investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga
to’g’ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim
yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar
darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish
imkoniyatlarini, uning chegaralarini
kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan,
mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va
boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material,
xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish
imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga
tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish,
quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar,
ishlab chiqarish va
ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni
quyidagicha ifodalash mumkin:
2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi
bog’liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya,
material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb qilish,
resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy
yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish
Иқтисодий ресурслар,
имкониятлар
Ишлаб чиқариш ёки
хизмат кўрсатиш
даражаси
Эҳтиёжларнинг
қондирилиш
даражаси
iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga
yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan
olimlari
Ksenofont, ‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va
Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni,
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini
,
bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini
o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi,
ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin
bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-
1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370
yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi
bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini,
oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va
qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.
Shuningdek, tovarlarni
ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish
shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini
hisobga olinishi ham ta’kidlangan.
2
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U
kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi
qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa
aholining ijtimoiy
manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda
mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor
beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan to’ish, to’’lash va foydalanish
zarurligini ta’kidlaydi.
3
Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol
buyumlarning barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan
iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd
qilganlar.
Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy,
shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi,
‘ulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
2
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет.
3
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning
ko’’gina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’’gina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi
fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’’gina
mamlakatlarda milliy
bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod”
nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “‘olitiko” - ijtimoiy, “oykos” -
uy, uy xo’jaligi, “nomos” - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari
ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan franstuz iqtisodchisi
Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik
ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida
asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng
ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni
boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar,
maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va
qanday qilib ko’’ayadi, degan savollarga javob to’ishga urinishgan. Bunday
iqtisodiy
oqimlardan dastlabkisi
Dostları ilə paylaş: