Xomashyo – mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat
ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va hokazo.
Materiallar – xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan va
mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan
vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil
etadi. Masalan, gazlama, charm, metall va hokazolar.
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qism- lar – ma’lum darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard
mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar.
51
Yoqilg‘i – ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari.
Ehtiyot qismlar – mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan
qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning
detal, agregat va qismlari.