105
Savol va topshiriqlar
1. Hindistonning qay tarzda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylan-
ganligini eslang.
2. Ingliz mustamlaka zulmining ayanchli oqibatlariga misollar
keltiring.
3. Hindiston xalqining milliy-ozodlik harakatida Hindiston milliy
kongressining tutgan o‘rni haqida nimalarni bilib oldingiz?
4.
Qiyosiy tahlil qiling:
Hindiston va Xitoy taraqqiyotining
o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarini qayd eting.
O‘ylab ko‘ring-chi:
Nega HMK kurashning tinch yo‘lini
tanlagan?
XIX asr oxiri — XX asr
boshlarida Eron
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eron
dunyo sarmoyador davlatlarining yarim-
mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va
mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yana-
da og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.
Erondagi mustabid hokimiyat yirik yer egalari, viloyat hokim-
lari hamda urug‘larning xonlariga tayanar edi. Eronda sanoatning
burjualashuvi sust kechdi. Yer dehqonlarni ekspluatatsiya qilib
kelayotgan mulkdorlar qo‘lida edi. Shaharlarda yashovchi hunar-
mandlar va mayda savdogarlar kabi dehqonlar ham sudxo‘rlar
tomonidan qarzga botirilgandi.
Eron yirik yer egalari, savdogarlari va sudxo‘rlari shoh hoki-
miyatini cheklab qo‘yishni, o‘z mulklarining daxlsiz bo‘lishini,
gubernatorlar va xonlar o‘zboshimchaligiga barham berishni,
eronlik sarmoyadorlarning huquqlarini chet ellik kapital egalari
bilan teng qilib qo‘yilishini talab qildilar.
Eronga kapital chiqarish bo‘yicha Buyuk Britaniya birinchi
o‘rinda edi. 1872-yili Eron neft konlaridan foydalanish, tosh va
temiryo‘l qurish konsessiyalari olindi. 1889-yili ingliz monopo-
listi Reyter Eronda „Shahanshohbank“ ochishga erishdi. Shart-
nomaga ko‘ra, bank qog‘oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti
boyliklaridan erkin foydalanish huquqini oldi. Birinchi jahon
Dostları ilə paylaş: