Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#186976
1   2   3   4   5   6
Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari

Tez harakatlarga: tortishish, musht bilan tortishish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik va nayzabozlik, otda yurish, yuqoridagi bir narsaga irg’ib osilish, bir oyoqlab sakrash, ikki qo’lni silkitish, arqondca yurish, oyoq uchlarida turib, qo’llarni oldga va orqaga cho’zislir hamda tez harakat qilishlarni kiritadi.
Juda muloyim va yengil mashqlarga: arg’imchoqlarda uchish, qayiq yoki kemalarda sayr qilishni kiritadi. Kuchli mashqlarga esa, tosh ko’tarish, otga va tuyaga minish, aravalarda yurishni kiritadi.
O’rta Osiyo xalqlari orasida, boshqa ko’pgina xalqlardagi kabi qadim zsamonlardan buyon kurash keng tarqalib kelgan. Kurash kishi organizimini chiniqtirishda juda katta rol o’ynaydi. Ibn Sino shuning uchun rnam sportning bu turiga juda katta ahamiyat berib, uning har xil turlaarini yozib qoldirgan. Masalan, kurashning bir turini Ibn Sino quyidagicha tasvirlaydi:
„ Kurashayotgan kishining biri raqibining o’ng qo’li tagidan chap qo’lini, chap qo’li tagidan o’ng qo’lini o’tkazib, uni quchoqlaydi. KeyincFhalik raqibini o’ziga tortadi va uni o’ngyoki chap tomonidan tovlay bdoshlaydi. Shu kishi yoki bukiladi yo qaddini rostlaydi".
Ibn Sino kurashning yanada boshqa ko’pgina xillarini ko’rsatadiki, bular urning xalq orasida mavjud bo’lgan kurash shakllarini umum-lashtirilr>, xalqlar orasida tashviqot va targ’ibot qilgan. Ibn Sino ko’rsatggan kurash usullari O’rta Osiyo xalqlari orasida hozirgacha saqlaniUb kelmoqda va ular klassik kurash turi bilan xalq orasida e’tiborgga sazovordir.
Ibn Sino, kishi organizmidagi har bir a’zo o’ziga xos xususiyatga e’ga, shuning uchun ham har bir a’zoni chiniqtirishda alohida mashqlardan foydalanish zarur, deb ko’rsatadi. Jumladan, ko’krak qafasi nnushaklarni va nafas olish a’zolarini chiniqtirish uchun past, goho baland tovush chiqarish zarur. Buning bilan faqat ko’krak qafasi va nafas a’zolarigina emas, balki og’iz, til ham harakatga keladi, ular ham mashq qildirilishi natijasida taraqqiy etib boradi. Bundan tashqari, nafas olish va nafas chiqarish bilan kishining barcha a’zolari mashq qiladi, oqon tomirlari kengayadi.
Ibn Sino jismoniy mashg’’ulotlarning ahamiyati va turlari to’g’risida fikr yuritib qolmasdan, balki u jismoniy mashg’’ulotni kishi organizmi qanday holatda bo’lganidan boshlash kerakligi haqida ham qimmatli maslah:atlar beradi. Olimning fikricha birinchidan, jismoniy mashqni boshlashdan ilgari kishi tanasi toza bo’lishi; ikkinchidan, iste’mol qilgan ovqati hazm boigan bo’lishi kerak. Lekin, ovqat hazm bo’lib, ko’p vaqt o’tgandan keyin, ya’ni, och qoringa jismoniy mashg’’ulot bilan shug’ullanish yaramaydi, chunki, kishi, xususan, katta kuch talab qiladigan jismoniy mashq qiladigan bo’lsa, bundan faqat zarar ko’rish mumkin, zero ular (jismoniy mashq) kuch-quvvatdan qoldiradi, -deydi.
Ibn Sino jismoniy mashq qilishda maium bir qoidaga rioya qil-ish kerakligini ta’kidlab, quyidagi uch narsaga alohida e’tibor berish shart, deb ko’rsatadi:
1) agar terining rangi o’zgarib borsa harakatlarini davom etti-raverishi mumkin, agar ter chiqa boshlasa, harakatni to’xtatish kerak; 2) jismoniy mashg’’ulot davomida kishi tanasi yengilligicha qolaversa, mashqni davom ettiraverishi mumkin; 3) agar a’zolar bo’rtishda davom etsa, mashq davom ettirilaverishi mumkin. Agar da shu ko’rsatilgan belgilar, - deydi olim, - yo’qola borsa mashqni darhol to‘xtatish kerak.
Buyuk olim faqat sihat-salomat kishilarning o’z organizmini chi­niqtirish uchun bajaradigan jismoniy mashq turlarini va ahamiyatini ko’rsatib qolmasdan, balki kasal, kamquvvat kishilarning jismoniy mashq qilish bilan kasallikdan qutilish yo’llarini ham ko’rsatishga harakat qiladi, jumladan, „ Jismoniy mashg’’ulot bilan shug’ullanuvchi kishi o’zining kamquvvat a zolarini, ortiqcha harakat qildirishdan saqlashi lozim ", - deydi.
Harakatlar, - deb izohlaydi Ibn Sino, - a’zolarning holiga qarab turga bo’linadi. Masalan, oyoq tomirining kengayishi kasalligi bilan og’rigan kishi oyoqning ko’p harakat qiluvchi mashqlar bilan shug’ullanmasdan, balki harakatning ko’pini gavdaning yuqori qis-mida: bo’yin, bosh va qo’llarga ko’chirishi kerak. Gavdaning yuqori qismida qilinadigan harakatlar oyoqlarga kam ta’sir qiladi. Ibn Sino „ Jismoniy mashqlarning hamma turlari bilan barcha odamlar bir xil shug’ullanishiyaramaydi. Kishi, albatta o’zining sog’lig’iga qarab, qurbiga yarasha mashqni tanlab olishi kerak", - deb hisoblaydi.
„Har bir odam, - deydi Ibn Sino, - o’ziga mos harakatlarini tan-lashi kerak. Arg’imchoqlarda uchish kabi yengil mashq holsizlangan kishilar uchun, harakat

XULOSA

Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlarining xarakterli tomoni shundaki, bu masalani kishi faoliyatining boshqa tomonlaridan ajralgan holda emas, balki insonning barcha faoliyati bilan chambar-chas bog’liq holda olib qaraydi. Chunki Ibn Sino jismoniy tarbiyani bolaning yoshiga, kuchiga va hayotiy tajribasiga yarasha olib borish kerakligini, jismoniy mashqlar kishining organizmini mustahkamlash bilan bir qatorda, u kishining ruhini shakllantirishga, aqliy qobiliyatining o’sishiga ham katta yordam berishini uqtiradi.


O’rta asr sharoitida, bu buyuk mutafakkirning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlarini tibbiy-ilmiy tomondan asoslab berishi, o’sha davrga nisbatan juda katta progressiv ahamiyatga egadir. Lekin o’sha davrda Ibn Sinoning jismoniy tarbiya to’g’risidagi fikrini oddiy xalq ommasi o’zining hayotida qoilay olmagan. Buyuk Ibn Sino dunyo bo’ylab olamshumul hodisa yaratdi. Uning inson salomatligi, sog’lomlashtirish uchun turli chiniqtiruvchi muolajalari, tadbirlari buniig yaqqol tasdigidir.
Mana shunday ijodiy merosdan jamiyat va yurt uchun foydali boylik biz yosh avlodni ruxlantirmasdan qo’ymaydi. Zero, sog’lom muhit yaratish, yangi avlodpi sog’lom turmush tarzi asosida shakllantira borish eng muximi bolajonlarni jismonan, ruxdn chiniqtirish yurtboyligig’a aylanadi.
Ibn Sinoning jismoniy tarbiya to’g’risidagi ko’pgina fikrlari hozirgi davrda ham o’z kuchini yo’qotgan emas. Ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bulardan o’z amaliyot faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Buning uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.



Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin