114
haqida tashviqot boshlandi. Keyinchalik, bu jamiyat kuchli siyosiy
partiyaga aylandi. Sulton Abdulhamid II 1897-yili tashkilot ustidan
sud uyushtirdi. 13 kishi o‘limga hukm qilindi. „Birlik va taraqqiyot“
partiyasi a’zolari va shunga o‘xshash siyosiy to‘garakka ishtirok
etganlar umumiy nom bilan „Yosh turklar“ deb ataldi.
„Yosh turklar“ 1902-yilda Parij shahrida o‘zlarining birinchi
qurultoyini o‘tkazdilar. Unda bekor qilingan konstitutsiyani tiklash
haqida qaror qabul qilindi.
1907—1908-yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi.
1908-yil 3-iyul kuni „Yosh turklar“dan bo‘lgan qo‘shin zobitlari
rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Unga Niyozbiy rahbarlik qildi.
U „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi a’zosi, harbiy garnizon qo‘-
mondoni edi. 1908-yil 20-iyulda Monastir shahrida „Birlik va
taraqqiyot“ partiyasi tantanali bir vaziyatda konstitutsiya tiklan-
ganligini e’lon qildi va sultondan bu masalada farmon berishni
talab qildi. Qo‘shin „Yosh turklar“ tomonida ekanligi Abdulha-
midni cho‘chitib qo‘ydi. U 1908-yilning 24-iyul kuni kons-
titutsiyani tiklashga majbur bo‘ldi. Parlamentga saylov o‘tkazishni
va’da qildi. 1908-yilgi Turkiya inqilobi g‘alaba qozondi.
Biroq, eski tartib tarafdorlari har qan-
day islohotga qarshi edilar. Ularning ichida
ruhoniylarning o‘rni kuchli edi. Ruhoniy-
larning „Ittihodi Muhammadi“ partiyasi „Yosh turklar“ni xu-
dosizlikda aybladi.
„Ittihodi Muhammadi“ partiyasining tarafdori bo‘lgan har-
biylar 13-aprelda aksilinqilobiy isyon ko‘tardilar. Isyonchilar
parlamentni bekor qilishni, shariat va sulton hokimiyatining tikla-
nishini talab qildilar. Abdulhamid II ga aynan shu kerak edi.
Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi.
„Yosh turklar“ arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga
qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar „Yosh
turklar“ tarafida edi. „Yosh turklar“ o‘zlariga sodiq harbiy qismlari
bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag‘darishdi. Sulton Abdul-
hamid taxtdan ag‘darildi. Taxtga uning ukasi Mahmud V Rishod
(1909—1918) o‘tqazildi. Parlament qayta tiklandi.
„Yosh turklar“ inqilobi buyuk davlatlarni
tashvishga solib qo‘ydi. Ular Turkiyadagi
ichki siyosiy beqarorlikdan foydalanib,
yanada ko‘proq o‘ljaga ega bo‘lib olishga harakat qilganlar.
Dostları ilə paylaş: