Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg’uloti keng ma'noda kishilar bilan ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko'rsatkichi bu insonga, shaxsga yo'nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantiqining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko'ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlarini tushunish imkoniyatini ta'minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o’qituvchi uchun o'ta muhim bo'lgan uchta holat bilan bog’langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
* odamlar bilan o'zaro aloqada bo'ishda, madaniy muloqatda bo'lish;