Shartnoma



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix17.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#131961
1   2   3   4   5
MAMADALIYEV YUSUBJON

1. Shartnoma predmeti
1.1. Ijrochi avtomaktablar haydovchi-yo‘riqchilarini (bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) qayta
tayyorlash, buyurtmachi esa qayta tayyorlash bilan bog‘liq harajatlarni to‘lashni o‘z zimmasiga oladi.
1.2. Qayta tayyorlash kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv-mavzu reja va dasturlar asosida
olib boriladi.
2. Qayta tayyorlash uchun belgilangan to‘lov va hisob-kitob tartibi
2.1. Bir nafar haydovchi-yo‘riqchini qayta tayyorlash bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 barobari miqdorida
QQS siz 1 350 000,00 (bir million uch yuz ellik ming) so‘mni tashkil etadi.
2.2. Shartnomaning umumiy narxi ________________________________________________________________________
_________________________________________so‘mni tashkil etadi.
2.3. Buyurtmachi shartnoma qiymatining 100 % to‘lovini oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
2.4. Tinglovchi tinglovchilar safidan chiqarilgan hollarda qayta tayyorlash uchun to‘langan to‘lov
buyurtmachiga qaytarilmaydi.
3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
3.1. Tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin Akademiyaning ichki tartib-qoidalari bilan
tanishtiriladi.
3.2. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
a) o‘quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
b) o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;
v) ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
g) qayta tayorlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot hamda maslaxatlar olish;
d) Akademiya axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
e) tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
3.3.Tinglovchilar quyidagilarga majbur:
a) ta’lim dasturlarining talablarini bajarishga;
b) o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishga;
v) o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan imtihon (test)larni topshirishga;
g) nazariy bilimlari, kasbiy ko‘nikmalari va mahorat darajasini oshirishga;
d) o‘quv jarayonida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga;
e) Akademiyaga tegishli bo‘lgan mulklarni asrab-avaylash, ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etishga;
j) tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofoq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:


a) ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq
va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida o‘qishni amalga
oshirish uchun shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
v) tinglovchi bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish.
3.5. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
qayta tayyorlash jarayonini sifatli tashkil qilish;
mashg‘ulotlarni soha bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi va amaliyotchi
mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishini ta’minlash;
tinglovchilarni o‘quv materiallari, texnik vositalar, kompyuter texnikalari va axborot-resurs markazidan
foydalanishiga imkoniyat yaratish;
qayta tayyorlash kurslari yakuniy sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan
namunadagi sertifikat berish.
3.6.Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan o‘quv kurslarini bitiruvchilariga elektron sertifikatlar (QR-
kod elementlarini nazarda tutuvchi) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining mahsus veb-sayti
(http://elektron.akadmvd.uz/) orqali taqdim etiladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin