Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#186976
1   2   3   4   5   6
Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari

Muammoning o’rganilganlik darajasi:
Mamlakatimiz mutahassislari, olimlarning ilmiy – uslubiy adabiyotlarining tahlili shuni ko’rsatdiki MTMda tarbiya oluvchilarini salomatligini mustahkamlashda T.S.Usmonxo’jayev, D.Sharipova, V.Semenova, X.A.Meliyev, M.Toirova, R.Maxkamjonov, X.Tulaganova va boshqa
birqancha olimlar tomonidan ishlar amalga oshirilgan va izlanishlar olib borilgan. Lekin bizga ma’lum bo’lgan adabiyotlar, maqolalarda bolalarni jismoniy tarbiyasi to’g’risida sharq mutafakkirlarining qarashlari o’rganilmagan. Shu munosabati bilan ushbu muammoni yechish dolzarb hisoblanadi.
1. Maktabgama yoshdagi bolalar aqliy kamolotida Ibn Sinoning o’ziga xos pedagogik qarashlari
Inson bor ekan, hayot bor, o’zgarish, yangilanish jarayoni davom etaveradi.Shunga muvofiq, inson o’zi kashf qiladi, izlanib yangilik yaratishga urinadi. Buni barchasini inson zoti o’z ongi, akl-idroki orqali amalga oshiradi. Bola tug’ilganidanoq, ilk yoshidan ya’ni maktabgacha davridan boshlab biz yosh yangi avlodni tarbiyalab, barkamol voyaga yetkazishda o’z hissamizni qo’shar ekanmiz, eng avvalo ta’lim tizimida tub kashfiyotlar olamiga kirib borishimiz kerak. Yana shuni bilib olishimiz zarurki, maktabgacha yoshdan boshlab yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish haqidagi goyalarni, nazariyalarni amaliy aqamiyatini chukur anglab yetishbizning,tarbiyachi-pedagoglarning mas’uliyatli vazifamizdir, burchimizdir.
Ibn Sinononing fikricha, tarbiya insonda iarsa va xddisaga nisbatan ongli munosabatda bo’lishni takozo etadi, deydi. Chunki onglilik inson baxtining asosi, zaminidir. Har bir inson aqliy, jismoniy jiqatdan kuchli, yetuk bo’lishi lozim. Agarda u bu xislatlarga ega bo’lmasa, jamiyatning tom ma’nodagi a’zosi bo’lolmaydi va jamiyatga foyda xdm keltira olmaydi. Shunga ko’ra, xar bir inson bu xislatlarni egallagan xolda kamol topishi zarur.
Inson ongli suratda harakat qiladi va bu harakat natijasini biladi, ya’ni u kelajakni o’ylab xarakat qilishga intiladi. Aniq maqsad bilan qarakat qilishi insonni va jamoani yomonlikdan saqlaydi, yaxshi ishlar qilishga yo’llaydi, unda ishonch tuyg’usini uyg’otadi. Ibn Sino yaxshilik va ezgulikka olib boruvchi aqliy kamolotga erishish, yuksak axloq qoidalarini egallash, yosh avlodning aqliy tafakkurini rivojlantirishag yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim-tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini aloxida qayd etadi. Alloma bolani ona qornidaligidanoq va tug’ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga aloxida e’tibor qaratib, bu tartib o’z vaqtida bolani ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish va yo’rgaklash kabi tartib qoidalaridan iboratdir.
Bularni xam muayyan tizim asosida amalga oshirish darkor. Chaqaloqlik davrida bola tabiatini mustaqkamlashdagi muxim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, ular ma’lum tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa esa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini muayyan izchillikka va kun tartibi... ularning tanasi va nafasni salomatligini saqlash va o’sishini ta’minlashga qaratilgan bo’lmogi darkor, deydi. Bularning xammasi bolaning tanasi va ruxiyati muvozanatini saqlash uchun xizmat qilishi lozim. Shunday qilib, bola tarbiyasi - bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tizimdan iboratdir, deb ta’kidlaydi, alloma.
Bolani tarbiyalashda eng avvshyu, oilada ota-onaning eng asosiy vazifasidir. Shuningdek, o’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota-ona tarbiyachi bo’lishi lozim. Axloqiy va aqliy tarbiyada muxim vositalardan biri bolaning izzatnafsiga, g’ururiga tegmagan xolda, bola bilan yakkama-yakka suqbatda bo’lish, unga nasiqat qilishdir. Nasihat qilishda suqbatdoshga nihoyatda hurmat bilan yondoshish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so’z aytib, uni zeriktirmaslik ham zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik bolaning ongiga ta’sir qiladi. Ibn Sino bu haqda shunday deydi: " Sening fikrlaring bolani yuragiga yetib borib, unga o’ylab, fikr yuritib ko’rishga imkon bersin... Agar sening suhbatdoshing yoki do’sting sening so’zlaringga va nasihatingga e’tibor berayotganini sezsang, suhbatni xavas bilan davom etgir".Alloma bolada yuksak axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy holda shakllantirishni uni barkamol inson qilib kamol goptirishda asosiy omil deb biladi. Umuman olganda, Ibn Sino bolaning shaxsiy xislatlariga, ruxiyatiga e’tibor berib, uning aqliy xususiyatlari, ruhiyati, mehnatssvarligi, bilimi, tafakkuri, irodasiga asoslangan holda ta’lim-tarbiya ishini olib borish kerakligini o’zining dolzarb fikr, qarashlari bilan umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni boyitdi.
Bola balogatga yetguncha, oilada ota-ona o’z vazifasini bajarib borishi kerak. Avvalombor, otaning majburiy vazifalaridan birch o’z farzandiga yaxshi va munosib nom berishidir. Bolani emizish davri tugab, Mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishib, shu orqali aqniy tafakkurini xam muhitga mos tarzda rivojlantira borishi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada bolani ba’zan maktash, ba’zan jazolash xam kerak. "Bola sog’lom, baquvvat bo’lib, so’zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagandan so’ng, u savod o’rganishga qobil bo’ladi’ va shundan keyin savodl a o’rgata boshlash kerak.
Eng avvalo, axlokiy va akliy tarbiya usullarini yaxshi egallagan, irodali, dono, gamxo’r va dinga ishongan tarbiyachi va o’qituvchi tanlash kerak bo’ladi. U soglom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi muiosabatda bo’la oladigan tarbiyachi bo’lishi kerak.
Ibn Sinoning barkamol shaxs tarbiyasida "sezgirlik" xislatiga aloxida urg’u berganligini ko’rishimiz mumkin. Chunki allomaning o’zi qam sszgir va ziyraklikda tengi yo’k barkamol inson bo’lganlar. Buni yorqin dalili sifatida Ibn Sino haqida dono xalqimiz yaratgan rivoyatlardan shu o’rinda keltirib o’tish joizdir.
"Sezgirlik"
Vir kuni Vuxoro amiri Lbu Ali Ibn Sinoning uyida suxbatlashib o’tirib, uni sinab ko’rmoqmi bo’libdi. U xizmatchilarga Ibn Sino o’tiradigan kursining to’rtta oyogi tagiga to’rt tanga quyib quyishni buyuribdi. Xizmatchilar ҳam amirning aytganini bajo keltirishibdi. Ibn Sino uyiga kirib, o’z o’rniga o’tiribdi va xayron bo’lib, xadeb dam shipga, dam pastga qarayveribdi. Shunda amir Abu Ali Ibn Sinoga qarab:

  • Olimimiz nega buncha xayron qolayaptilar, sababini bilsak, - debdi.

  • Xayronman,- deb javob qilibdi Ibn Sino,-yo mening o’rnim sal yuqoriga ko’tarilgan, yo osmon sal pastroqqa tushib, yerga yaqinlashganday ko’rinadi.

Amir bu gapni eshitib, Ibn Sinoning sezgirligiga juda qoyil qolgan ekan.
Shunday ekan, Ibn Sino sezgirlikda tengi yo’q inson, komil fazilatli
shaxs bo’lgan. Uning boy merosidan ilmiy-ijodiy, pedagogik barkamollik g’oyalaridan ruxlanib, yangi avlodni ushbu buyuk siymo timsolida faxrlanish hissini uyg’otsak, nur ustiga a’lo nur bo’ladi
"Buyuk bobomiz merosidan faxrlanamiz"
MTM ning maktabgatayyorlov guruxlari uchun mashg’’ulot ishlanmasi (Vuyuk siymo Ibn Sino ijodisgi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni tanishtirish ahamiyati xususida)
Mashgulot maqsadi: Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino msrosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol tarbiyalash, ularni ajdodlarimizga bo’lgan yuksak xurmat-e’tibor xissini shakllantirish, ulug mutafakkir ijodiyotidan faxrlanish va ardoqlash farz ekanligini yosh avlodning qalbi va ongiga yetkazish.
Mashgulot uchun kerakli jihozlar: Allomaning namunaviy portreti, Ibn Sinoga bag’ishlangan kitob va risolalar, ko’rgazma va bukletlar, va x.k.o. lar.
Mashgulot borishi: Charbiyachi: Bolalar, bugun biz sizlar bilan buyuk daho inson, mashxur tabib, alloma Abu Ali Ibn Sino haqida so’z yuritamiz.Shu bilan birgalikda ushbu olimning xayoti va ijodi xaqida ken[- va boy bilimlarga ega bo’lamiz.Sizlarga Ibn Sino qanday inson bo’lganligi xaqida ma’lumotlar berib, birgalikda tanishib chikamiz. Kelinglar, unda bolajonlar, ushbu rasmga e’tiboringizni qarataman ( Ibn Sinoning portreti ko’rsatiladi) Abu Ali Ibn Sino bobomizga diqqat bilan qaranglar, qanday ulug inson ekanliklarini payqab olish xech qiyin emas.To’grimi, bolajonlar! Ibn Sino kuchli iste’dod va o’tkir xotira egasi bo’lganlar. U 10 yoshidanoq, Qur’oni Karimni yod olgan. 10-13 yoshlaridan boshlab esa boshlang’ich matematika, falsafa, badiiy adabiyot, musiqa ilmlarini mukammal egallay boshlagan. 18 yoshga kirganda esa, tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis - tabib-hakim bo’lib tanildi. U shox Nux Ibn Mansurni davolaydi. Evaziga esa saroy kugubxonasidagi barcha noyob kitoblarni o’qish uchun ruxsat oladi. Ibn Sinoni sharqda "Shayx-ul-rais,,, g’arbda esa "Avitsena" deyishadi. Ibn Sino 57 yoshida vafot etganlar, deb o’z hikoyasini tarbiyachi yakunlaydi va murojaat qiladi. Bolalar tiiglaganlarini qayta xikoya qilishi orqali javob beradilar.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin