«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


 ISHCHI  VA  XIZMATCHILAR  BILAN  HISOB-



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

5.4.  ISHCHI  VA  XIZMATCHILAR  BILAN  HISOB-
KITOBNING  SINTETIK  VA  ANALITIK  HISOBI
Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha ishlab chiqarish sexlari,
bo‘linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan
muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so‘ng
xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo‘yicha guruhlanadi. Guruhlangan
hujjatlardagi ma’lumotlar ishchi yoki xodimning ish haqini hisoblash
shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o‘sha varaqdagi ma’lu-
motlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu
vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolina-
digan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo‘linmalaridagi
xodimlarning toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Hisobot oyining birinchi yarmida ish haqining ma’lum qismi bo‘nak
tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va
xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan
vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda
berilishi lozim bo‘lgan ish haqi miqdori ko‘rsatiladi. Ayrim korxonalarda
esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to‘lov vedomosti
alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtlarda to‘lov
vedomostidan ish haqi to‘lashda foydalaniladi. Ish haqini hisoblash –
to‘lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo‘yiladi. Buning
uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodim-
larning ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqa
ma’lumotlarni qayd qiladi.


101
Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida  hisoblanib,
vedomostga yoziladi.
Korxona ro‘yxatidagi va ro‘yxatda bo‘lmagan xodimlarga mehnat
haqi hisoblash, mehnat haqining hamma turlari – mukofot, yordam puli,
ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash passiv 6710 –
«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar» schotida hisobga
olinadi.
Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari
bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar, ta’til summalari, debetida esa qonunda
belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining
kassadan berilishi aks ettiriladi.
6710 – schyotidagi aloqalar quyidagicha aks ettiriladi:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin