Sharq va G'arb matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi. R e j a



Yüklə 143 Kb.
səhifə9/16
tarix10.05.2022
ölçüsü143 Kb.
#57468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Sharq va G\'arb matematik olimlarining asarlarida

Nasr Forobiy (873-950) ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi” asarlarida barkamol shaxsni  tarbiyalashda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim bilan  tarbiya birligi haqida qimmatli fikrlar bildiradi.

Forobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” nomli risolasida ta’lim-tarbiya birligi haqida fikr yuritar ekan, unda ta’lim berish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishi lozimligini ko‘rsatadi. Forobiy insonning ma’naviy olamida, uning ikki tomoniga: aqli va axloqini tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratadi. Ta’lim va tarbiya Forobiy fikricha, insonni  aqlan va axloqan komil shaxs qilib shakllantirishga qaratilmog‘i kerak. Xuddi shuning uchun ham, ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi olam va insonlar haqida mustaqil fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir.

SHarq pedagogikasida Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan allomadir: «Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida, nazariy bilim berish, tarbiya berish degani esa insoniy fazilatlarni, ma’lum xunarni eki kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor-normalarini o‘rgatishdir».

Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonunqoidalarini to‘g‘ri anglab oladi, umr kechirish jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan halol, adolatli munosabatda bo‘ladi. Jamiyatda o‘rnatilgan oqilona tartib va qoidalarga rioya etadi.

Forobiy ta’lim va tarbiya ishini boshlashdan oldin tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini bilish va ta’lim-tarbiya berish jarayonida murabbiyning barkamolligini nazarda tutish zarurligini ko‘rsatadi. CHunonchi, uning fikricha, murabbiy xohish-ixtiyor, iroda, qobiliyat, yaxshilik va yomonlik nima ekanligini yaxshi bilgan odam bo‘lishi zarur. CHunki, inson ruhiga xos bo‘lgan xohishirodani, uning qobiliyatini aniqlamasdan turib, tarbiya ishiga kirishish kutilgan natijani bermaydi, deydi alloma.

Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi fikrlari ham g‘oyat qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l bilan: ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi, deb ta’kidlaydi. Allomaning fikricha, ta’lim nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirsa, tarbiya esa insoniy fazilat, amaliy kasb-hunar, xulq-odob malakalarini rivojlantirib boradi, ta’lim so‘z o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirib boriladi. Har ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo‘ladi. SHuningdek, Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, dob me’yorlari o‘rganiladi, kasbhunarga oid malakalar hosil qilinadi deb ko‘rsatadi.

Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» risolasida ta’limtarbiyani ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bulardan birinchisi — qanoatbaxsh so‘zlar, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi va shaxsdagi g‘ayrat-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul — majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmaydigan qaysar shaxslarga nisbatan ko‘llaniladi.21

Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ko‘rsatgan. Bu har ikkala usul ham insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadida qo‘llanilgandir.

SHaxs kamolotida ta’lim va tarbiya birligini ta’minlashda ustoz va shogird munosabatlari hal qiluvchi omildir. Bu masalaga, ayniqsa, SHarkda juda katta e’tibor berilgan. Musulmon olamida mavjud an’anaga ko‘ra, ustoz shogirdni qabul qilgan birinchi kundan boshlab, uning ma’naviy javobgarligini o‘z bo‘yniga olgan.

Tarbiyalanuvchining ota-onasi o‘z bolasini ustozga: “Eti sizniki, suyagi bizniki” deb topshirgan. Ustoz shogirdga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki u shogirdiga keng ma’nodagi tarbiyani ham beradi.

Ustoz shogirdning ham axloqiy, ham kasbiy qiyofasini shakllantiradi. “Ustoz otangdan ulug‘”, degan maqolning hikmati shunda. Qadimda shogirdlar ustozni benihoya hurmat qilganlar.

SHu munosabat bilan Forobiy o‘qituvchining ijtimoiy hayotda o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari  to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, o‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida  haqiqatgo‘y bo‘lishni, yolg‘onni va yolg‘on aytganni  yomon ko‘rishi, o‘zi fahm-farosatli bo‘lishi va ornomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadga erishishda qat’iylik ko‘rsata bilishi  va o‘rnak bo‘lmog‘i lozim.

Forobiy “Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida” risolasida muallim shogirdiga nisbatan o‘ta hokimlikka ham, o‘ta bo‘shanglikka ham yo‘l qo‘ymasligi kerak, chunki o‘ta hokimlik shogirdda “muallimga nisbatan nafrat uyg‘otsa, o‘ta bo‘shanglik esa shogirdning muallimga va uning o‘qitayotgan faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi”, deb ta’kidlaydi.

Bu fikrlari bilan u ustozlik ta’lim va tarbiyada nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir karra uqtiradi. SHunday qilib, mutafakkir ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi adolatli jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat, elyurt uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Forobiy pedagogik ta’limotining asosida axloqiy go‘zal, mustaqil fikrlovchi, barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi.

Insonning kamolga etishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan ta’lim va tarbiya birligi hozirgi davrimizda ham yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.

Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik ta’minot o‘zida quyidagi asosiy g‘oyalarni ifodalaydi:



  • ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlarni tarbiyalash uning kamolotga erishishini kafolatlaydi;

  • odob tarbiyalanuvchi qiyofasida  namoyon bo‘luvchi axloqiy xislatlarning eng asosiysi bo‘lib, insonda olijanob sifatlarni  tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. SHaxsda odob ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga inson xulqi va odobini muhim ma’naviy – axloqiy sifatlar ekanligini hayotiy misollar yordamida  yoritib berish  muhim ahamiyatga ega;

tarbiyalanuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof-muhit hamda  tarbiyaviy  faoliyat mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Abu Nasr Forobiy  ta’lim-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan pedagogik, didaktik tamoyillar, ta’lim – tarbiya shakllari va usullari quyidagilar:



  • ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga eagligi;

  • tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi;

  • hayot bilan bog‘liqligi;

  • tushunarli bo‘lishi;

  • kuzatish va tajribalar;

  • dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish

usullari;

  • induksiya va deduksiya usuli;

  • mashqlarni bajarish, takrorlash va h.k.

SHunday qilib, Forobiyning ta’lim-tarbiya  to‘g‘risidagi teran fikrlari, ibratli mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas.

SHarqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali ibn Sino (980-1037) ta’lim – tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondoshgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi pedagogik – psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini xayratda qoldiradi.

Ibn Sino “Risolat at-tayr” (“Qush”), “Xayy ibn YAqzon”, (“Uyg‘oq o‘g‘li tirik”), “Donishnoma” kabi asarlarida o‘zining pedagogik va psixologik qarashlarini ifodalaydi. Masalan, u “Hayy ibn YAqzon” asarida yoshlarni do‘stlikka, bilim o‘rganishga chaqiradi: “… bir-biringizdan bilim o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib  tashlanglar”. SHuningdek, alloma shaxs fe’l-atvorini  tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy mantiqni bilishga da’vat qiladi.  CHunki ilmiy-mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib  ketasan”.

SHuning uchun ibn Sino ta’lim-tarbiyaning  maqsadlari, mazmuni, shakllari va metodlariga juda diqqat va e’tibor,  mas’uliyat bilan qarash kerakligini  ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko‘rsatmalilik ta’limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni o‘stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning tashqi jihatlarini, ko‘rinishlarini o‘rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini yoki ularning suratini ko‘rish orqali bolalarda ular haqida ma’lum bir tasavvur hosil bo‘ladi. Ibn Sino ko‘rsatmalilikni ko‘rish, eshitish singari sezgi organlari orqali bog‘laydi. Olim o‘qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo‘naltirishdan  kelib chiqqan holda mashqlar qildirish,

o‘qitishni esa faqat chuqurlashtirish asosida, ya’ni sinf tarzida o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

YUqorida ibn Sino muntazamlilik va uzviylik  prinsipiga amal qilish zarurligini ta’kidlagi haqida aytilgan edi. O‘quvchilar kuzatish va tarjribalarini muntazam va uzviy jarayonga aylantirish orqali esa o‘quvchilarda mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati  rivojlanadi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, o‘quv va jismoniy  mashqlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbatlar, tushuntirishlar bilan birga qo‘shib olib borish kerak. YAkka tarzda o‘qitgandan ko‘ra guruhlarda (sinfda) o‘qitish ko‘proq samara beradi, chunki guruhlarda o‘quv-chilar o‘rtasida o‘z-o‘zidan musobaqa paydo bo‘ladi, deydi: “Bola-larni guruh qilib o‘qitish tashkil qilinsa, juda yaxshi samara beradi. CHunki bu jarayonda ular bir-birlaridan  ibrat oladilar..

Guruh qilib o‘qitish jamiyatga katta foyda keltiradi. CHunki bunda o‘quvchilar bir-birlari bilan do‘stlashadilar, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat paydo bo‘ladi, o‘zaro fikrlashib bahslashadilar, huquq va burchlari xususida muhokama yuritadilar, musobaqalashadilar”.

Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida o‘rin olgan “Ro‘zg‘or yuritish haqida risola”sida bola  tarbiyasiga oid juda ko‘p pedagogik va fiziologik tavsiyalar bayon etilgan. Tarbiyadan maqsad, – deydi olim, bolaning aqliy va jisomniy quvvatlarini o‘stirishdir. CHunki bola yaxshi yoki yomon, yovuz yoki olijanob bo‘lib dunyoga kelmaydi. U bu  xususiyatlarga tarbiya, atrofdagilar ta’siri tufayli erishadi. Ibn Sinoning fikricha, bola qalbi, misoli “Pokiza oyna”. Unga istalgan shaklni chizish mumkin. Bolada olijanob ma’naviy – axloqiy xususiyatlarni shakllantirish uchun mashq uslubidan foydalanish, ya’ni uni hayotda qo‘llashga o‘rgatish kerak.

Ibn Sino ta’lim-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini  tavsiya qiladi.  Eng muhimi bolaning shaxsini hurmat qilishdan boshlash kerak: “bolaga zug‘um qilib, unga xurmat-sizlarcha munosabatda bo‘lmaslik, aksincha, tengdosh o‘rtoqlarday gaplashish lozim”.25 Olim suhbat, tushuntirish, misol keltirish  singari uslublarning imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi. “Salbiy xislatlarni tuzatish, shaxsni qayta tarbiyalash muammosi haqida ham mulohaza bildiradi. Buning uchun avvalo bolani har tomonlama o‘rganish va shu asosda undagi salbiy qiliqlarni bartaraf etish, ijodbiy fazilatlarni shakllantirishga kirishish mumkin.

Olim ayniqsa, jismoniy mashqlarga katta e’tibor beradi. Tug‘ilgan kunidan boshlab bolaning jismoniy rivojlanishi xususida qayg‘urish kerak, deydi. Buyuk tabib bola jismidagi  har bir a’zoning salomatligini  ta’minlash uchun lozim bo‘lgan maxsus mashq usullari ishlab chiqqan. Bu mashqlarni  tananing holatiga muvofiq bajarish,

kamquvvat, zaif a’zolarni  og‘ir jismoniy mashqlar bilan  toliqtirmaslikni  ta’kidlaydi.U ishlab chiqqan mashqlar kichik va katta, juda kuchli va zaif, tez va sekin, keskin va tez xarakatni taqazo etadigan harakatlarga bo‘linadi. Olim usullarni ham bayon qiladi.

Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roliga katta e’tibor bilan qaragan, yosh avlodni o‘qitadigan  tarbiyachi quyidagi talablarga muvofiq faoliyat olib borishi lozimligini uqtiradi:



  • o‘quvchi-talabalar bilan munosabatni tashkil etishda mo‘‘tadil (o‘rtacha) bo‘lish;

  • o‘quvchi-talabalarning bilim va mahoratlaridan hayotda foydalana

olishlariga etibor berish;

  • o‘quvchi-talabalar bilan ishlashda turli usullarni qo‘llay olish;

  • o‘quvchi-talabalarda bilim olishga nisbatan qiziqishni kuchaytirish;

  • o‘qituvchining gaplari va fikri o‘quvchi-talabalarga tushu-narli bo‘lishi uchun har bir so‘zini imo-ishoralar bilan bajarishi (binobarin, bu uslub bolalarda his-hayajonni uygatadi);

  • tarbiyalanuvchilar ongiga kuyidagi yuksak axloqiy tamoyilni singdirishi «faqat o‘zi uchun emas boshqalar uchun ham yashash kerak».

Alloma asarlarida quyidagi pedagogik va didaktik tamo-yillar, o‘quv-tarbiya shakl va usullari xususida so‘z yuritiladi.

  • tajriba;

  • sabablarning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili, analiz, sintez, umumlashtirish;

  • bolani darhol kitob o‘qish bilan bog‘lab qo‘ymaslik;

  • jamoa bo‘lib o‘qish;

  • mashqlar (ularning me’yorlanganligi, imkoniyat borligi, jamoatchilik, o‘quvchi-talabalarning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olish);

  • o‘qitishning asta-sekin, ketma-ketligi, osonidan murakkabga o‘tib borishi;

  • o‘kuvchi-talabalarning individualliklarini hisobga olib, tushunarli bo‘lishi;

  • nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, umumiydan xususiyga o‘tish, tizimlilik va mantikiylik ifoda etish va mulohazalarining bir tekisligi va ketmaketligi kabi usullar;




Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin