Jizzax davlat pedagogika universiteti nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi rektor Sh.Sharipov (keyingi o‘rinlarda “Universitet” deb yuritiladi), bir tomondan, hamda __________________________________________________________________nomidan
(Korxona, tashkilot, muassasa nomi) tashkilot Ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi _________________________________ikkinchi
(raxbar F.I.Sh.) tomondan (keyingi o‘rinda “Qabul qiluvchi muassasa” deb yuritiladi), va universitetning _____________________________fakulteti _____________________________yo‘nalishi
________ bosqich ________guruhi talabasi ________________________________________
(talabaning F.I.Sh.) (keyingi o‘rinlarda “Amaliyotchi talaba” deb yuritiladi) uchinchi tomondan, mazkur shartnomani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 – 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq quyidagilar haqida tuzdilar.
I. Shartnoma predmeti 1.1. “4+2” tartibdagi amaliyot pedagogika oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limga hozirgi kunning zamonaviy talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi va sifatini oshirish uchun ikkinchi kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv darslariga muvofiq tashkil etishni belgilaydi.
1.2. “4+2” tartibidagi amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq ikkinchi kursdan boshlab tizimli ravishda oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan amaliyot dasturi asosida amalga oshiriladi.
1.3. bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talabalariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, maxsus maktab internatlar, akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.