Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

 
 
 
 
3.5.
 
G’alvirsimon bo’shliqni o’tkir yallig’lanishi. 
    O’tkir  etmoidit  (ethmoiditis  atsuta)-  g’alvirsimon  labirintni  shilliq  qavatini 
o’tkir  yallig’lanishi.  Eng  ko’p  yallig’lanadigan  bo’shliqlardan  biri  hisoblanadi, 
gaymoritdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.  
    Etiopatogenezi.  Asosan  o’tkir  rinit,  O’RVI,  gripp  va  boshqalardan  keyin 
rivojlanadi. Bunga olib keluvchi omillarga g’alvirsimon labirintni tabiiy chiqarish 
teshiklarini anatoma- topografik joylashuvi, o’rta burun yo’lini tor bo’lishi, burun 
to’sig’ini qiyshiqligi va boshq. sabab bo’lidi. Bunday omilda burun shilliq qavatini 
biroz  shishi  g’alvirsimon  bo’shliqdan  ajralmalarni  ajrashini  qiyinlashtiradi. 
Anatomik  yaqinlik  esa  boshqa  bo’shliqlarda  yallig’lanish  bo’lsa,  g’alvirsimon 
bo’shliqqa tez o’tib ketishiga sabab bo’ladi.  
   Klinikasi.  Bo’shqa  bo’shliqlarga  o’xshab  umumiy  va  mahalliy  belgilar  tafovut 
qilinadi. 
   Umumiy belgilari. Tana haroratini ko’tarilishi (38-39ºC), harorat 6-7 kun ushlab 
turilishi mumkin, holsizlik belgilari bo’lishi mumkin. Bemorlarni ko’pincha bosh 
og’rig’i bezovta qiladi, uni xarakteri har xil bo’ladi, og’riq burun ildizida va ko’z 
1.51  rasm.  Peshona  bo’shlig’i  radikal  jarrohlik  amaliyoti.  1-  peshona  bo’shlig’i 
oldingi  devoridagi  trepanatsion  teshik;  2-  peshona  bo’shlig’ini  orqa  devori;  3- 
Preobrjenskiy bo’yicha rezinali kateter. 

kosasi  sohasiga  tarqaladi.  Bu  og’riq  simptomlari  uch  shoxli  nerv  tolalarini 
qo’zg’alishiga bog’liq bo’ladi.  
     Mahalliy  belgilar.  Burun  bitishi  va  burundan  nafas  olish  qiyinligi,  burundan 
shilliq-  yiringli  ajralma  oqishi,  har  xil  darajada  hid  bilishni  pasayishi  bezovta 
qilishi mumkin. 
Bolalarda  va  immun  holati  sust  surunkali  kasalliklarga  chalingan  bemorlarda 
infeksiya  ta’sirida  g’alvirsimon  bo’shliq  kattaklarining  suyak  devorlari  qisman 
emiriladi.  Bunday  hollarda  zararlangan  tomonda  ko’z  kosasining  ichki  burchagi, 
yuqori  va  pastki  qovoqlari  shishib,  qizaradi.  Ushbu  maydonda  yopiq  empiema 
(yopiq  yiringli  o’choq)  xosil  bo’lishi  va  yiringli  jarayon  ko’z  kosasi  atrofida 
yumshoq  to’qimasiga  tarqalishi  mumkin.  Natijada  ko’z  olmasini  tashqi  tomonga 
siljishi, ekzoftalm, xemoz, koz olmasi harakatlanganda kuchli og’riq paydo bo’lib, 
ko’rish o’tkirligining pasayishi va organizmning zaxarlanish belgilari kuzatiladi.   
Tashxis. Old rinoskopiyada o’rta burun chig’anog’i sohasida shilliq parda shishgan 
va qizarganligi, ba’zan o’rta burun yo’lida yiringli ajralma yoki orqa kattakchalar 
yallig’langanda  hid  sezish  teshigidan  yiringli  ajralma  oqayotganligi  ko’zga 
ko’rinadi.  G’alvirsimon  bo’shliqning  old  kattaklari  yallig’langanda  esa-  yuqori 
burun  yo’lida  aniqlanadi.  Rentgenografiya  tekshiruvida  g’alvirsimon  bo’shliq 
kattaklarning  xiralashishi  qayd  etiladi.  Endoskopiya  tekshiruvida  g’alvirsimon 
bo’shliq  kattaklarining  burun  bo’shlig’iga  ochilish  teshiklarini  ko’zdan  kechirish 
va old etmoidit yoki orqa etmoiditni tashxisini aniqlash imkonini beradi.   
       Yiringli  ajralma  g’alvirsimon  bo’shliq  kattaklaridan  chiqarilmay  qolganda 
(yopiq empiema) bemorning ko’z qovoqlari shishib, ko’z olmasi tashqi tomonga va 
pastga siljiydi, ba’zan ko’z kosasi atrofida, keyinchalik ko’zning ichki burchagida 
oqma  xosil  bo’ladi.Og’ir  hollarda  yiringli  jarayon  ko’z  kosasidan  kalla  ichi 
bo’shlig’iga tarqalib kalla ichi asoratining rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. 
     Klinikasi. Quyidagi mezonlarga asoslaniladi: 
1.
 
Etiopatogenetik: 
rinopatik, 
jag’- 
odontopatik, 
barotravmatik, 
mexanotravmatik va bosh; 
2.
 
Patomorfologik: kattaral, sekretor-seroz; 
3.
 
Mikrobiologik: yiringli flora, viruslar,spesifik flora; 
4.
 
Simptomli:  belgilariga  qarab  (gipersekretor  shakli,  gipertermik,  anosmotik, 
nevrologik); 
5.
 
Aniq  mezonlar:  juda  og’ir  kechishi  va  qo’shni  a’zolarga  yallig’lanish 
o’zgarishlarni tarqalishi ( ko’proq bolalarda uchraydi), otkir osti (ko’pincha 
qariyalarda), o’tkir; 
6.
 
Asoratlangan shakllari: intraorbital, intrakranial, optoxiazmal; 
7.
 
Yosh mezonlari: bolalardagi, kattalardagi va qariyalardagi etmoidit.  

      Davolash.  O’tkir  etmoiditni  asorat  bo’lmaganda  konservativ  davolanadi. 
Mahalliy  davo  bo’shliq  ichidagi  shishni  kamaytirishga  va  bo’shliqdan  ajralmani 
chiqishini  yaxshilashga  qaratilgan.  Shu  maqsadda  burun  bo’shlig’iga  qon  tomir 
toraytiruvchi  dori  vositalari  tomiziladi.  Adrenalinga  shimdirilgan  paxtani  1-2 
daqiqaga  o’rta  burunga  qo’yish  yaxshi  samara  beradi.  Kombinasiyali  dori 
vositalari,  o’zida  sekretolitik,  antibiotik  va  og’riq  qoldiruvchi  dori  vositari  sprey 
shaklida (rinofluimusin, izofra, polimiksin va boshq) buyuriladi va fizioterapevtik 
muolajalar    (UVCh,  terapevtik  lazer)  qo’llash  tavsiya  qilinadi.  Burun  yondosh 
bo’shliqlari Proets usulida yuviladi. Bundan tashqari “YaMIK” sinus- kateter bilan 
yuvish yaxshi samara beradi. Umumiy davolash qatshonki bemorda tana haroratini 
ko’tarilishi va intoksikatsiya belgilari kuzatiladigan bo’lsa shunda tavsiya qilinadi. 
Bemorga  keng  ta’sir  doirasiga  ega  bo’lgan  antibiotiklar  (augmentin,  sumamed, 
klasid, sipromed  va  boshq), antigistaminlar,  mukolitiklar, simptomatiklar    tavsiya 
qilinadi.  
      Agar  asoratlar  kuzatilsa  (empiema,  subperiostal  abssess,  ko’z  kosasi 
hujayralarini flegmonasi) jarrohlik amaliyotiga- g’alvirsimon bo’shliqni, qovoq va 
ko’z kosasini kletchatkasini abssessi endonazal ochish tavsiya qilinadi. 
3.6.
 
G’alvirsimon bo’shliqni surunkali yallig’lanishi.
 
       Surunkali 
etmoidit 
(ethmoiditis 
chronica)- 
g’alvirsimon  labirintni 
hujayralarini  shiliq  qavatini  surunkali  yallig’lanishi.  Surunkali  etmoidit  tashxis 
o’z  vaqtida  qo’yilmagan  va  o’tkir  etmoidit  oxirigacha  yaxshi  davolanmaslik 
natijasida kelib chiqadi.  Boshqa sinusitlarga nisbatan surunkali etmoidit ko’pincha 
boshqa sinusitlar bilan birga kechadi. Surunkali etmoiditni kelib chiqishida o’tkir 
infeksion  kasalliklar,  organizmni  immun  holatini  pasayishi,  adenoid  vegetasiya, 
burun to’sig’ini qiyshiqligi (3.3 bo’limda aytib o’tilgan) va boshq. sabab bo’lishi 
mumkin.  Surunkali  etmoiditni  kattaral-  seroz,  yiringli  yoki  giperplastik  turlari 
tafovut qilinadi. Bunda shilliq qavat qalinlashgan va giperemiyalangan, o’rta burun 
yo’lida  shilliq  qavat  polipoz  metaplaziyaga  uchragan  bo’ladi.  Shilliq  qavatni 
polipoz o’zgarishi uzoq vaqt  mahalliy allergik  reaksiya sababli bo’ladi. Poliplar 
ko’picha ko’p miqdorda va har xil kattalikda uchrab burun bo’shlig’ini barcha so-
halarini egallab, gohida burun teshigidan chiqib turadi. Ayrim hollarda poliplar bu-
run to’sig’ini bir tomonga siqishi natijasida, ba’zida tashqi burunni deformatsiya-
siga olib kelishi mumkin.  
     Patomorfologiya.  Polip  shilliq  qavatni  shishli  yallig’langan  xosilasi  hisobla-
nadi. Neytrofillar, boshqa  hujayralar  (eozinofillar,labrositlar,  plazmaik  hulayralar) 
uchraydi.  Ko’p  qavatli  silinfrik  epiteliyni  ko’p  qavatli  epiteliyga  o’choqli  meta-
plaziyasi kuzatiladi. 

      Simptomlari va   klinik kechishi. Surunkali etmoiditni ochiq turini belgilarini 
subektiv va obektiv belgilariga bo’linadi. Bemorning  asosiy shikoyatlari burun tu-
bida va peshona- orbital sohada to’lishishlik hissiga, bir yoki ikki tomonlama bu-
run  bitishiga,  burun  nafas  olish  qiyinligiga,  ayniqsa  kechasi,  doimiy,  burundan 
doimiy  shilliq-  yiringli  ajralma  oqib  turadi,  burun  qoqilgandan  so’ng  u  yerdan 
ajralmalarni  chiqishi  qiyin  bo’ladi.  Surunkali  etmoiditni  boshlang’ish  davrida  bu-
run ajralmalar kam bo’ladi, cho’ziluvchan  shilliq  xarakterga  ega  bo’ladi. Vaqt 
o’tishi bilan shilliq yashil- sariq rangli yiringli ajralmaga aylanadi, agar u yerda os-
teit yoki periostit rivojlanadigan bo’lsa- qo’lansa hidli yiring chiqishni boshlaydi, 
subektiv va obektiv kakosmiya rivojlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan osteit yoki per-
iostit  shakllangan  bo’lsa  bu  ko’pincha  odontogen  gaymorit  bilan  birga  kechadi. 
Agar  jarayon  peshona  bo’shlig’iga  yoki  yuqori  jag’  bo’shlig’iga  tarqaladigan 
bo’lsa, unda burundan kelayotgan ajralma ko’payadi.  
      Og’riq  sindromi  murakkab  xarakterga  ega  bo’lib,  quyidagilarga  bog’liq 
bo’ladi.  Og’riqlarni  doimiy,  tomtoq,  burunni  tubiga  tarqaluvchi,  tunda  kucha-
yuvchi turlariga bo’linadi. Jarayon bir taraflama bo’ladigan bo’lsa og’riq bir tara-
flama bo’lib, shu tomondagi ko’zga va peshona sohasiga tarqaladi. Ikki tomonlama 
jarayonda og’riq uchuvchan xarakterga ega bo’lib, ikkala ko’z va peshona sohasiga 
tarqaladi, tunda kuchayadi. Yallig’lanish jarayon xuruj beradigan bo’lsa og’riq pul-
satsiyali xarakterga ega bo’ladi. Yorug’likdan qo’rqadi va boshqa simotimlar pay-
do bo’ladi. Boshqa simptomlar oldingi etmoiditga xos: ko’rish organini tez char-
chashi, intellektual va jismoniy mehnat qobiliyatini pasayishi, uyqusizlik, ishtahani 
yo’qolishi. 
    Mahalliy  obektiv  belgilariga  quyidagilar  kiradi:  bemor  ko’zdan  kechirilganda 
sklerani qon tomirlarida, ko’z olmasini oldingi qismlaridagi va ko’z yosh yo’llari  
yumshoq  to’qima  diffuz  infeksiya  aniqlanadi.  Burun  kirish  qismi  sohasida  va 
yuqori  labda  dermatit  belgilari  ko’zga  tashlanadi.  Ko’z  yosh  suyagini  og’riq 
nuqtasi  bosib  ko’rilganda,  sovuq  davrida  biroz  og’riqli  bo’lishi  mumkin,  o’tkiq 
davrida  og’riqli  bo’lib,  surunkali  etmoiditni  xuruj  davrida  to’g’ri  keladi.Boshqa 
og’riq  belgisi  bo’lib  Gaek  belgisi  hisoblanadi  (burun  asosi  bosilganda  burunning 
tubida to’mtoq og’riq kuzatiladi).  
    Endoskopiyada  surunkali  kattar,  shish  va  burun  shilliq  qavatini  giperemiyasi 
aniqlanadi. Bundan tashqari burun yo’llari toraygan, ayniqsa o’rta va yuqori burun 
yo’llari, aqyrim hollarda har xil kattalikdagi polipli o’zgarishlar aniqlanishi mum-
kin. O’rta burun chig’anog’i g’alvirsimon suyakning oldingi hujayralaridan tashkil 
topganligi uchun, gipertrofiyaga uchragan bo’ladi. 
     O’rta burun chig’anog’ini xosil qilgan hujayralarda yiring to’planishi hisobiga, 
suyak asosi destruksiyaga uchraydi, yumshoq to’qima gipertrofik tipda bo’ladi. U 
yerda  ekssudat  to’planadi,  lakunar  kistaga  o’xshagan  bo’lib  ko’rinadi.  Buning 

boshqatsha nomi concha bullosa deb atalib, o’rta burun chig’anog’ini mukoselesi 
bo’lib hisoblanadi. Qayta rinoskopiya’ni 10 daqiqadan keyin burun shilliq qavatini 
anemizasiyadan so’ng amalga oshiriladi. Bunda burunning yuqori qismidan yiring 
kelayotganini ko’rish mumkin.  
     Surunkali  yiringli  etmoiditni  yopiq  shakli  faqat  bir  hujayrada  yoki  o’rta  burun 
chig’anog’ida bo’lsagina bo’ladi. Oxirgi holatda concha bullosa kuzatiladi, yiringli 
ajralmal  yo’q,  yallig’lanish bor  joyda  lokal  giperemiya  aniqlanadi.   Etmoiditning 
bu shaklida allergik simptom dominant bo’lib xizmat qilib, nazoorbital sohada nev-
ralgiya  belgilari,  gohida  gemikraniya  va  akkomodatshiya  buzilishi  belgilari 
namoyon bo’ladi. 
Klinikasi.  Surunkali  yiringli  etmoidit  davolanmasdan  uzoq  davom  etsa,  u  yerda 
polip  yoki  kista  shakllanishi  mumkin,  suyak  to’qimasi  destruksiyaga  uchraydi, 
g’alvirsimon suyakda katta bo’shliq paydo bo’ladi. Ma’lum bir sabablarga nisbatan 
ko’z va kalla ichi asoratlari uchrashi mumkin.  
Tashxis. Obektiv va subektiv, anamnestik ma’lumotlarga, rebtgenologik va endos-
kopik  tekshiruvlarga  asoslanib  qo’yiladi.  Lekin  bularni  ichida  rentgenilogik  tek-
shiruv ahamiyatli hisoblanadi (1.52 rasm). 
                                              
 
 
 
 
 
Jarayon tarqalganda yoki qiyosiy tashxis o’tkazish maqsadida KT yoki MRT tavsi-
ya qilinadi. 
     Qiyosiy tashxis. Peshona bo’shlig’i va yuqori jag’ bo’shlig’i, asosiy bo’shliqni 
yallig’lanishlari bilan o’tkaziladi. Bundan tashqari burun polipozi, rinolitiaz, burun 
bo’shlig’ini yot jismi, g’alvirsimon labirintni yomon sifatli va yaxshi sifatli o’sma 
kasalliklari, burun zaxmi  bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi. 
1.52.rasm.  Burun  yondosh  bo’shliqlarini  rentgenogrammasida  o’ng    tomonlama    gemisinusit  
(Kiselev  A.S.,  2000  bo’yicha);  1-  o’ng  peshona  bo’shlig’ida  suyuqlik  sathi;  2-  o’ng    tomonlama 
g’alvirsimon  bo’shliqni  oldingi  hujayralarida  pnevmatizasiya  pasayganligi;  3-  o’ng  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ida gomogen soyalanish. 

      Davolash. Surunkali etmoidit ko’p qaytalangani uchun ko’pincha jarrohlik usu-
li taklif qilinadi. Bunda barcha yallig’langan g’alvirsimon bo’shliqning hujayrala-
rini  tozalash,  o’zgargan  barcha  yallig’langan  to’qimalarni  olib  tashlash,  bundan 
tashqari bo’shliqlarni bir-biridan ajratib turadigan to’siqlarni ham olib tashlanadi, 
jarrohlikdan  keyin  xosil  bo’lgan  bo’shliqmi  keng  drenajlash,  antiseptik  moddalar 
bilan  bo’shliqni  ichini  yuvib  (past  bosim  ostida)  turish,  jarrohlik  amaliyotidan 
so’ng reparant va regeneratorlarni antibiotiklar bilan birga bo’shliq ichiga yuborish 
kabi ishlarni o’z ichiga oladi. 
    Surunkali etmoiditni yopiq shaklida, concha bullosa bo’lgan mahal “kichik: jar-
rohlik amaliyoti amalga oshiriladi: orta burun chig’anog’ini burun to’sig’i tomonga 
lyuksasiya qilish, o’rta burun chig’anog’ini ochish va olib tashlash, bir nechta ya-
qin hujayralarni kyuretajlashdan iborat bo’ladi. 
     Jarrohlik  usulida  davolash.  Jarrohlik  amaliyotiga  ko’rsatma:  uzoq  vart  yal-
lig’lanish  jarayonnini  kechishi,  konservativ  davoni  samarasiz  bo’lishi,  boshqa 
surunkali sinusit (surunkali frontit, surunkali gaymorit) bo’lishi, qaytalanuvchi  va 
burunni deformatsiyalovchi polip, ko’z va kalla ichi asoratlari. 
Qarshi ko’rsatma: yurak qon tomir yetishmasligi, umumiy og’riqsizlantirishni qi-
lib  bo’lmasligida,  ichki  a’zolarni  o’tkir  yallig’lanishida,  gemofiliyada,  endokrin 
kasalliklarini xuruj davrida. 
   G’alvirsimon  labirintga  yo’l  ochishni  bir  nechta  usullari  mavjud,  bu  esa 
patologik  jarayonni  holatiga  va  uni  anatomik  joylashishiga  bog’liq  bo’ladi. 
G’alvirsimon  bo’shliqda  olib  boriladigan  jarrohlik  amaliyotlarini  tashqi,  yuqori 
jag’ bo’shlig’i orqali va burun ichi turlari bo’lish mumkin. 
 
G’alvirsimon bo’shliqni burun ichidan ochish Galle bo’yisha amalga 
oshiriladi. 
Bu  usul  faqat  g’alvirsimon  labirintni  o’zida  yallig’lanish  bo’lsa  va  bunga 
qo’shimcha  asosoy  bo’shliqda  ham  yallig’lanish  bo’lsa  yuqoridagi  usul 
qo’llaniladi. 
     Jarrohlik  amaliyoti  umumiy  og’riqsizlantirish  asosida  olib  boriladi.  Jarrohlik 
amaliyotiga asosiy mo’ljal joy bo’lib o’rta burun chig’anog’i va bulla ethmoidalis 
hisoblanadi.  Agar  concha  bullosa  bo’lsa  bulla  ethmoidalis  bilan  birga  olib  tash-
lanadi.  Bundan  tashqari  hujayralar  orasidagi  to’siqlar  ham  olib  tashlanadi.  Bu 
konxatom yoki Lyuk qisqichlari bilan amalga oshiriladi. Bu bosqich g’alvirsimon 
labirintni bo’shliq ichiga kirishni ta’minlaydi. O’tkir qoshiqcha yordamida kattakli 
sistema yaxshilab kyuretaj qilinadi. Shu yo’sinda u yerdan patologik to’qima, hu-
jayralar  orasidagi  to’siq,  poliplar,  granulyasiyalar  olib  tashlanadi.  Bunda  asbob 
harakati orqadan oldinqa qarab harakatlantiriladi (1.53 rasm).  

 
 
 
Bunday  holatda  ehtiyotkorlik  bilan  kyuretaj  amalga  oshiriladi.  Yuqorida  iloji 
boricha  medialroq  harakatlanish  sekin-astalik  bilan  amalga  oshiriladi,  sababi 
elaksimon plastinkani jarohatlab qoyish kerak bo’lmaydi. Bundan tashqari asbobni 
ko’z  tomonga  harakatlanishi  ham  tavsiya  qilinmaydi,  doimiy  o’rta  chig’anoq  so-
hasida bo’lish tavsiya qilinadi. 
     Barcha  patologik  to’qimalarni  kyuretaj  usulida  tozalab  bo’lmaganligi  sababli, 
qolgan to’qimalarni qisqich yoqdamida amalga oshiriladi. Endoskopiya yordamida 
bu  jarayon  amalga  oshirilsa  yaxshi  natija  beradi.  Asosiy  e’tiborni  patologik 
to’qimalardan tozalayotganda g’alvirsimon labirintning oldingi kattaklariga qarati-
ladi. O’ldingi hujayralardan tozalash qiyin bo’lganligi sababli endoskop yordamida 
bu jarayon amalga oshiriladi. Gallening qayrilgan kyuretkasini qo’llash yaxshi sa-
mara  beradi.  Galle  jarrohlik  amaliyotini  o’rta  burun  chig’anog’ining  oldida  joy-
lashgan shilliq qavatdan loskut tayyorlab jarrohlik bo’shlig’iga yotqizish bilan tu-
gatishni taklif qilgan.  
     Jarrohlikdan  so’ng  bo’shliqni  ichini  yumshoq  tamponada  qilinadi.  Bu  tampon 
vazelinli  yog’ga  shimdirilgan  va  keng  ta’sir  doirasiga  tegishli  antibiotik  bilan 
aralashtirilgan bo’lishi kerak. Tompon oxirina burun kirish qismiga mahkamlanadi 
va burun oldiga to’qilgan bog’lam qo’yiladi. Agar jarrohlik amaliyoti oxirida qon 
to’xtagan bo’lsa tamponni 3-4 soatdan keyin olib tashlanadi. Oxirida bo’shliq fizi-
ologik ewritma bilan yuviladi va antibiotik bilan chayiladi.   
 
Yansen- Vinkler bo’yicha g’avirsimon bo’shliqni yuqori jag’ bo’shlig’i orqali  
ochish. 
   Bu ikkita jarrohlik amaliyoti qatshonki bir vaqtning o’zida yuqori jag’ bo’shlig’i 
sanasiyasi  va  g’alvirsimon  bo’shliqni  gomolateral  ochish  kerak  bo’lgandagina 
amalga  oshiriladi.  Kolduella-  Lyuk  jarrohlik  amaliyoti  tugatilgandan  keyin 
g’alvirsimon  bo’shliq  ochiladi.  1.54  rasmda  Yansen-  Vinklernind  Petranton-  de 
Lima  modifikatsiyasi  bo’yich  g’alvirsimon  bo’shliqni  ochish  sxematik  ravishda 
ko’rsatilgan. 
1.53.rasm. G’alvirsimon labirintni hujayralarini kyuretajida asbob harakatini yo’nalishi 
(V.I. Babiyak 2009 y. I- tom, 301 bet.)

     
           
 
 
 
 
 
 
Konxotom  yoki  qoshiq  bilan  yuqori  jag’  bo’shlig’ini    ko’z  bilan  burun  devori 
orasidagi  yuqori  orqamedial  burchak  devori  buziladi.  G’alvirsimon  labirintning 
bo’shlig’iga  shu  burchak  orqali  tushish  uchun,  yuqori  jag’  bo’shlig’i  ochiladi  va 
tanglay suyagining ko’z o’simtasi orqali bo’shliqqa tushiladi. Buning uchun o’tkir 
qoshiq yoki konxotom ishlatiladi. G’alvirsimon labirint bo’shlig’iga tushilayotgan 
mahal  suyak  to’siqlarini  sinayotgan  ovozi  eshitiladi  va  bo’sgliqqa  tushish  hissi 
bo’ladi. Shu asboblar bilan hujayralar orasidag devorlar ham olib tashlanadi, faqat 
asbob o’z o’qi atrofida aylantiriladi, orbita yoki elaksimon plastinkani yuqori me-
dial  tomoniga  harakat  qilinmaydi.  Bundan  tashqari  o’rta  burun  chig’anog’i  olib 
tashlanadi,  teshik  kattalashtiriladi.  Bu  jarayon  g’alvirsimon  labirint  bo’shlig’i  va 
o’rta  burun  chig’anog’i    orasida  drenaj  teshikni  shakllantirishga  yordam  beradi. 
Endoskop bilan barcha kattaklar ko’rib chiqiladi. 
   Jarrohlik  amaliyotining  oxirda  g’alvirsimon  labirint  ko’zdan  kechirilganda, 
g’alvirsimon suyak bilan burun bo’shlig’i orasida jarrohlikdan keying xosil qilin-
gan  teshik  holati  baholanadi.  Bu  endoskop  bilan  bemalol  baholanadi.  Endoskop 
bo’lmagan  mahal  tugmali  zond  bilan  tekshiriladi,  agar  teshik  katta  bo’ladigan 
bo’lsa, jarrohlik o’tkazilgan tomondan ko’rsa bo’ladi.  
    Shunday  qilib,  yuqorida  aytib  o’tilgan  jarrohlik  amaliyotidan  so’ng  burun 
bo’shlig’ini  lateral  devorida  ikkita  sun’iy  teshik  xosil  qilinadi.  Pastki  burun 
yo’ladiga  teshik  yuqori  jag’  bo’shlig’i  bilan  bog’liqligi  bo’lsa,  o’rta  burun 
yo’lidagi  teshik  esa  g’alvirsimon  labirint  hujayralari  bilan  bog’langan  bo’ladi. 
G’alvirsimon  bo’shliq  yumshoq  tampon  bilan  tamponada  qilinadi.  Tamponni  bir 
uchi xosil qilingan teshik orqali burun teshigidan chiqarilib qo’yiladi, yuqori jag’ 
bo’shlig’ini  esa  Kolduella-  Lyuk  jarrohlik  amaliyotidagidek  tamponada  qilinadi. 
G’alvirsimon  bo’shliqdan  tampon  4  saotdan  keyin  olib  tashlansa,  yuqori  jag’ 
bo’shlig’idan 4 soatdan keyin olib tashlanadi. 
1.51.rasm.  Yansen-  Vinklernind  Petranton-  de  Lima  modifikasiyasi  bo’yich  g’alvirsimon 
bo’shliqni  ochish  sxematik  ko’rinishi  (V.  Rakovya’ni  bo’yisha,  yo’ldirilgani):a)  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ini oldingi devorini rezeksiyasi (1) ko’z osti teshigini aylanib o’tish,; b) hujum zonasi (2), 
g’alvirsimon  labirintni  orqa  hujayralariga  kirish;  c)  ochish  joyi  (3)  Gaek  qisqichi  yordamida 
g’alvirsimon labirintni oldingi hujayralarini ochish.  

Grunvald bo’yicha g’alvirsimon labirintni tashqi (transorbital) yo’l orqali 
ochish. 
    Hozirgi kunda  bu usul kam  qo’llaniladi. Qatshonki orbitani (flegmona)  yiringli 
asoratlarida, qog’ozli  plastinkani  yallig’lanish  jarayoni  natijasida  yemirilishlarida, 
ko’zning ichki burchagi bilan g’alvirsimon labirint orasida oqma bo’lishida, oste-
omalarda va orbitani medial sohasini jarohatlanishlari bo’lsagina qo’llaniladi.  
     1.55.rasmda  ko’rsatilgan  sxemada  yumshoq  to’qimani  ko’chirish  va 
g’alvirsimon  labirintni  trepanasia  qilinadigan  sona  chizib  ko’rsatilgan.  Orbitani 
ichki qirrasi bo’ylab bir vaqtning o’zida yoysimon kesish yo’li bilan barcha yum-
shoq to’qimalar va suyak usti pardasi kesiladi. Kesma qosh usti yoyi ishki qirrasi 
bo’ylab  boshlab  noksimon  teshik  chegarasida  to’xtatiladi.  Yumshoq  to’qima  ikki 
tomondan  o’tkir  raspator  yoki  Voyatshekning  iskanasi  bilan  ko’chiriladi.  Bunda 
qon  ketish  bo’lsa  adrenalinga  shimdirilgan  sharik  bilan  bosib  to’xtatiladi. 
G’alvirsimon labirintga kirish uchun joy aniqlab olinadi, buning uchun qulay joy 
peshona,  burun,  ko’z  yosh,  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  peshona  o’simtasi  va  qog’oz 
platinka birikkan chok mo’ljal bo’lib xizmat qiladi (1.56 rasm). 
 
 
    
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin