«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

t/r
Muomalalar  mazmuni


102
5.5.  ISHCHILARNING  MEHNAT  TA’TILI  VAQTIGA  ZAXIRA
QILINADIGAN  SUMMALARNI  HISOBGA  OLISH
Odatda,  korxonalarda ishchilarning yil davomida mehnat ta’tiliga
chiqish oralig‘i bir tekis kechmaydi, ya’ni yilning qish oylariga qaraganda
yozda mehnat ta’tiliga chiqish ko‘proq bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mah-
sulot tannarxini to‘g‘ri belgilash uchun ishchilarning mehnat ta’tili vaq-
tida to‘lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida
aks ettiriladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to‘lanadigan ish haqini tannarxga yil
davomida bir tekis o‘tkazishni ta’minlash uchun har oyda ma’lum
mablag‘ zaxira qilib boriladi.
Korxonaning kelgusi davr to‘lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu
zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga
nisbatan ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagi-
cha aks ettiriladi:
D-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti.
8910-«Kelgusida  qilinadigan xarajat va to‘lovlar zaxirasi» schyoti-
ning krediti bo‘yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini
ko‘rsatadi. ba’zan ishchilarga mehnat ta’tili vaqtiga haqiqatdan hisob-
langan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910-
schyot debet tomonida qoldiq hosil bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida bux-
galteriyada quyidagilar qayd qilinadi:
D-t  Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari.
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi».
Ishchilarga mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanganida quyida-
gicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi».
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar».
Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig‘i balans
tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig‘iga
qo‘shilib balansda aks ettiriladi.


103

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin