a) ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq
va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida o‘qishni amalga
oshirish uchun shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
v) tinglovchi bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish.
3.5. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
qayta tayyorlash jarayonini
sifatli tashkil qilish;
mashg‘ulotlarni soha bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi va amaliyotchi
mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishini ta’minlash;
tinglovchilarni o‘quv materiallari, texnik vositalar, kompyuter texnikalari
va axborot-resurs markazidan
foydalanishiga imkoniyat yaratish;
qayta tayyorlash kurslari yakuniy sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan
namunadagi sertifikat berish.
3.6.Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan o‘quv kurslarini bitiruvchilariga elektron sertifikatlar (QR-
kod elementlarini nazarda tutuvchi) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining mahsus veb-sayti
(http://elektron.akadmvd.uz/) orqali taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: