Ehtiyojlar turlari.
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkum-
lashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu
xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat
qilishgan. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi
qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita
qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim
adabiyotlarda birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa
bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi
ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa
kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga
qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli.
Ular har-bir inson uchun individual bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy
birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun
kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi
uchun ma’naviy ehtiyojga xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi
bo‘lish, yoki ma’lum vaqt o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.
Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat
ehtiyojlariga bo‘linadi.
a)
Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik
ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu
kabilarni o‘z ichiga oladi.
b)
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda
birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib,
birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy
ehtiyojlardir.
v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun
bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi
individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm
sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash,
mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli
ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon
bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar
obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar
azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir.
Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak,
turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziqovqat
mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan
shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining
ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat
rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi.
Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan
ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-manaviy xizmatlardan
foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi,
kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
3.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga
bo‘lgan ehtiyojlar ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay
olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi
kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy
qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini
ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta
ish qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi
zarur.
4.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda
qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir
qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi.
YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib
bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan
ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda
qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka
tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5.
Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab
chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan
ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning
hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish
ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun
zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri
ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida
shakllanadi.
Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga
qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish
baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro
miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga
tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari
ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal
belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning
paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur
tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga
qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati,
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar,
iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar)
ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,
ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida,
mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli
ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida
namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash
uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran
o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini
ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir.
Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi
tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi
zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini
to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab
chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
1.
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi
sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning
ortishi bilan bog‘liq.
2.
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim
ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning
o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat
jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga
keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.
Chunki,
ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan
ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning
qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil
sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib
chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish,
soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham
ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z
navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi,
videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj.
2.2 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari
Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – qoidalari,
usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va
nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega,
lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega
bo‘ladi.
“Usul” grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini
anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |