Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
marksizm
deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining 
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
iqtisodiy formastiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, 
rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda 
qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi 
«ekonomiks»
vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o’tish kerak, mazkur yo’nalish 
klassik ilmiy yo’nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo’nalish 
tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga 
tayanishadi. Ular birinchi bo’lib xo’jalik jarayonlarining miqdoran o’zaro 
bog’liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy ‘sixologiya usullaridan 
foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining 
‘redmeti sifatida insonlar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi 
(klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida 
asosiy va belgilovchi bo’lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.
Iqtisodiyot nazariyasi ‘redmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor 
tizimi to’g’risidagi 
marjinalizm
deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U 
inglizcha so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning 
asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon 
Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar 
nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining ‘asayib borish qonuni 
degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga 


bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda 
keng qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi 
neoklassik
, ya’ni yangi klassik deb 
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u 
iqtisodiy jarayonning funkstional bog’lanishi va funkstional nisbatlarini ishlab 
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va 
taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri 
Shveystariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat 
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shum’eter 1912 yilda yozgan 
“Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar 
o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini 
ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch 
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va 
‘ulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy 
daromad, ka’ital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil 
qilib, investistiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil to’ishi 
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni 

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin