1.61 rasm. Ponasimon bo’shliqni transseptal usulda ochish. (Kiselev A.S. bo’yicha., 1997): 1-
ponasimon bo’shliq, 2- turk egari.
c)
Kompression nazariya- tabiiy chiqarish teshiklarini bekilib qolishi natijasida,
mukosele tarkibidagi suyuqlikni agressiv shakllanishi va osteoklasslarni
aktivasiyasi suyakni parshalanishiga olib keladi deb aytadi.
Mukoseleni kelib chiqishida yallig’lanish natijasida tabiiy teshiklarni (osteoma
yoki travma) yopilishi yotadi. Bunga olib keluvchi omillarga esa yuz skeletini
anomal rivojlanishi sabab bo’lishi mumkin. Shu jumladan burun yondosh
bo’shliqlarini ham. Bo’shliqda drenaj funksiya ishlamagandan keyin, u yerda
parchalanish mahsulotlari va shilliq to’planishi kuzatiladi. Bo’shliqni va bez
elementlari normal faoliyat ko’rsatish uchun kislorod yetishmaydi, bu esa o’z
navbatida kattabolizmga olib keladi. kattabolizm esa toksik ta’sirga ega bo’lib,
osteoklaslarni aktivlashtiradi va VNS nerv oxirlarini qitiqlaydi. Bu o’z navbatida
shilliq bezlarini aktivligini oshiradi, naitjada sekret miqdori ko’payadi. Bunday
xalqa bo’shliq ichida surunkali aseptik ya’llig’lanishli mukoseliga olib keladi,
buning yiringlashi esa- bo’shliqni o’tkir empiemasi. Shu bilan bo’shliq ichida
suyuqlik to’planishi natijasida u yerda shilliq qavat va suyak devoriga bosim bilan
bosilishni boshliydi, ularni atrofiyasiga sabab bo’ladi, natijada mukosele
bo’shliqdan tashqariga chiqib, qo’shni a’zolarga o’tishni boshliydi.
Patologik anatomiya. Gistologik aniqlanishicha, bo’shliq ichidagi ko’p
qavatlixilpillovchi epiteliy mukoseleda o’zining kiprikchalarini yoqotadi. Bo’shliq
ichidan kista chiqishidan oldin uning shilliq qavati fibroz qavat bilan qoplanadi.
Mukosele tarkibidagi suyuqlik jelatinsimon, sarg’imtir- oq rangda, aseptik, hidsiz
xususiyatlarga ega. Suyak qavat noziklashadi va atrofiyaga uchraydi. Suyak
to’qimasida osteoklastlar miqdori ortadi.
Klinikasi. Mukosele burun yondosh bo’shliqlarda sekin asta rivojlanib, 3 ta
bosqichni bosib o’tadi.
a)
Latent bosqich- simptosiz kechadi, obektiv va subektiv belgilari
aniqlanmaydi. Ayrim hollarda burun bir tomonida rinoreya kuzatiladi, bunday
holatda burun- peshona kanali vaqtinchalik ochilib yoki g’alvirsimon bo’shliqni
burun bo’shlig’i bilan aloqador kattaklari orqali kista suyuqligi chiqishi kuzatiladi.
b)
Eksterritorasiya bosqichi- bunda subektiv va obektiv belgilar xarakterli
hisoblanadi. Agar mukosele peshona bo’shlig’ida joylashgan bo’lib har xil ko’z
simptomlarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bemor va atrofdagilar shishni
his qiladilar. Ma’lum bir vaqtdan so’ng bemorda diplopiya rivojlanadi. Agar kista
ko’zning tubiga qarab o’sadigan bo’lsa ko’z nerviga bosim o’tkazadi va ko’rish
nisbatan pasayadi, shu ko’zda periferik skatoma rivojlanadi. Agar kista pastga va
oldinga qarab o’sadigan bo’lsa ko’z yosh yo’llarini funksiyasi buzilishi hisobiga
epifora rivojlanadi. Keyinchalik uch shoxli nervni I tolasini ezilishi hisobiga
bemorda og’riq rivojlanadi va ko’zga, zararlangan tomondagi tishlar va yuqori
jag’ga og’riq tarqaladi.
Hosil bo’lgan shishni qo’l bilan ushlab ko’rilganda silliq, zich xosilani
anglatadi. Biroz uni harakatga keltirilganida suyak nuqsoni bo’lganligi uchun
kripitasiya eshitilishi mumkin. Suyak defktini qirralari notekis, tashqariga
aylantirilganga o’xshash bo’ladi. Oldingi rinoskopiyada burun bo’shlig’ida
o’zgarish sniqlanmaydi.
c)
Asoratlar bosqichi- har xil ikkilamchi patologik jarayonlar aniqlanishi
mumkin.
Tashxis. Latent bosqichida to’satdan yuz sohasi rentgenologik tekshiruvdan
o’tkizilayotganda aniqlanishi mumkin. Agar rentgenolog tajribali bo’lsa bo’shliqni
katta hajmda total soyalanishi, devorni torayishi va siyraklanishi, bo’shliq ichidagi
to’siqni o’rta chiziqdan surilishi kabi belgilarni aniqlashi mumkin bo’ladi. Ayniqsa
bu bosqichda nevrologik belgilar namoyon bo’ladigan bo’lsa shifokorni rino- sinus
sohasidan chiqarishi mumkin bo’ladi.
Eksterritorizasiya bosqichida aytib o’tilganidek ma’lum bir boshqa kasallik
tufayli aniqlanib qolishi mumkin. Bularga dermoid kista, meningosele,
ensefalosele yoki o’smani misol keltirishimiz mumkin. Bu bosqichda yakuniy
tashxisni har doim ham rentgenologik (KT, MRT) tekshirishlardan keyin ham
qo’yish qiyinchilik tug’diradi.
Qiyosiy tashxis. Osteoma, osteosarkoma, zaxm osteoperiostiti yoki gumma,
dermoid kista yoki meningosele va ensefalosele bilan o’tkaziladi.
Davosi. Faqat jarrohlik usulida davolanadi. Asosan peshona bo’shligida radikal
jarrohlik amaliyoti o’tkaziladi. Bundan tashqari peshona- burun kanalini
shakllantiriladi. Jaroohlikdan keyin bo’shliqni 2-3 hafta mobaynida antiseptik dori
vositalari bilan yuvib turiladi.
4.
BURUN VA BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI JARO-
HATLARI.
Harbiy va sport mashg’ulotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, ko’cha
transport hodisalarda, epilepsiya xuruji paytida sodir bo’lib, hayotda tez-tez
uchrab turadi.
Jarohat yetkazgan jismning ta'sir kuchi va xususiyati, uning yo’nalishi va
to’qima ichiga qanchalik chuqur botishiga qarab burun jarohatlari ochiq (teri
qoplamining zararlanishi) yoki yopiq (teri qoplamining buzilmasligi) bo’lishi
mumkin.
Yopiq jarohatlarga lat yeyish, yumshoq to’qimalarga qon quyilishi, shilinish, bu-
run yondosh bo’shliqlari devorlari, ko’z kosasi, yonoq suyagi, g’alvirsimon
bo’shliq kattaklarining siljishi yoki siljimasligi bilan kechuvchi burun suyaklarin-
ing sinishi kiradi.
Ochiq jarohatlar yirtilgan, kesilgan, yuzaki va chuqur, burun bo’shlig’iga kirgan
yoki kirmagan jarohatlarga bo’linadi. Burun bo’shlig’iga kirgan jarohatlarga
ko’pincha o’tkir uchli jism sabab bo’ladi. Bunda burun bo’shlig’i shilliq pardasi-
ning yirtilishi, burundan qon oqishi, burun bo’shlig’i va burun yondosh
bo’shliqlariga infeksiya kirishi, burun to’sig’i gematomasi va abssessi rivojlanishi
kuzatiladi. O’tkir uchli jismning yo’nalishi burun bo’shlig’ining yuqori devoriga
qaratilganda elaksimon plastinka sinib, bemorda orqa miya suyuqligini oshishi ku-
zatilishi mumkin.
Ko’pincha burun suyaklari va yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’i o’rtasidagi
chokni kengayishi yoki burun suyaklari va burun to’sig’ining sinishi, yoki chiqishi
natijasida tashqi burunni yon tomonga siljishi qayd etiladi. Kam hollarda yuqori
jag’ suyagi peshona o’sig’ining sinishi kuzatiladi.
A.E.Kitsera va A.A.Borisov (1993) bo’yicha tashqi burun shaklining buzilishlari
quyidagicha tasniflanadi:
-Rinoskolioz - burunni yon tomonga siljishi;
-Rinokifoz - burun shaklini bukiri bo’lishi;
-Rinolordoz - burunni botishi (egarsimon burun);
-Platiriniya - burun shaklini yassi bo’lishi;
-Braxiriniya- burun bo’shlig’i haddan tashqari kengayishi;
-Leptoriniya- burun bo’shlig’i haddan tashqari torayishi;
-Molleriniya- tashqi burun suyaklari sinishi natijasida burunni yumshoq
bo’lishi.
Ko’pincha yuz jarohatlarida ko’rish o’tkirligining pasayishi yoki butunlay
yo’qotilishi (amavroz) bilan kechuvchi ko’z olmasi tubiga qon quyilishi (gife-
malar), ko’z olmasining siljishi (enoftal'm), ko’zni harakatlantiruvchi mushaklarn-
ing bosilishi natijasida falaji (diplopiya) kuzatiladi.
1.62. rasm. Burun suyaklarini sinishi. Sinishning turli shakllari.
Burun yondosh bo’shliqlari jarohati bo’shliqlar devorining yorilishi, sinishi,
suyak parchalarini bo’shliq ichiga kirishi bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashqari,
ular kalla bo’shlig’iga tarqalgan yoki tarqalmagan jarohatlarga bo’linadi.
Peshona bo’shlig’i odatda qosh usti sohasida jarohatlanadi; bo’shliqning old de-
vori sinib, kosmetik nuqsonga sabab bo’ladi. Burunni botishi peshona
bo’shlig’ining tabiiy teshigini yopilishiga olib keladi. Peshona bo’shlig’ining orqa
devori kamdan kam hollarda jarohatlanadi. G’alvirsimon bo’shliqning jarohati
ko’pincha ko’z kosasining medial qismida, ya'ni burun bo’shlig’ining yon
tomonida joylashgan shilliq pardaning yirtilishi natijasida yuzda teri osti em-
fizemasi paydo bo’lishiga olib keladi, bunda shish va teri osti emfizemasi, peshona
va bo’yin sohasigacha tarqalishi mumkin. Old g’alvirsimon arteriya jarohatlangan-
da ko’z kosasi atrofi to’qimasiga qon quyiladi.
Peshona va g’alvirsimon suyaklarning jarohati ko’pincha burun, ko’z olmasi va
ko’z kosasi, ba'zan kalla suyagi jarohati bilan birga kechadi. Ko’z kosasining
pastki qismi va yuz sohasida joylashgan yuqori jag’ bo’shlig’ining jarohati
bo’shliq old devorining sinishi, jarohat maydoni shaklining o’zgarishi, ko’z kosasi
pastki devori, ko’z olmasi, g’alvirsimon bo’shliq, yonoq chakka suyaklari, tish va
og’iz bo’shlig’ining jarohatlari bilan birga kechadi.
Ponasimon bo’hliq devorlarining sinishi ayni paytda kalla suyagi asosining sin-
ishi bo’lib, juda kam uchraydi va ko’rish nerv tolasi, ichki uyqu arteriya’ning jaro-
hati bilan birga kechib, o’lim holatiga sabab bo’lgan qon oqishlarga yoki jarohat-
dan so’nggi uyqu arteriyasi devori anevrizmasiga sabab bo’ladi.
Belgilari. Burun jarohatida burundan qon oqishi, burun terisida va ko’z
qovoqlarida qontalashlar paydo bo’lishi, yumshoq to’qimalar shishi va teri osti
emfizemasi, suyak parchalarining harakati kuzatiladi. Burunning nafas olish
funksiyasi buzilishi yoki hid sezish tirqishlarining yopilishi natijasida bemorda hid
bilish qobiliyati pasayadi, hid bilish asab tolalari uzilganda - burunning hid sezish
faoliyati butunlay yo’qoladi.
Aralash jarohatning belgilari xilma-xil bo’lib, burun yondosh bo’shliqlari va ular
atrofida joylashgan a'zolar jarohatiga bog’liq bo’ladi. Bolalarda burun va burun
yondosh bo’shliqlarining aralash jarohatlari yuz suyaklari jarohati bilan birga
uchraydi. Yuzning o’rta qismi jarohatlanganda yuz suyaklarining noto’g’ri o’sishi
natijasida, bolalarda keyinchalik yuz tuzilishida kosmetik nuqsonlar rivojlanishi
mumkin.
Kalla suyagi bo’shlig’iga tarqalgan jarohatlarda bemorda bosh miya chayqalishi,
yoki qisilishi belgilari kuzatiladi. Kalla bo’shlig’iga tarqalgan jarohatlarda kalla
ichi asoratlari belgilari paydo bo’ladi. Kalla suyagi singanda va bosh miya’ning
qattiq pardasi jarohatlanganda jarohat maydoni, burun yoki halqumdan orqa miya
suyuqligini oqishi ( likvoreya) kuzatiladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez, tashqi tekshiruv, paypaslash, zondlash,
rinoskopiya, endoskopiya, rentgenografiya, KT tekshiruvlari asosida qo’yiladi.
Tashqi tekshiruv va paypaslashda jarohat maydonining og’rishi, yumshoq
to’qimalar shishi, tashqi burun shakli buzilganligi aniqlanadi. Burun yon tomonga
siljiganligi, majaqlanganligi, burun usti paypaslanganda bo’rtishlar (zina belgisi),
suyaklarning patologik harakatchanligi va suyak parchalari krepitatsiyasini
aniqlanishi burun suyaklari singanligidan, bosib ko’rganda teri osti krepitatsiyasi -
g’alvirsimon suyak singanligidan va shilliq parda yirtilganligidan dalolat beradi.
Rinoskopiyada burun bo’shlig’ida qon laxtalari, qontalashlar, shilliq parda
yirtilganligi, burun bo’shlig’i torayganligi, burun chig’anoqlari botgan va burun
to’sig’i qiyshayganligi ko’rinadi. Burun to’sig’i shilliq pardasining bir tomonlama,
ayniqsa ikki tomonlama shishi burun to’sig’i gematomasidan darak beradi.
Jarohatning chuqurligi zond yordamida tekshiriladi. Yopiq jarohatda yumshoq
to’qimaning shishi tashxis qo’yishni qiyinlashtirishi tufayli bosib ko’rganda be-
morda mahalliy og’riq borligi, burun sohasining shishi, qontalashlari, burun
to’sig’i qiyshiqligining bor-yo’qligi e'tiborga olinadi.
Yuz skeletining jarohati ko’pincha ko’z qovoqlari va ko’z kosasi atrofiga qon
quyilishi "ko’zoynak belgisi" bilan kechadi. Ammo bu belgi kalla suyagi asosining
sinishida, g’alvirsimon sinus jarohatida ham kuzatiladi. Aniq tashxis qo’yish
maqsadida orqa miya punksiyasi bajariladi. Kalla suyagining asosi singanda orqa
miya suyuqligida qon borligi aniqlanadi (subaraxnoidal qon quyilishi). Bemordagi
shok, karaxtlik (eshitishni butunlay yoki qisman yo’qotilishi) talvasa holati yuz
berishi kalla suyagining asosi singanligini bildiradi. Bunday hollarda bemor boshi
fiksatsiya qilingan holda kasalxonaga keltiriladi. Unga hatto rentgenografiya ham
darhol qilinmaydi, chunki tekshiruvda boshini yon tomonga burish kerak bo’ladi.
G’alvirsimon suyakning elaksimon plastinkasi sinib, bosh miya qattiq pardasi
zararlanganda bemorda orqa miya suyuqligini oqishi kuzatiladi. Bemorning burni-
dan bir paytning o’zida ham qon, ham orqa miya suyuqligini oqishi tashxis
qo’yishni qiyinlashtiradi. Jarohatning birinchi kuni "juft dog’" belgisi kuzatiladi,
ya'ni oq matodagi qon dog’ining atrofi rangsiz doira bilan o’ralgan bo’ladi; qon
oqishi to’xtatilgandan so’ng burundan rangsiz ajralma oqadi. Laboratoriya tek-
shiruvida burundan oqayotgan ajralma tarkibida glyukozani aniqlanishi orqa miya
suyuqligi ekanligini tasdiqlaydi. Yuz skeletining rentgenografiya, rentgenoskopiya,
KT va MRT- tekshiruvlari jarohat hajmi va xarakteri haqida qimmatli ma'lumotlar
olishga yordam beradi.
Davolashda burun va burun yondosh bo’shliqlari jarohatining xarakteri,
chuqurligi, bemorning umumiy ahvoli e'tiborga olinadi. Shoshilinch tibbiy yordam
og’riqsizlantirish, qon oqishini to’xtatish va bemorni darhol kasalxonaga yubor-
ishdan iborat. Lat yeyish yoki yumshoq to’qimalarning ochiq jarohatida
ifloslangan jarohat maydoniga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi; jarohat maydoni
dastlab antiseptik eritma bilan yuviladi, keyin maxsus qoshiqcha yordamida singan
suyak va tog’ay parchalari olib tashlanadi, yumshoq to’qima esa qoldiriladi.
Bemorga qoqsholga qarshi anatoksin (emlangan bemorga - 0,5 ml, emlanmaganga
- 1 ml dan teri ostiga), teri ichi sinamasidan so’ng - Bezredko usuli bo’yicha
qoqsholga qarshi qon zardobi (3000 ME) yuboriladi. Hayvon burun sohasini tish-
laganda birinchi tibbiy yordamdan so’ng bemor quturish kasalligiga qarshi emla-
nadi. Birlamchi chok jarohatdan 1 sutka o’tgandan so’ng qo’yiladi.
Odatda singan burun suyaklari o’z joyiga o’rnatilgandan so’ng burundan qon
oqishi o’z-o’zidan to’xtaydi. Aksariyat hollarda ilgaksimon old burun tampon-
adasi, ba'zan orqa tamponada bajariladi. Tamponada har 24 - 48 soatda almashtiri-
ladi. Bolalarga odatda elastik tamponada qo’yiladi. Jarohatlangan burun terisida
qontalashlarni va yumshoq to’qima shishini kamaytirish maqsadida 5-6 soat
davomida burun tersi ustiga muz parchalari qo’yiladi.
Burun suyaklari sinib, o’z joyidan siljiganda hamda tashqi kosmetik nuqson
paydo bo’lganda burun suyaklari va burun yondosh bo’shliqlari devorlarining re-
pozitsiyasi (o’z joyiga o’rnatish) va suyak parchalarini ichki yoki tashqi
fiksatsiyasi amali asosiy davolash usuli hisoblanadi. Suyak parchalarini o’z joyiga
o’rnatish muhim kosmetik ahamiyatga ega. Jarohatning birinchi kuni bajarilgan
repozitsiya eng optimal usul deb tan olingan, lekin bosh miya, kalla ichining og’ir
asoratlarida uni jarohatdan so’nggi 3 hafta davomida bajarsa bo’ladi.
Bemor kursida o’tirgan holatida burun bo’shlig’i mahalliy (shilliq pardaga 10%
lidokain, 2% dikain, 5% kokainni surtish yoki singan maydonga 1% novokain, 2%
lidokain eritmalari yuborish) va infil'tratsiya usulida og’riqsizlantiriladi.
Barmoq yordamida bajarilgan repozitsiya. Tashqi burun chap tomonga
siljiganda o’ng qo’lning bosh barmog’i, o’ng tomonga siljiganda esa chap qo’lning
bosh barmog’i bilan umumiy og’riqsizlantirish ostida repozitsiya qilinadi. Suyak
parchalari o’z joyiga tushganda o’ziga xos qirsillash tovushi eshitiladi.
Yu.N.Volkov burun elevatori yordamida bajarilgan repozitsiya ham mahalliy
yoki umumiy og’riqsizlantirish ostida bajariladi. Bunda o’ng burun elevatori bu-
running o’ng tomoniga, chap burun elevatori - uning chap tomoniga ma'lum
chuqurlikka kiritiladi. Elevatorning uchi oldinga va yuqoriga yo’naltirilgan traksi-
ya harakati bilan burunning singan, cho’kkan suyaklari o’z joyiga o’rnatiladi.
Suyaklarni barmoq va asbob yordamida o’z joyiga o’rnatish usuli singan suyak
parchalari orqaga va yon tomonga siljiganda qo’llanadi. Bunda bir vaqtning o’zida
elevator yordamida oldinga traksiya bajariladi, bosh barmoq yordamida esa singan
suyaklar o’z joyiga qo’yiladi.
Elevator bo’lmagan hollarda repozitsiya muolajasi uchi steril paxta bilan
o’ralgan yoki rezina qo’lqop barmog’i kiydirlgan pinset yoki qisqich yordamida
bajariladi.
Burun suyaklari o’z joyiga o’rnatilgandan so’ng singan suyak parchalarini
kerakli holatda ushlab turish kerak bo’ladi. Mahalliy og’riqsizlantirishdan so’ng
burunning yuqori va o’rta yo’lida eritilgan parafinga (harorati 50-54ºC) shimdiril-
gan doka pilikcha bilan tampon qo’yiladi, parafin qisqa vaqt ichida sovib, burun
suyaklarini to’g’ri holatda ushlab turadi, bunda bemor burunning pastki qismi or-
qali nafas oladi. Parafinli tampon 7 kundan so’ng chiqarib olinadi, ba'zan u burun
bo’shlig’ida 12 kunga qoldirilishi mumkin.
Anamnez ma'lumotlari va ob'ektiv tekshiruvlar asosida bemorga bosh miya
chayqalishining II-III darajasi tashxisi (bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish,
holsizlik, nevrologik belgilar) qo’yilganda burun suyaklari repozitsiyasi keyingi
kunlarga (5-6 kundan so’ng) qoldiriladi.
Burunning jarohatdan so’nggi ayrim og’ir nuqsonlari kasalxona sharoitida jar-
rohlik (kosmetik, plastik, estetik) usulida davolanadi. Tashqi burun shaklining
buzilishi burun to’sig’i qiyshiqligi, burun orqali nafas olishning buzilishi bilan
kechgan xollarda rinoseptoplastika jarohlik amali bajariladi. Bunday jarrohlik ama-
li umumiy og’riqsizlantirish ostida bajariladi. Birinchi bosqichda burun orqali
nafas olishni tiklash, ya'ni septoplastika bajariladi. Ikkinchi bosqichda esa tashqi
burunning kosmetik nuqsonini bartaraf etish amali bajariladi. Tashqi burunda
o’tkaziladigan plastik operatsiyalar ochiq yoki yopiq usulda bajariladi. Nuqsonni
bartaraf etish uchun turli materiallardan tayyorlangan implantantlar ( autotog’aylar,
konservlangan tog’aylar, polimer materiallar,silikon va boshq.) ishlatiladi.
Yuqori jag’ bo’shlig’i devorlarining (ko’pincha old devori) sinishi suyak par-
chalarining botishi, bo’shliq ichiga qon quyilishi, ko’z kosasi devori va yonoq
1.62 rasm. Burun suyaklarini to’g’irlash.
1- Asbob yordamida to’g’irlash;
2- Barmoq bilan to’g’irlash.
suyagining sinishi bilan birga kechadi. Bu holda jarrohlik amalida kosmetik
nuqsonni bartaraf etish bilan birga pastki burun chig’anog’i ostida burun
bo’shlig’iga ochilgan yo’l xosil qilinadi. Yuqori jag’ bo’shlig’i ichidagi qonning
bir qismi so’rilib ketadi, boshqa qismixilpillovchi epiteliy tufayli chiqariladi. Am-
mo jarohatdan so’nggi 3-4 kun davomida bemorda yallig’lanishga xos belgilar
paydo bo’lsa (bo’shliq sohasining shishi va infil'tratsiyasi, og’riq, tana haroratining
ko’tarilishi), unda yuqori jag’ bo’shlig’i pastki burun yo’li orqali teshilib, antisep-
tik va antibiotik eritmalar bilan yuviladi.
Peshona bo’shlig’i devorlarining sinishi suyak bo’laklarini bo’shliq ichiga
botishi, bo’shliq kanali faoliyatining buzilishi bilan kechganda bo’shliq old devo-
rini o’z joyiga o’rnatish va peshona-burun bo’shlig’i orasida sun’iy yo’l xosil qi-
lish jarrohlik amali bajariladi. Bo’shliq ichiga B.S.Preobrajenskiy bo’yicha drenaj
naychasi o’rnatiladi (diametri 0,6-0,8 sm rezina naycha peshona bo’shlig’ini burun
bo’shlig’iga ulab turadi) va 3 haftaga yostiqcha yordamida jarohat yonidagi teriga
fiksatsiya qilinadi. Peshona bo’shlig’ining orqa devori ko’zdan kechirilib, zond bi-
lan tekshirilgandan so’ng bo’shliqning orqa devori singan bemorda neyrojarroh
ishtirokida bosh miya’ning qattiq pardasi ochilib taftish qilinadi, suqilgan suyak-
chalar, yiritilgan qattiq parda tikiladi.
Burnidan orqa miya suyuqligi oqayotgan bemor yarim o’troq holatda yotqizi-
ladi, unga bosh miya suyuqligi bosimini tushiruvchi dori vositalari (tomir ichiga
40% glyukoza, kal'siy xlorid va natriy xloridning gipertonik eritmalari, laziks, di-
akarb), tinchlantiruvchi dorilar seduksen, relanium, 20% oksibutrat natriy buyuri-
ladi, suyuqlik ichish man etiladi. Konservativ davolash yaxshi natija bermaganda
jarrohlik amali, ya'ni yuqori yoki o’rta burun chig’anoqlning shilliq pardasini ish-
latgan holda nuqson plastikasi bajariladi. Jarrohlik amalida endoskop va
mikroasboblardan foydalaniladi. Ba'zan jarrohlik amali kalla suyagining o’rta
chuqurchasi orqali bajariladi.
Aralash jarohatlarda bemorga og’riqsizlantiruvchi (baralgin, maksigan, tramal
va boshk.), tinchlantiruvchi dori vositalar (tazepam, fenobarbital, seduksin, relani-
um, 20 % oksibutrat natriya va boshq.) tavsiya qilinadi. Jarohat maydonining yal-
lig’lanishini oldini olish maqsadida umumiy va mahalliy yallig’lanishga qarshi do-
rilar (antibiotiklar, sul'fanilamidlar) buyuriladi. Ikkilamchi asoratlarni oldini olish
maqsadida bemorga desensibilizatsiya, dezintoksikatsiya, gemostatik va simp-
tomatik terapiya tadbirlari o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |