Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 217,85 Kb.
səhifə5/13
tarix19.12.2023
ölçüsü217,85 Kb.
#186828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
orta osiyo miniatyura maktablari

MINIATYURANING BADIIY USLUBIY XUSUSIYATLARI.

Muallif yoki bosh qaxromon «portreti» ichki kechinmalarini tasvirlovchi saxnalar suxbat mavzusi beriladigan bo`ldi. Avliyolar payqambarni tasvirlash mavzulari cheklana bordi. Jang, ov sa'nalari vasfiy mavzularga munosabat bir muncha o`zgaradi. Mustakil peyzaj kompozisiyalari yo`qoladi. Ko`p kishilik bazm manzaralari kam figurali sokiylar bilan almashinadi. Yangi kompozision yechimlar, sxemalar paydo bo`ladi. Keyingi davr qo`lyozmalarida miniatyuraning O`rta asr uslubiga pala-partish rioya qilishi va personajlarning tarkibiy xarakteristikasiga aloxida - aloxida urqu berish sezilib turiladi. Xarakterli belgi sifatida me'moriy bezak tarzida boburiylar davri oq marmar inshooatlaridan nisbatan ilgarigi yolqiz daraxt yoki peyzash fonini yassi perspektiv qiskartmalarsiz tasvirlovchi Eron O`rta Osiyo usulidan foydalanishni ta'kidlash mumkin. Ularda Kashmir etnik tipik zargarlik takinchoqlarga boy milliy kiyimda tasvirlanib yashil va ko`kimtir ranglar bilan birga noranjiy rang, kizil oltin


ranglarning munosib uyqunlashuvini ko`ramiz. Kashmircha uslubda ishlangan O`rta Osiyo miniatyuralarida uning jixatlari kompozision ko`rilish me'moriy fon ifoda etiladi. Ammo etnik tipik va koloritda muayan uzgarishlar mavjud. Soddalik folklor rasmlar uning tabiiy rivoji va ichki buzilish jarayoni sezilgan klassik miniatyurani qayta qurilish natijasidir.


  1. BOB. MINIATYURA AMALIY SAN’ATNING

  2. MO’JAZ JANRI.





    1. Kаmоliddin Bехzоd vа miniаtyurа

Moniy mo`yqalamga o`xshash rassomlik mo`yqalami butun dunyo Musavvirlarini unutishga majbur qiladi. Uning ajoyib va mu'jizakor barmoqlarini esa Odam Atoning avlodlari orqasiga barcha rassomlarning asarlarini xirs qilib qo`yadi. Sof xaqiqatni o`zida mujassam etgan zamonimiz ajoyiboti bo`lgan bu musavvir xozirgi paytda butun Dunyo xukumdorlarining marxamatiga sazovor. Buyuk rassomning zamondoshlaridan biri bo`lgan xirotlik tarixchi Xondamir o`zining «Xabab us- siyar» asarida Bexzod xaqida xayratlanib ana shunday yozgan edi.


«Rassomlar xaqidagi mashxur risolaning muallifi qozi Axmad musavvir xakida!» qisqa bir vaqt orasida Bexzod shu darajada moxir musavvir bo`lib yetadiki, rang tasvir paydo bo`lgandan buyon bu soxada san'at axli orasida unga teng keladigan yo`q edi, - deb yozadi.
«Kamoliddin Bexzod zamondosh mo`yqalam soxiblari orasida eng yaxshi musavvir xattotlarning boshliqi o`z san'atining cho`qqisiga erishgan uluqlardan edi» - deydi boshqa bir zamondoshi. Raassom va xattot Dustmuxammad Bexzodning shuxrati Sharqning buyuk miniatyurachisi bo`lmish shuxrati nakadar baland bo`lganligini kursatadi. Bexzod qadimgi Xurosanning katta shaxarlaridan birida temuriylar poytaxti
Xirotda 1455 yilda tuqiladi. Tarixiy asarlarda yozilishicha Bexzod ota-onadan juda erta yetim kolib taniqli xirot xattoti va rassomi Mirak naqqosh Xurosoniy qo`lida tarbiya oldi.

Mirak naqqosh Xuroson xukumdori Sulton Xusayn (1465-1506) saroyida shox kutubxonasining boshkaruvchisi kitobdor vazifasida ishladi. Mirak naqqosh Bexzodning ustozlaridan biri edi. Uning miniatyura san'ati bo`yicha ustozlaridan Yana biri buxorolik ustoz Jaxongirning shogirdi mashxur rassom pir Sadid Tabriziy bo`lgan. Uning ustodlari o`z zimmasining mashxur rassomlari edi. Bexzodning asarlaridagi uziga xos xususiyatlaridan ustozlarning ta'siri kattadir. Sulton Xusayn Bayqaro zamonida qirot uzining rassomga bo`lgan xurmatini aniq bildirish maksadida Shox Ismoil 1522 yilda maxsus buyruq bilan Bexzodni Shox kutubxonasining boshliqi kitobdor qilib tayinlaydi. Keksayib saksonlarga borib qolgan rassom vataniga qaytib kelgach, 1535 -36 yillarda Xirotda vafot etadi. Uning portretini Tabrizda yashagan rassom tomonidan ishlangan portret saqlanib qolgan. Uning qomati bir muncha bukchaygan xolda tasvirlangan. Bexzod yaratgan asarlarning aniq bir xisobi yo`q edi. U yaratgan asarlarda xattoki imzo chekilmagan. Bexzod o`z ishlarida Sheroz, Tabriz va Xirot miniatyura maktablarining muvaffakiyatlari ajoyib ravishda uyqunlashtiriladi. Rassom o`zining yoshlik yillarida ishlagan ilk asarlaridayoq xatni jiddiy kuzatuvchi moxir san'atkor ekanini ko`rsatadi. Bexzod illyustrasiya qilinadigan qo`lyozmadan shunaqa syujetlarni tanlab oladiki, bu syujetlar uningcha xayotning turli lavxalarini, mavjudotini doimo xarakatda ekanini ko`rsatish lozim. Shungacha va shundan keyingi devorlarda yaratilgan kompozisiyalarda Bexzod uncha katta bo`lmagan juda keskin xarakat va katta kenglikni o`zida mujassamlatirgan miniatyuralarni yaratish uchun aloxida bir usulni qo`llaydi u figuralarni miniatyura ramkalari bilan kesib qo`yadi va ushbu usul bilan tomoshabinning xayotida xarakat davom etayotganining tasavvurini tuqdiradi.


Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asariga ishlangan Xeva qal'asining qamal qilinishi nomli asarida aniq detallarni ko`rish mumkin. Bexzodning masjid qurilishi tasvirlanayotgan asarida esa ishlarining borishini keng ko`lamda ko`rsatib bergan. Bu miniatyuralarga qarab turib, odam ish juda kizqin ketayotganini ko`rish mumkin. Navoiyning «Farxod va Shirin» dostonida Farxod jasoratini qanchalik kuylangan bo`lsa, Bexzod xam o`z miniatyuralarida Xirot shaxrini obod qilgan nomsiz ustalar va xunarmandlarni muxabbat bilan tasvirlaydi. Sa'diyning shaxri O`rta Sharqda unga teng keladigan shaxar yo`q edi. Xirot shaxri me'morchiligiga masjidlarning salobatligi bilan madrasalarni, mexmonxonalar, shifoxonalar, xammomlarning barcha qurilish binolarining aniq qurilmalari uni bezab turgan naqshinkor koshinlari kishilarni xayratga solgan. Bu yerda miniatyura va xattotlik asarlarining eng yaxshi namunalari ishlanardi. Sulton Xusaynning zamondoshlari Jomiy, Navoiy, Mirxond va Xondamir chiroyli xusnixat mualliflari xattot Sulton Ali, Mashxadiy Kamoliddin Kamoliddin Bexzod o`sha paytlarda Xirotning gultojilari edilar. Sulton Xusaynning o`zi xam shoir bo`lib, nafis san'atning nozik bilimdoni sifatida ijodkorlarga xomiylik qilardi. Buyuk Bexzodning shakllanishida Navoiy katta ta'sir ko`rsatadi. Buyuk ustoz o`zining mashxur musavvirlariga Amir Nizomiddin Alisher Navoiyning marxamati va qamxo`rligi tufayligina erishdi deydi tarixchi Xondamir. XV asrning 90 yillarida Sulton Xusayn Bayqaro Bexzodni o`z kutubxonasiga boshliq qilib tayinlaydi. U Sharqning buyuk yozuvchisi va shoirlarining asarlariga miniatyura chizishni buyurar edi. Sulton Xusayn xattot o`z boqida Bexzodga ijodxona qurdirgan. Uning ishidan zavqlanish uchun uni oldiga tez-tez kelib turar edi. Bu bilan dunyoning tashvishlarini birmuncha unutganday bo`lardi. 1537 yilda Sulton Xusayn vafot etdi. Shayboniyxon Xirotni bosib oldi. Bexzod Xirotda qolib o`z ijodini davom ettirdi. Shaybonixon xam bilimdon xukumdor bo`lib rassomga aloxida e'tibor beradi va unga o`z portretini chizishni buyuradi. Shayboniyxon xalokatidan so`ng 1510 yil Xirotni shox Ismoil bosib oladi. Bexzod boshqa bir xukumdor xarakatiga o`tishga majbur bo`ladi va safaviylar poytaxti Tabrizga boradi. Shox Ismoil Bexzod ijodini yuqori baxolaydi.
1514 yilda Childiran yonidagi jangda muvaffakqiyatsizlikka uchragan Shox Ismoil qaytib kelib ularning axvollarini so`rattirgan. Buston asarida mashxur Doro cho`pon miniatyurasi Navoiyning insonparvarlik qoyalari ta'siri ostida yaratilgan. Bu miniatyurada qoyali toqlar, ba'zi joylar butalar bilan qoplangan yam-yashil o`tloq, chuponlar va otlar yorqin bo`yoqlar ostida bir- biri bilan uyqunlashib ketgan. Bu asarida xam Bexzod baytal onasini emayotgan toychoq va qimiz quyayotgan cho`pon bola kabi xaqqoniy va xayotiy lavxalarni tasvirlaydi. Ayniqsa, cho`pon qomati juda ta'sirchan chiqqan.



Yüklə 217,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin