iqtisodiy faoliyat deb
ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan.
Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida
iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab
leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda
shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».
1
Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki
individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki
iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat
xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo
birlashmalar, kor’orastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi
turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - ‘ul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali
ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan
miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib,
aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish,
resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini to’ish
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon
iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti,
funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila
iqtisodiyoti.
1
А.Раззоқов, Ш.Тошматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет.