“Sharqshunoslikka kirish” tanlov fanlari qatorida turuvchi fan hisoblanib, 2- semestrda o‘qitiladi. Ushbu o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (O‘zbekiston tarixi, falsafa, g‘arb tili), matematik va tabiiy-ilmiy fanlar(geografiya, etnografiya), umumkasbiy (asosiy sharq tili, tilshunoslikka kirish) fanlaridan yetarli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ilmi toliblarning sharqshunoslikka kirish fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va yetakchi usullarini qo‘llash, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitish jarayonida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, dars yo‘rug‘lari, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar, sharqshunoslikka tegishli saytlar, soha bo‘yicha nashr etiladigan jurnal va ilmiy to‘plamlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |