109
1906-yildagi Eron konstitutsiyasida mamlakatda qabul qilina-
yotgan qonunlarning shariatga muvofiqligini 5
nafar ulamo
nazorat qilishi belgilangan edi. Bu holatni hozirgi Konsti-
tutsiyaviy sudning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkinmi?
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afg‘oniston
70-yillarda Afg‘oniston Rossiya bilan
Buyuk Britaniya o‘rtasida
bahsga sabab
bo‘lgan mamlakat bo‘lib qoldi. 1873-yili
Buyuk Britaniya Hindiston — Afg‘oniston chegarasida harbiy kuch
to‘play boshladi. Afg‘oniston amiri Sheralixon Rossiyadan yordam
so‘rab, elchi yubordi. Rossiya bunga javoban
kichik harbiy qismini
chegaraga yaqin joylashtirdi. Kobulga esa general Stoletov bosh-
chiligida elchilik missiyasi yuborildi. Biroq, bundan ortiq hara-
katlarga jur’at eta olmadi. Bunga O‘rta Osiyoni to‘la bo‘ysundirish
hamda yaqinlashib qolgan Rossiya—Turkiya
urushi muammolari
imkon bermadi.
1878-yili Sheralixon ingliz missiyasini
Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortdi.
Buyuk Britaniyaga bu Afg‘onistonga qarshi
bosqinchilik urushi ochishga bahona bo‘ldi. 1878-yil
noyabrda
Afg‘onistonga qarshi urush harakatlari boshlandi. Vafot etgan
Sheralixon o‘rniga taxtga o‘tirgan o‘g‘li Yoqubxon 1879-yilda
Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston amalda
mustaqilligini yo‘qotdi. Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi. Uning
vazifasi afg‘on amiri xatti-harakatlari
hamda Buyuk Britaniyadan
yuboriladigan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat
qilish edi.
Amir Yoqubxonning taslimchilik siyosati mamlakatda keskin
qarshilikka uchradi va Kobulda unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Shaharliklar ingliz
rezidensiyasiga bostirib kirib, uni egalladilar.
Inglizlar Gandamak bitimidan keyin qaytarib olib ketgan qo‘shinini
yana Afg‘onistonga tashlashdi va Kobulni qayta egalladi.
Bu orada Afg‘onistonning sobiq amiri M. Afzalxonning o‘g‘li
Abdurahmon qo‘zg‘olonchi qo‘shini Kobulni o‘rab oldi. Inglizlar
tang ahvolda qoldilar. 1880-yilning boshida Abdurahmon Shimoliy
Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.
Inglizlar Abdurahmon bilan muzokaralar
boshlashga majbur
bo‘ldilar. Kobul Abdurahmonga topshirildi. Qandahor Buyuk
Britaniya ta’sir doirasida qoldi. Bularning evaziga Afg‘oniston Bu-
Dostları ilə paylaş: