ishlab chiqarish jarayonidir . Chunki hamma tovar
va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa,
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar
bo’lmaydi (ishlab chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda
so’z boradi).
Ikkinchi muhim faza esa
taqsimot jarayonidir . Bu bosqichda, eng avvalo,
ishlab chiqarish vositalari, ka’ital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida
turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar
o’rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va
xizmatlar, ularning ‘ul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bunda ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa taqsimlanadigan tovar va
xizmatlar hajmi, binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo’ladi hamda
daromadlar kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo’shgan
ka’italining (‘ul, ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o’rtasida
taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning
yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat
taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini
ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni
ishlab chiqarish, etkazib berish bo’yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab
chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni
sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat
ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, ‘ul orqali oldi-sotdi jarayoni
sodir bo’ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi