72
Obyektlarning foydalanish jarayonidagi eskirishi
jismoniy eskirish
deyiladi.
Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydigan, tuzilishi jihatidan
avval foydalanishda bo‘lgan eski obyektlar ularni jismoniy jihatdan to‘la
eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu
ma’naviy
eskirish deyiladi.
Asosiy mahsulotlarning mahsulot qiymatiga o‘tkazilgan
qismi ularni
qayta tiklash manbayi hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o‘tkazib beriladigan asosiy
vositalar
eskirgan qismiining qiymati amortizatsiya ajratmalari
deyiladi. Amortizatsiya summasi obyektning
dastlabki qiymatini qayta
tiklash va kapital ta’mir bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi lozim.
Amortizatsiya summasi avval belgilangan me’yor asosida aniqlanadi.
Uy-joy, bino bo‘yicha amortizatsiya summasi faqat kapital ta’mir
xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Yangi binolarni qurish bilan bog‘liq
sarflar esa kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan
asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan:
Dostları ilə paylaş: