Kurs ishining maqsadi: Pedagogik amaliyotning maqsadi oliy ta’limda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqur o’rganish asosida pedagogik faoliyatga oid amaliy ko’nikma va malakalarini egallashdan iboratdir.
Pedagogik amaliyotga nazariy va amaliy ta’limga oid o’quv rejani to’liq bajargan talaba qo’yiladi. Talaba pedagogik amaliyot oldidan kafedradan amaliyot rejasi va kundaligini oladi, qilinadigan ishlar mazmuni bilan tanishadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar va qo’llanmalarni o’rganadi. Amaliyot rahbaridan tegishli maslaxatlar olib zarur hujjatlarni tayyorlab amaliyotga har tomonlama tayyorgarlik ko’radi. Amaliyot rahbari nazorati ostida bolalar orasida 2-3 ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. Maktabgachat a’lim muassasasida yuritiladigan o’quv hujjatlari bilan tanishib chiqishi ko’zda tutilgan. Talaba amaliyot davomida zamonaviy MTMda “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” dasturi asosida ta’lim-tarbiya ishlarni rejalashtirish, tarbiyachi faoliyatini kuzatish va olib borish ko’nikmalari shakllantiriladi. Pedagogik amaliyot davrida talabalar yana birbor o’z kasbiga bo’lgan qiziqishlari ortadi 3 yil davomida olgan nazariy bilimlarini sinovdan o’tkazadi.
Kurs ishining vazifalari: Muammoga oid ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlash yo’llari va vositalarini aniqlash; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning mazmuni, shakli, vosita va metodlarini ishlab chiqish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning usullarini o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning vositalarini saralash va tanlash; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning zamonaviy usullarini amalda qo’llash yo’llarini o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etish asosida ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish; Tadqiqot metodlari: Mavzuga oid pedagogik va psixologik adabiyotlarni o’rganish, nazariy-pedagogik tahlil, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining predmeti: Mutaxassis fanlarda o’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish metodikasi.
Dostları ilə paylaş: |