Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Janubiy Afrika
Madagaskarning
egallanishi


123
1883-yili Fransiya Madagaskarga urush e’lon qildi. 1885-yili
bu urush tomonlar uchun noteng bitim bilan yakunlandi. Fran-
siya Madagaskar ustidan protektorat o‘rnatdi va uning tashqi
siyosatini nazorat qiladigan bo‘ldi. 1896-yilda esa Fransiya Mada-
gaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi.
Buyuk Britaniya zuluslarni bo‘ysundirish
uchun shafqatsiz urush olib bordi. Zulus-
lar hukmdori Ketchvayo 1879-yilda uch to‘qnashuv davomida
inglizlarning 20 ming kishilik qo‘shinini yakson qilib tashladi.
Lekin, oxir-oqibatda Buyuk Britaniya to‘plar yordamida ustun
keldi va Zululend yerlarini egallab, uni 13 ta mayda hokimlikka
bo‘lib tashladi. Zululend hokimliklarini o‘zaro urushtirib, o‘z
foydasiga ish ko‘rish inglizlar hukmdorlariga xos xususiyatga
aylandi.
Efiopiya va Somali 1869-yili Suvaysh ka-
nali ochilishi tufayli alohida savdo-iqtiso-
diy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Bu hol mustam-
lakachilarni befarq qoldirmadi. Bundan sal oldin, 1867-yili inglizlar
Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho („negus“ deb atalgan)
Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi. Turli
dinlar o‘rtasida nizo tufayli Feodor II ga qarshi bo‘lgan ruho-
niylardan foydalanib, inglizlar habash qo‘shinlarini tor-mor qi-
lishdi. Feodor II o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Hokimiyat tepasiga ingliz-
parast kuchlar o‘tqazildi. Biroq, inglizlar Efiopiya xalqining qattiq
qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
1889—1913-yillarda Qizil dengiz bo‘yi va Somali yarimoroli Buyuk
Britaniya, Fransiya, Italiya o‘rtasida taqsimlab olindi.
Efiopiyada Italiya o‘z mustamlaka rejalarini yuzaga chiqarishga
urindi. Biroq, bunga erisha olmadi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saq-
lab qoldi.
Janubiy Afrikaning shimoli-g‘arbiy qismi
1883-yildan boshlab Germaniya tomoni-
dan bosib olina boshlandi. Mahalliy gottentot va gerero qabilalari
rezervatsiyalarga quvildi. Qolganlari nemis mustamlakachilariga qul
bo‘lib qoldi. 1904-yil barcha gerero qabilalari ozodlik uchun Samuil
Magarero boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon boshla-
dilar. Biroq, bu noteng kurashda qo‘zg‘olonchilar tor-mor etildi.
Gererolardan tirik qolganlari mamlakat shimoliga qochib, jon
saqlashga majbur bo‘ldi.
Nama qabilalari ham qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Namalarning
qo‘zg‘oloniga Xendrik Vitboy boshchilik qildi. Vitboy nama qabila-

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin