XIV asr oxirida Eron miniatyura san'atida Sheroz maktabi yuzaga keladi. Janubiy Eronning bu shaxri mashxur shoirlar Sa'diy va xofizning vatani bo`lmish Sheroz bir necha asrlar davomida madaniyat va san'at markazi bo`lib keladi. Adabiyot, she'riyat va rang tasvir barq urib rivojlanadi. 1370 yilda «Shoxnoma» asariga ishlangan illyustrasiya Sheroz miniatyurasining ilk namunasidir. Bu asar
kompozisiyasining juda xam soddaligi-bir oz primitivlik, manzara fonlarning rivojlanmaganligi, bo`yoqlar uyqunligining sustligidan dalolat beradi. Shunga qaramasdan Sheroz maktabining biz uchun aniq lo`nda va ayni vaktda o`ta soddalikni ko`ramiz. Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida XIV asrning ikkinchi yarmiga tegishli Amir Xusrav Dexlaviyning «Xamsa» asari qo`lyozmasi saqlanmoqda. Bunda illyustrasiyalarda lirik syujetlar asosiy o`rinda turadi.
«Shoxnoma» miniatyuralariga yaqin bo`lishiga qaramasdan bu yerda uslubning ancha yetukligi ko`zga tashlanadi. Kam figurali kompozisiyalar rang jixatidan juda go`zal bo`lib chiziqlar ranglar mutanosiblikda ritmik uyqunlikka ega, nafislik bilan soddalik uzviy boqlanib ketgan.
Sheroz maktabi uchun xos yana bir xususiyat manzara asar yaratishga kuchli qiziqishdir. Bu yerda manzara tasviriga birinchi marta katta e'tibor berilganini, uning konkretlashtirilganini ko`rish mumkin.
asrning birinchi yarmida Sherozda kitob san'ati yuksak darajada rivojlanadi. Miniatyuraning badiiy tili boyib, yetuklikka erisha boshlandi. 1410 va 1420 yillarda «Fors she'riyati majmuasi» va 1425 yildagi «Shoxnoma» qo`lyozmalari qizikarlidir. Sheroz xokimi Iskandar Sulton uchun yaratilgan «Majmua» miniatyuralarda Nizmiy dostonidagi bosh qaxromon Xusravning murakkab obrazi ikki aspektda yorqin tasvirlangan. Xusrav-botir va jasur qaxramon, shu bilan birga ayshu ishratga, kayfu safoga berilgan xokim. Ammo afsuski, noma'lum rassom tomonidan yaratilgan bu asarda obrazning barcha xamma qirralari to`la yechib berilmagan bo`lsada, poemaning emosional ruxiga birmuncha yaqinlashilgan.
Sheroz miniatyurasining yana o`ziga xos xususiyatlaridan biri «Shoxnoma» illyustrasiyasidagi chizgilar odamlar va xayvonlar xarakterini juda aniq qilib tasvirlangan.