�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
Fond – davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun mo‘ljallangan
pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag‘lari.
Fond – qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tuzilgan,
doimo faoliyat ko‘rsatib turuvchi birja. FB ning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: vaqtincha bo‘sh mablag‘larga qimmatbaho
qog‘ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish; qimmatbaho
qog‘ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar
o‘rtasidagi kapitalning aylanishini ta’minlash va boshqalar.
Franchayza – foydalanish uchun tayyor korxona, firma yoki mashhur firma
mahsulotining savdo markasidan (obyektidan) foydalanilgan holda
amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli.
Fyuchers – birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operatsiyalari. Bu
operatsiyalar shartnoma tuzilganidan so‘ng ishlab chiqariladigan
yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so‘ng buyurtmachi
bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani o‘tkazib beradi.