Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning
natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini
xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan
qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi.
Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model
mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan
foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi.
Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar,
siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan,
iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar
uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi
taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning
idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash
imkonini beradi.
Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa
omillar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: