Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

31-§.
Buyuk Britaniya va
Rossiya to‘qnashuvi
Ikkinchi ingliz—
afg‘on urushi
~
~
~
~
~


110
yuk Britaniya hamda ingliz Hindistonidan boshqa biror chet el
mamlakati bilan diðlomatik aloqa qilmaslik majburiyatini oldi. Ab-
durahmon faqat ichki siyosatdagina nisbatan mustaqillikni saqlab
qolishga erishdi.
Afg‘oniston taxtining qonuniy vorisi amir Sheralixonning o‘g‘li
Ayubxon Qandahorga yurish boshladi. 1880-yilda ingliz harbiy
brigadasi yanchib tashlandi. Inglizlar yangi harbiy qismlar cha-
qirishga majbur bo‘ldi. Bu yangi kuchlar Ayubxonni Hirotga
chekinishga majbur etdi. Lekin, aholining qattiq qarshiligi tufayli
inglizlar Qandahorni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lishdi.
Shunday qilib, ikkinchi ingliz—afg‘on urushi Buyuk Britaniya-
ning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Tez orada, endi taxt da’vogarlari o‘rtasida
urush harakatlari boshlanib ketdi. 1880-
yili Abdurahmon Ayubxon qo‘shinlarini qattiq talafotga uchratdi.
Ayubxon chet elga qochishga majbur bo‘ldi. Afg‘onistonda
Abdurahmonning to‘liq hokimiyati o‘rnatildi. Amir Abdurahmon
davrida (1880—1901-yillar) Afg‘oniston qiyin iqtisodiy-ijtimoiy
ahvolni boshidan kechirdi. Inglizlar bilan urushlar ishlab chi-
qarishni izdan chiqardi. Kobul va boshqa shaharlar vayron qilingan
edi.
Amir mamlakatda yopiq siyosat olib bordi. Chet elliklar,
ayniqsa, yevropaliklarning bu mamlakatga kirishi taqiqlandi. Amir
mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish uchun kurash olib bordi.
Ma’muriy politsiya apparati (boshqarmasi) tuzildi. Uning harakati
bilan xazinaga soliqlar tushishi birmuncha yaxshilandi. Karvon
yo‘llari xavfsizligi bir qadar ta’minlandi. Qaroqchilar shafqatsiz
jazolanadigan bo‘ldi. Ular temir qafaslarga solinib, yo‘l yoqasidagi
ustunlarga osib qo‘yilar, ochlik hamda tashnalikda o‘limga mahkum
qilinar edi. Diniy ulamolarni o‘z tarafida tutish uchun Ab-
durahmon ularga maosh belgiladi. Vaqf mulkini esa qisman davlatga
o‘tkazdi. Yagona pul birligi, mamlakat uchun bir xil tosh-tarozi
va uzunlik o‘lchovlari joriy qilindi. Bu tadbirlar tufayli Afg‘onis-
tonda savdo-sotiq, ishlab chiqarish va hunarmandchilik bir qadar
rivojlandi.
Afg‘onistonning XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridagi xalqaro ahvoli to‘la ma’noda
Rossiya va Buyuk Britaniyaning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq
edi. Amir Abdurahmon bu murakkab sharoitda ikki ulkan mus-
tamlakachi davlat kelishmovchiliklaridan foydalandi. Natijada,
Abdurahmon o‘zining siyosiy mavqeyini mustahkamladi. Mam-

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin