14
bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishni tashkil qilishning
aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan-
tirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
dagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi
omillar ta’sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
• ishlab chiqarish ko‘lami
hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
• bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining
darajasi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
• korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning
samarali tizimi mav-
judligi;
• buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining
tashabbuskorligi;
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javob-
garlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya
hisobini yuritish uchun
tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning
1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi
tanlagan
hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini
olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili
davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son
BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy
hisobotni tayyorlash va
taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga
asosan aniqlanishi kerak.