganishda yetakchi olimlar xizmati aloxida taxsinga sazavor.
Sharq miniatyura va kitobat san'atini respublikamizda o`rganishda, nashr qilishda, dunyoning eng nufuzli va muzey va kutubxonalaridan qidirib topishda Xamid Sulaymonovning xizmati ko`zga yaqqol tashlanadi.
Olim ta'rif bergan «Boburnoma rasmlari» xamda F.Q.Sulaymanova bilan xamkorlikda chikargan «Alisher Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar» nomli albomlarni keng jamoatchilik qizqin kutib oldi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, keyingi vaqtda respublikamizda Sharq miniatyurasi va kitobat san'atini o`rganuvchilar safi kengayib bormoqda. Ayniqsa bular orasida o`z maqolalari va muxim tadqiqotlari bilan N.Norqulov, I.G.Nizomitdinov, A.Murodov, O. Usmonov, E.M.Ismoilova, F.K. Sulaymonova va boshqalar aloxida ajralib turadilar.

Yüklə 217,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin