Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Yashin tezligida
g‘alabaga erishishning
barbod bo‘lishi


126
Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya
hukumatining iltimosiga ko‘ra 17-avgust kuni Rossiyaning Germa-
niya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlangan hujumi sabab bo‘ldi.
G‘arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma’lum dara-
jada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi,
bu hol Fransiyaga kuch to‘plab qarshi hujumga o‘tishiga imkon
yaratdi. Germaniya rus qo‘shinini Sharqiy Prussiyadan siqib
chiqarsa-da, rus qo‘shini Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini
davom ettirdi.
Marna daryosi bo‘yida Fransiya va Buyuk Britaniyaning bir-
lashgan qo‘shini 1914-yilning sentabrida Germaniya qo‘shiniga
qarshi hujumga o‘tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga
yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Buyuk Britaniya va Fransiya
qo‘shinining qo‘li baland keldi.
Og‘ir ahvolga tushib qolgan nemis qo‘mondonligi 9- sentabrda
butun G‘arbiy front bo‘ylab chekinishga majbur bo‘ldi.
Marna jangida erishilgan g‘alaba tufayli, Germaniyaning yashin
tezligida g‘alaba qozonish rejasi barbod bo‘ldi.
Turkiya hukmron doiralarining aksariyati
Germaniya tarafida turib urushda qatna-
shishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi.
Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o‘zi bosib olishi mo‘l-
jallagan yerlari yo Rossiya qo‘l ostida, yoki Buyuk Britaniya qo‘l
ostida edi.
Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani
1914-yilning 2-avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq
shartnomasini imzolashga olib keldi.
11-oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz tak-
lif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga
va’da oldi. Germanparast, harbiy vazir va bosh qo‘mondon Anvar
poshsho 29-oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan
qo‘mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hudud-
larini o‘qqa tutishga buyruq berdi.
2-noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush
e’lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo‘lgan Kavkaz
frontini vujudga keltirdi. 5—6-noyabr kunlari Buyuk Britaniya va
Fransiya ham Turkiyaga urush e’lon qildilar.
1915-yilning 19-yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari
Turkiyaga qarshi Dardanell bo‘g‘ozida harbiy operatsiyalarni
boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo‘lgan barcha imkoniyat-
lardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko‘rsatdi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin