Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari
2. Ibin Sinoning ijodiyotidan, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda foydalanish. Ibn Sino mashxur "Tib qonunlari" asarida bola o’sib, ulgaya borgach, uning jismoniy tarbiyasiga muhim axamiyat berishi zarurligini ta’kidlaydi. Uning uqtirishicha, bolaning yoshlik chog’idan salomatlikni saйlash uchun zarur bo’lgan ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg’ulot bilan muntazam shugullanishi kerak. Mutafakkir Jismoniy tarbiya deb, inson salomatligi uchun zarur bo’lgan badanтi turli xil mashg’’ulot xarakatlariga o’rgatishni nazarda tutadi. Ibn Sino fikricha, jismoniy mashg’’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustaqil shug’ullanib boruvchi inson hech qanday davolanishga muxtojlik sezmaydi. Shuningdek, jismoniy mashg’ulot bola ruxini tetiklashtiradi.
Abu Ali Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri xaqida yagona ta’limot yaratilmagan edi.Ibn Sino birinchi bo’lib, jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jiqatdan bir butun yangi sistemasini yaratdi.
Ibn Sino ilk bora yosh avlod kamolotida jismoniy tarbiyaning tasiri xaqida bir butun, yaxlit ta’limotni ҳam nazariy, ham amaliy jixatdan taqlil etdi.Jismoniy mashkdar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muxim omillardan ekanligi qam amaliy, ham nazariy tomondan asolandi.Zero. Ibn Sino merosining asosiy qimmati xam uning jismoniy, kuchli gimnastik mazmunga ega ekanligidadir.
Endilikda MTM larda jismoniy tarbiya mashg’’ulotlari va ertalabki badantarbiya jarayonini tarbiyachi emas,balki "jismoniy tarbiya murabbiysi’1 o’tmoqda. Eng muqimi, jismoniy tarbiya o’qituvchisi ma’lum reja asosida, ish faoliyatini uch qismda olib boradilar:
- Ertalabki gimnastika
Jismoniy mashg’’ulotlar (kunning asosiy kismida)
- Bolalarning mustaqil jismoniy faoliyati (kunning 2-kismida)
Yosh tadqiqotchi sifatida MTM da bolalarning jismoniy tarbiyasiga yangicha zamon talabi asosida yondoshgan xolda Ibn Sinoning boy merosidan ya’ni "Badantarbiya" xolati qamda "jismoniy mashg’’ulot" larni bolalarning yoshiga, ularning yosh xususiyatiga mos tarzda o’tkazish juda muxim deb bilaman.Llbatta ushbu jismoniy tarbiyaviy ishlarimning samarasidan umidlarim va rejalarim ulkan.Kelgusida maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarni sport bayramlariga, "Sog’lomjonchyulvonjon" sport musobaqalariga faol tayyorlash va yuqori natijalarga erishishdir.
Shuningdek, bolani MTM da va oilada ma’lum kun tartibi asosida, badantarbiya bilan olib borish xaqida muxim maslaxat va tavsiyalar beradi.Bolalarning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos murakkab xususiyatga ega bo’lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir tekis, vazmin bo’lishi uchun uni keskin g’azablaiishdan, qattiq ko’rkuvdan va uykusizlikdan saqlash zarur. Ushbu tadbir uni yoqimli xulq-atvorli shaxs qilib tarbiyalash imkonini beradi.
Bolani shuningdek, MTM gacha uni oilada qam ta’lim berib, qam tarbiya berish orqali barkamol shaxs etib, yetuklikka intilamiz, deb o’z oldimizga anik maqsadlarni qo’yib olishimiz kerak. Shundagina buyuk Ibn Sino qoldirgan boy merosidan ya’ni pedagogik qarashlarini o’zimizda ish jarayonimiz uchun mustaxkam qurol sifatida egallab olishimiz juda kerak bo’ladi.
Abu Ali Ibn Sino inson ssh davrda sog’liqni saklash • uchun yetti omilga e’tibor qaratgan:
-vazminlik; »
-ovqatlanish tartibi;
-gavdani tik tutish;
-toza havo;
-qulay kiyim;
-jismoniy va ruxiy ,ҳarakatlar (uyku va uyg’oqlik) ning ravonligi.
Ibn Sino yetti tabiiy narsalar haqida so’z yuritib, ularning eng birinchisi to’rt rukndir, deb ko’rsatadi. Ular olov, suv, havo va tuproqdan iborat va ular xususiyatlariga ko’ra olov-issiqlik, suv-ho’llik, xavo-sovuqlik, tuproq-kuruklik kuvvatiga ega bo’lib, ularning aralashuvidan badanlar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi.
Ibn Sino jismoniy tarbiya haqida bolani chiniqtirishga oid qarashlarida bolaning shaxsiy xususiyatlarini barcha jiqatlarini xisobga olgan holda yondoshish lozim degai fikrni ilgari suradi.Uning bu fikrlari ayniqsa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomiyligini belgilash bo’yicha bergan tavsiyalarida yakkol namoyon bo’ladi. Ibn Sino jismoniy mashqlarning bajarish davomiyligini belgilashda mezon sifatida bugungi kunda keng qo’llanilayotgan vaqt birligi, tomir urishlar soni emas, balki bola organizmi jismoniy ish bajarganda organizmning tashqarisida paydo bo’ladigan tashki belgilarni asos qilib oladi. Uning fikriga ko’ra, agar "badantarbiya davomida" terining rangi yaxshilana borsa", xdrakatlarning bajarilishi "yengil" bo’lsa, "a’zolarning ko’pchishi", ya’ni xajmining kengayishi davom etsa, demak mashg’’ulotlarni davom eggirish mumkin. Agar bu holatlarning kuzatilishi yo’qolib, tanadan chiqqan ter "tomchi-tomchi bo’lib oka boshlasa", u xolda harakatlarni darhol to’xtatish zarur.Shuningdek, Ibn Sino jismoniy mashqlarning bolada sog’lomlashtiruvchi ta’sirini samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor bergan olim. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlarniig sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning yo’llaridan biri - bu shug’ullanuvchilarga ko’yiladigan bir qator gigiyenik talablarga rioya qilishdan iborat. Olim fikricha, jismoniy mashqlarning soglomlashtiruvchi, tetiklashtirib, chiniqtiruvchi ta’sirini yanada oshirish uchun "badantarbiyani bbshlash" vaqtida avvalo "gavda toza bo’pishi", "a’zolarda", ya’ni ichakda va qovukda "yomon va yetilmagan chiqindilar" ning bo’lmasligi lozim. undan tashqari, "yeyilgan ovqat me’dada", "jigarda", "tomirlarda" "hazm bo’lgan bo’lishi" kerak, ya’ni iste’mol qilingan ovqat oshkozonda hazm bo’lib, parchalana boshlab, ichaklarga o’tishi, ingichka ichakda so’rilib jigarga borishi va unda glikogen moddasiga aylangan bo’lishi, bu modda esa, kon tarkibida tomirlar orqali muskul to’qimalariga borib, to’plangan bo’lishi darkor.Shuningdek, Ibn Sino ko’rsatib o’tishicha, jismoniy mashklarning sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning samarali yo’llaridan yana biri- bu jismoniy mashqlarni yil fasllariga ko’ra tanlashdir. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar bilan bolani yosh davridan sog’ligini saqlash maqsadida ya’ni shug’ullanuvchi kishi, yoz faslida "charchatadigan" yuqori yuklamali mashklarni kamrok bajarishi lozim. Chunki bunda inson ko’p terlash natijasida uning organizmi "bo’shashib" ketadi. Qishda esa, "kuchli va shiddatli" mashqlar bilan ko’prok shug’ullanish kerak, ana shunda bola organizmi "kishning alamli sovug’iga" qarshi tura oladi.
Ibn Sino shu bilan birgalikda charchash haqida so’z yuritib, uni davolash xususida ham alohidato’xtalib o’tadi. U "badantarbiya natijasida vujudga kelgan charchashni davolash" bir qator og’ir kasalliklarni oldini oladi deb ta’kidlab o’tadi, hamda charchashni davolashning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida uqalash "massaj" ni ko’rsatib o’tadi. U uqalashning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’ladi. Bular: "gavdani baquvvat qiluvchi-kuchli", "gavdani yumshatuvchi - kuchsiz", semiz gavdani "ozdiruvchi -davomli", gavdani "o’stiruvchi -mo’tadil".Yana shuningdek, uning ta’kidlashicha, "badantarbiya oldidap qilinadigan uqalash ham bor". Bunda u tana muskullarini isituvchi, organizmni umumiy tonusini va ish qobiliyatini oshiruvchi massajiing tayyorlov turini nazarda tutadi. Allomaning ko’rsatib o’tishicha, "badantarbiyadan keyin qilinadigan o’z asligai<,aytaruvchi uqalash ham bordir". Bunda u jismoniy mashg’’ulotlardan keyin qilinadigan tiklanish massajini nazarda tutadi. Uning fikricha, bu massajning maqsadi "chiqarilmay kolib, mushaklarda to’plangan chiqindilarni tarqatish va yo’qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin". "a’zolarda", ya’ni ichakda va qovukda "yomon va yetilmagan chiqindilar" ning bo’lmasligi lozim. undan tashqari, "yeyilgan ovqat me’dada", "jigarda", "tomirlarda" "hazm bo’lgan bo’lishi" kerak, ya’ni iste’mol qilingan ovqat oshkozonda hazm bo’lib, parchalana boshlab, ichaklarga o’tishi, ingichka ichakda so’rilib jigarga borishi va unda glikogen moddasiga aylangan bo’lishi, bu modda esa, kon tarkibida tomirlar orqali muskul to’qimalariga borib, to’plangan bo’lishi darkor.Shuningdek, Ibn Sino ko’rsatib o’tishicha, jismoniy mashklarning sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning samarali yo’llaridan yana biri- bu jismoniy mashqlarni yil fasllariga ko’ra tanlashdir. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar bilan bolani yosh davridan sog’ligini saqlash maqsadida ya’ni shug’ullanuvchi kishi, yoz faslida "charchatadigan" yuqori yuklamali mashklarni kamrok bajarishi lozim. Chunki bunda inson ko’p terlash natijasida uning organizmi "bo’shashib" ketadi. Qishda esa, "kuchli va shiddatli" mashqlar bilan ko’prok shug’ullanish kerak, ana shunda bola organizmi "kishning alamli sovug’iga" qarshi tura oladi.
Ibn Sino shu bilan birgalikda charchash haqida so’z yuritib, uni davolash xususida ham alohidato’xtalib o’tadi. U "badantarbiya natijasida vujudga kelgan charchashni davolash" bir qator og’ir kasalliklarni oldini oladi deb ta’kidlab o’tadi, hamda charchashni davolashning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida uqalash "massaj" ni ko’rsatib o’tadi. U uqalashning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’ladi. Bular: "gavdani baquvvat qiluvchi-kuchli", "gavdani yumshatuvchi - kuchsiz", semiz gavdani "ozdiruvchi -davomli", gavdani "o’stiruvchi -mo’tadil".Yana shuningdek, uning ta’kidlashicha, "badantarbiya oldidan qilinadigan uqalash ham bor". Bunda u tana muskullarini isituvchi, organizmni umumiy tonusini va ish qobiliyatini oshiruvchi massajiing tayyorlov turini nazarda tutadi. Allomaning ko’rsatib o’tishicha, "badantarbiyadan keyin qilinadigan o’z asliga qaytaruvchi uqalash ham bordir". Bunda u jismoniy mashg’’ulotlardan keyin qilinadigan tiklanish massajini nazarda tutadi. Uning fikricha, bu massajning maqsadi "chiqarilmay qolib, mushaklarda to’plangan chiqindilarni tarqatish va yo’qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin" .Shunisi e’tiborga sazovorki, Ibn Sino ko’rsatib o’tgan tayyolov va tiklanish massajlari bugungi kunda sport faoliyatida keng qo’llanilmoqda.Yana shuni ham o’z o’rnida ta’kidlab o’tish kerakki, Ibn Sino taklif qilgan "badantarbiyadan keyin keladigan charchashni’1 davolash vositalari bugungi kunda ham o’z yuksak ahamiyatini yo’qotmagan va zamonaviy sport faoliyatida keng foydalaniladigan eng samarador tiklanish vositalari katoridan o’rin olgan.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan chiniqtirish va ular olib boriladigan ertalabki badantarbiyaning ahamiyatining juda yuqori ekanligini barchamiz bo’lgusi pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar chuqur anglab yetishimiz zarur.