�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
VIII BOLIM KICHIK KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKIL ETILISHI 8.1. KICHIK KORXONALARNING XUSUSIYATLARI VA TURLARI Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashgan tartibda
hisob yuritish va hisobotlar tuzish to‘g‘risidagi andoza O‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qarori
bilan tasdiqlangan kichik korxonalarni soliqqa tortishning soddalashgan
tizimini qo‘llash tartibining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqarilgan
qonunga binoan kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar
bo‘yicha ajratiladi:
1. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar o‘rtacha yillik ishlovchi
xodimlar soni ishlab chiqarish jarayonlarida 10 kishigacha, savdo va
xizmat ko‘rsatish sohalarida va noishlab chiqarish sohalarining boshqa
tarmoqlarida 5 kishigacha bo‘lgan mikro firmalar.
2. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar o‘rtacha yillik ishlovchilar soni:
a) sanoat sohasida 40 kishigacha;
b) qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida
20 kishigacha;
d) ilmiy-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdoda va noishlab
chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida 10 kishigacha bo‘lgan bunday
korxonalar kichik korxonalar deyiladi.