Shartli belgilar


Senat  (lot.) — qadimgi Rimda respublika davrigacha urug‘ oq- soqollarining yig‘ini. Yosh turklar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Senat 
(lot.) — qadimgi Rimda respublika davrigacha urug‘ oq-
soqollarining yig‘ini.
Yosh turklar
— 1889-yilda tashkil etilgan turk burjua-pomeshik
partiyasi. „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi a’zolarining yevropacha
nomi.







116
Savol va topshiriqlar
1.  Bir vaqtlar dunyoning kuchli davlati bo‘lgan, mustamlakalari
uch qit’aga yoyilgan Usmonli turklar imperiyasi nega XIX asr
oxiri — XX asr boshlarida amalda yarimmustamlaka holatiga
tushib qoldi?
2. „Iqtisodiy bilim asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib,
„moliyaviy bankrot“ tushunchasini izohlab bering.
3. Turkiyada qay tariqa konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi?
4. Nima uchun sulton Abdulhamid II hukmronligi davri Turkiya
tarixida „zulm davri“ deb nom olgan?
5. „Yosh turklar“ inqilobi qay tariqa g‘alaba qozondi?
6. „Yosh turklar“ hukumatining Germaniya bilan yaqinlashishidan
ko‘zlagan maqsadlari nimalardan iborat edi?
7. Turkiya Germaniya bilan ittifoq shartnomasi imzolamasligi mum-
kin edimi? Agar mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, nima uchun
shunday edi?
 
Ijtimoiy va siyosiy
hayot
 
Misrning asoratga
solinishi
XIX ASR OXIRI — XX ASR
BOSHLARIDA AFRIKA MAMLAKATLARI
VI
bob
Shimoliy Afrika mamlakatlari
Afrikaning shimoliy qismida, Sahroyi Ka-
birning (Sahara) janubiy chegarasiga qa-
dar aholining ko‘pchiligini arablar tashkil
etardi. Bu hududlarda barbarlar, habashlar va boshqa xalqlar ham
yashardi.
XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimo-
li-sharqida, ya’ni arablar yashovchi hududlarda mutlaq podsho-
lik tuzumlari hukm surardi. Ulardan rasman Usmonli turk
imperiyasi tarkibiga kirgan Misr, Triðolitaniya, Kirenaika (hozirgi
Liviya) va Tunis esa amalda Turkiya sultonligiga itoat etmasdilar.
XIX asr oxirida Misr va Sudan Buyuk Britaniyaning, Tunis,
Jazoir va Marokash Fransiyaning, Marokashning bir qismi
Ispaniyaning, Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi.
Misrning XIX asr oxiri — XX asr bosh-
laridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozod
bo‘lish va inglizlarning mustamlakachilik
siyosatiga qarshi kurash bayrog‘i ostida o‘tgan o‘zgarishlar davri
bo‘ldi.
33-§.


117
Musulmon ruhoniylaridan al-
Azhar madrasasida mudarris bo‘lgan
Jamoliddin al-Afg‘oniy va uning
shogirdlari milliy-ozodlik harakatida
katta obro‘ qozonishdi. Ular barcha
musulmonlarni mustamlakachilarga,
Turkiya zulmiga qarshi birlashuvga,
konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatilishiga
chaqirdilar. 1871-yilda Jamoliddin al-
Afg‘oniy „Xizb ul-Vatan“ („Vatan
Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin