87
Bolgar xalqining kurashi juda og‘ir kechdi. Kuchlar teng emas
edi. Òurklar ozodlik harakati qatnashchilarini beayov qilichdan
o‘tkazdilar va ko‘plab qishloqlarni kultepaga aylantirdilar.
Bu vahshiyliklar ko‘plab mamlakatlar jamoatchiligini qattiq
g‘azablantirdi. Rus hukumati Bolqonda o‘z ta’sirini mustahkam-
lash uchun qo‘zg‘olonlardan foydalanishga qaror qildi va Bolqon
slavyanlarini yoqlab chiqdi.
Turkiya Chernogoriya va Serbiyaning mustaqilligini tan olish-
ga majbur bo‘ldi. Ularning hududi ancha kengaydi. Ruminiya
mustaqil davlat deb e’tirof etildi.
Rossiya hukumati 1877-yil 24-aprelda Òurkiyaga qarshi urush
e’lon qildi. Urushda Turkiya mag‘lubiyatga uchradi. Ikki o‘rtada
imzolangan San-Stefano shartnomasiga ko‘ra, mustaqil Bolgariya
davlati tashkil topdi.
Yangidan vujudga keltirilgan Bolgariya-
ning davlat tuzumini 1878-yilda qabul qi-
lingan Bolgariya konstitutsiyasi belgilab
berdi. Konstitutsiyaga muvofiq, Bolgariya konstitutsiyaviy monar-
xiya deb e’lon qilindi. Konstitutsiya Bolgariya mustaqilligini amal-
da tasdiqladi.
Biroq, Buyuk Britaniya va Avstriya-Vengriya Bolqonda Rossiya
mavqeyining mustahkamligidan hamda qudratli Bolgariya davlati
tashkil topganligidan tashvishda edilar. Shuning uchun ham ular
Rossiyani San-Stefano sulh shartnomasini qayta ko‘rib chiqishga
rozilik berishga majbur etdilar. Berlinda chaqirilgan xalqaro kon-
gress aynan shu masalaga bag‘ishlandi. Kongress ko‘pgina masa-
lalar qatori Bolgariya masalasini ham ko‘rib chiqdi va uning San-
Stefano shartnomasiga ko‘ra ega bo‘lgan hududlarini qisqartirish
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Rossiya imperatori Aleksandr II qaynisi
hamda bir vaqtning o‘zida Pruss zobiti
bo‘lgan Aleksandr Battenbergni Bolgariya
davlati boshlig‘i etib saylashni taklif etdi. Bolgariya Buyuk xalq
majlisi bu taklifni ma’qulladi.
Biroq, yangi hukmdor Rossiyadan mustaqil siyosat yuritishga
urindi. Buning uchun unga tayanadigan davlatlar ham kerak edi.
Shuning uchun ham A. Battenberg G‘arb davlatlari bilan yaqin-
lashish siyosatini yurita boshladi. Uning asl niyati — Bolgariya
Dostları ilə paylaş: