Shartli belgilar


partiyasi inglizlar nazarida eng xavfli bo‘lib chiqdi. Uni kuch-



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)


partiyasi inglizlar nazarida eng xavfli bo‘lib chiqdi. Uni kuch-
sizlantirish uchun keskin choralar ko‘rildi. Natijada, „Vatan“
partiyasi keng siyosiy kurash yo‘lidan yakka terror yo‘liga o‘tib
ketdi. Partiyaning „Al-Liva“ („Bayroq“) gazetasi taqiqlandi.
Ammo ozodlik harakati esa boshqa ko‘rinishlarda davom etdi.
Majlis vitse-prezidenti Saad Zaglul demokratik, milliy-ozodlik
ruhidagi deputatlarni o‘z atrofiga to‘plab, majlis nomidan ingliz
hukmronligiga qarshi hujjatni o‘tkazishga erishdi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Shar-
qiy Sudan Misr qaramog‘ida edi. 1881-
yilda sudanliklarning yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr—
Turk zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi muqaddas urushga
chaqirdi. Muhammad Ahmad o‘zini Mahdiy deb e’lon qildi. Gu-
bernator Mahdiyni qamash uchun yuborgan 200 kishilik harbiy
guruh yo‘q qilib tashlandi.
1882-yilda Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator
etib tayinlandi. U mahdiylar harakatini bostirishga urindi. Lekin,
mag‘lubiyatga uchradi. Bu orada inglizlar Misrni bosib oldilar.
1883-yili general Xiks boshliq ingliz qo‘shini Sudan ansorlari
tomonidan qirib tashlandi. 1884-yili inglizlar Sudanga general
Gordon boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Biroq, bu qo‘shin
ham ansorlar tomonidan yo‘q qilindi va Sudan ozod qilindi.
1885-yilda Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi.
Qo‘zg‘olon rahbari Mahdiy Muhammad Ahmad vafot etib, uning
birinchi xalifi (xaliflari to‘rtta edi) Abdulloh hokimiyatni o‘z
qo‘liga oldi. Omdurman shahri poytaxt etib belgilandi. Mamlakat vi-
loyatlarga bo‘lindi. 200 ming kishilik qo‘shin davlatning asosiy
tayanchi bo‘lib qoldi.
Biroq, mamlakatda ichki nizo kuchaydi. Aynan shu omil
mahdiylarni kuchsizlantirdi. Bundan foydalangan Buyuk Britaniya
Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi. Natijada, 1885-yilda ikki o‘r-
tada urush harakatlari boshlandi. Efiopiya hukmdori Yo‘xonni
Abdullohga murojaat qilib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda
kurashga chaqirdi. Lekin, Abdulloh buning evaziga Yo‘xonnidan
islom diniga o‘tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay
qoldi. Efiopiya—Sudan urushida ko‘p qon to‘kildi. 1889-yilda
Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasini ko‘zlovchi bi-
timni imzolashga majbur bo‘ldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin