Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Moddiy 
ehtiyojlar
, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy
 
ne’matlarni xarid 
qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan 
ko’’lab hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat 
Тақсимот жараёни
Ишлаб чиқариш жараёни
Истеъмол 
жараёни
Айирбошлаш жараёни


buyumlarini (taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi. Shu o’rinda 
ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan 
narsa endi eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham 
moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy 
avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish 
kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi. 
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini 
ham o’z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, 
ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy 
ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar 
qurilishiga xizmat qiladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar
moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va 
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil 
xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar 
yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni 
qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, 
ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, 
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort o’yinlari va 
ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada 
qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori 
darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor 
iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar 
boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar 
ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, 
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z 
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 
v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir 
qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda 
hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va 
trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi; 


g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z 
bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 
d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir 
etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular 
o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga 
olib keladi. 
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi
o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan 
iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar 
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. 
Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va 
savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib 
borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z 
ifodasini to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, 
balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining 
kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan 
ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab 
chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni 
yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va 
ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda 
‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. 
Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo 
miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy 
xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj to’ib 
boradi. 


Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning 
‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur 
tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi 
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi 
hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim 
almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib 
borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib 
borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi 
ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar 
nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon 
bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak 
bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. 

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin