Sharq mutaffakirlarining arifmetika rivojiga qo'shgan hissalari
Reja
Kirish
I.BOB. Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi
1.1. Sharq muttafakirlarining matematikaga oid qarashlari
1.2. O’rta asr sharq allomalarining matematikaga qo’shgan hissalari II.BOB. Markaziy osiyolik matematik olimlarning arifmetikaga
qo’shgan hissalari
2.1. Muhammad Ibn Muso Xorazmiyning asarlarida arifmetikaning rivojlanishi
2.2. Jamshid G’iyosiddin al-Koshiy asarlarida arifmetikaga oid qarashlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Sharq muttafakirlarining matematikaga oid qarashlari Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda
beriladi. Bu jarayonda “Sharq mutaffakirlarining matematikaga oid qarashlari va ularning fan rivojiga qo'shgan hissalari” mavzu mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu kurs ishi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Kurs ishi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1.2. O’rta asr sharq allomalarining matematikaga qo’shgan hissalari “Sharq mutaffakirlarining matematikaga oid qarashlari va ularning fan rivojiga qo'shgan hissalari” mavzusining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur kurs ishida ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu kurs ishida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir- biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega.