Import – mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish.
Import – (lat.importo–kiritaman)– 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish
uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.–
xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa);
3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
Inventa- – bu korxonada qanday mablag‘lar borligini va uning hisob ma’lumotlar
bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi. Inventarizatsiyaning
asosiy maqsadi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va nazorat ko‘rsat-
kichlarining ishonchliligini ta’minlash hisoblanadi. Inventarizatsiya
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Investitsiya – (nem.investitlion, lat. investere–kiyintirmoq)–investor tomonidan biror
bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag‘larni, sarmoyalarni
joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida
(ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya)
amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si–qimmatbaho qog‘ozlarni xarid
qilish, pul mablag‘larini jamg‘arish va boshqalarni, real I.- moddiy
ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.
Investor – kapital mablag‘ sarflayotgan davlat, tashkilot, korxona yoki shaxs.