235
Depozit
– 1) bank va tashkilotlarga joylashtirilgan pul va qimmatbaho qog‘ozlar
(aksiya, obligatsiyalar); 2) qarzdorning
qarz bergan tashkilotga sud
mahkamasi orqali o‘tkazgan pul yoki qimmatbaho qog‘ozlar miqdori.
Defisit
– kamyob, noyob, 1) biror-bir narsaning yetishmasligi; 2) sarf-
xarajatlarning
daromaddan ortishi, zarar.
Deflyatsiya – inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qog‘oz pul miqdorini
kamaytirish. Davlat tomonidan moliya
va pul-kredit tadbirlarini
qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Dividend
– aksioner,
aksiya egasining daromadi; aksionerlik jamiyati foydasining
bir qismi.
Diler
– (dealer) – o‘z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan shug‘ul-
lanuvchi ishbilarmon.
Dotatsiya
–
tashkilot, korxonalarga davlat tomonidan beriladigan yordam puli,
moddiy yordam, qo‘shimcha to‘lov. Asosan
zararni qoplash va boshqa
maqsadlar uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: