1.70 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh
bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya).
Etmoidosfenoiditda subperiostal abssess. O’ng
ko’z kosasi medial va lateral devorlarida infil-
trasiya zonasi, yiring orbital voronka tubiga
tarqalmoqda (strelka). O’ng g’alvirsimon
suyak hujayralarida qorayish aniqlanadi, o’ng
asosiy bo’shliqda sgilliq qavatini qalinlashgan-
ligi aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
KT da abssess orbitani yuqori qismida joylashadi, asosan suyak devorini yuqori
va lateral sohasida joylashadi, bunqa qo’shimcha ravishda ko’z mushagini yuqori
va lateral to’g’ri mushagi, ko’z yosh bezi va orbital voronka jarayonga qo’shilgan
bo’ladi. (1. 71 rasm).
Yuqori jag’ bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqqan subperiostal abssess.
Kattalarda kam uchraydi, bolalarda ko’proq uchraydi. Bunga sabab faqatgina
yuqori jag’ bo’shlig’idagi patologik jarayon bo’lib qolmasdan, balki odonogen
yuqori jag’ bo’shlig’ini osteomielitik o’zgarishi ham keltirib chiqarishi mumkin.
Abssessni klinik nomoyon bo’lishi yuqori jag’ni empiemasi bilan namoyon
bo’ladi. Yallig’lanishga yaqin sohada pastki qovoqni qizarishi, shishi aniqlanadi.
Gohida esa yonoq sohada, ko’z olmasi konyunktivasini pastki qismlarida xemoz
rivojlanadi. KT da ko’z kosasini ichki va medial devorigacha infiltrasiya
aniqlanadi, ko’zning tubigacha tarqalmaydi (1. 72 rasm).
5.5.Ko’z qovog’ining abssessi.
Ko’p hollarda ko’z qovog’ini abssessiga peshona bo’shlig’ini yiringli
yallig’lanishi, kam hollarda yuqori jag’ bo’shlig’ini yiringli yallig’lanishi sabab
bo’ladi. Pastki qovog’ga nisbatan yuqori qovoq ko’proq zararlanadi. Biz bilamizki
1.71 rasm.
Ko’z kosasini va burun yondosh
bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). Chap
ko’z kosasini subperiostal abssessi. Ko’z
kosasini yuqori va lateral devorlarida yal-
lig’lanish infiltratlari (qora strelka), chap
peshona boshlig’ini orbital devorini destruksiya
maydoni (oq strelka), bo’shliq ichida gorizontal
sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
1.72 rasm.
Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). O’tkir
yiringli gaymorit asorati subperiostal abssess. A) chap orbitani pastki va medial devorida infiltarasi-
ya zonasi; b) chap gaymor bo’shlig’ida gorizantal sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
ko’z kosasi bilan tazoorbital fassiya mustahkam birikkan. Peshona bo’shlig’i
nekrozi hisobiga, osteomielit rivojlanadi va ko’z kosasini qirrasi bo’ylab yiring
harakatlanadi, ko’z kosasiga birikkan fassiya yiringni retrobulbar sohaga kirishga
yo’l qo’ymaydi. Ko’z kosasini yiqori devorida nu qson borligi hisobiga yiring
tazoorbital fassiya bo’ylab harakatlanib yuqori qovoqning yumshoq to’qimasiz
teshib chiqadi.
Ko’z qovog’ining abssessi tashxis qo’yishga qiyinchilik tug’dirmaydi. Qovoqlar
shishgan, giperemiyalangan va harakatsiz, koyuktiva qizargan, agar uzoq davom
etgan jarayon bo’ladigan bo’lsa flyuktuasiya aniqlanadi. Ko’z sihasida spontan
og’riq bo’ladi, qovoqqa tegib ko’rilganda og’riqli, gohida esa ko’zni harakatga
keltirganda og’riqli bo’ladi. Ekzoftalm yo’q, ko’z olmasi harakati to’liq saqlangan.
KT da qovoq yumshoq to’qimasida havoli puffakni ko’rish mumkin bo’ladi (teri
osti emfizemasi) (1. 73 rasm).
5.6
.
Ko’z qovog’i va ko’z kosasi devori oqmasi.
Yuqori qovoqlar va burun ildizi sohasining oqmalari frontit yoki etmoiditda
xosil bo’lishi mumkin. Etmoiditda ko’z kosasi ichki devorining oqmasi rivojlanadi.
Kam hollarda gaymoritning asorati sifatida xosil bo’lgan pastki ko’z qovog’i
oqmasi xosil bo’lishi kuzatiladi. Surunkali sinusitlardan keyin xosil bo’lgan oqma
yallig’lanish jarayonini burun yondosh bo’shlig’idan ko’z qovoqlariga
tarqalishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Birlamchi orbita fistulasida ko’z kosasi
va qovoqlarning yallig’lanishi kuzatilmaydi. Ikkilamchi oqmalar subperiostal
abssess to’liq rivojlanishi yoki yetilishi natijasida xosil bo’lib, ko’pincha ko’z
kosasi yuqori chetining o’rtasida, ba'zan uning tashqi bo’limlarida joylashadi.
1.73 rasm.
Burun yondosh bo’shliqlarini aksial (a) va koronar (b) proeksiyalari. Ko’z
qovog’ini abssessi, o’ng qovog’ini katta bo’lmagan havo bilan infiltrasiya aniqlanadi (oq strel-
ka), peshona bo’shlig’ining pastki devorida suyak nuqsoni aniqlanadi (qora strelka), ikkala
peshona bo’shlig’i yiring bilan qoplangan. (G.Z. Piskunov 2006 y).
5.7.Ko’z kosasi flegmonasi.
Rinosinusogen ko’z asoratlari ichida eng xavflilaridan biri hisoblanadi, ko’z
kosasi nozik to’qimasini infiltrasiyasi va yiringli yallig’lanishi. Yiringni barcha
kletchatkalarda tarqoq joylashishi flegmonaga xos, abssessda esa chegaralangan
yiringli o’choq shakllanadi.
Flegmonaga olib keladigan sabablar turlicha. Bularning ichida eng asosiysi
bo’lib burun yondosh bo’shliqlarini empiemasi hisoblamadi (ko’proq polisinusit).
Bundan tashqari yuzning saramasi, yiringli jarayonlarni metastazi hamda jarohatlar
bo’lishi mumkin. S.I. Tal`kovskiy bolalarda flegmonani rivojlanishi sababi
gaymorit va etmoiditning asoratlari deb hisoblanadi. Ayrim adabiyotlarda
flegmonani kelib chiqishiga yiringli dakriosistitning va panoftal`mitning asoratlari,
ko’z qovoqlarida va burun yondosh bo’shliqlarida bajarilgan jarrohlik
amaliyotlarining asorati keltirib chiqarishga sabab bo’lgan.
Jarayonni rivojlanishi uchun bir nechta yo’llar mavjud. Yallig’lanishni burun
yondosh bo’shliqlaridan kontakt yo’li orqali tarqalishi boshling’ich bosqichda
periostit rivojlanadi, keyinchalik subperiostal va retrobulbar abssess va nihoyat
flegmona bo’lib davom etadi. Flegmonani rivojlanishida faqatgina bo’shliqning
suyak devori emas, balki periorbitani butunligi ham buziladi.
Lekin infeksiya’ni tarqalishi uchun eng yaxshi yo’l bo’lib- gematogen yo’l
hisoblanadi. Burun yondosh bo’shliqlarining shilliq qavatlari venalari orqali
infeksiya ko’z kosasiga keng anastomoz chigallari orqali o’tadi (vv.palpebralis,
frontalis, supraorbitalis, angularis v. fatsilis bilan anastomoz xosil qilib v.
ophtalmica ga quyiladi). Bu venalarda klapan bo’lmaganligi uchun, infeksiya yuz
venalariga yoki g’orsimon sinusga o’tib ketishi mumkin. Shundan so’ng
retrobulbar sohada rivojlangan tromb parchalanishga olib keladi: retrobulbar
sohani atrofida nekroz kletchatkalari rivojlanadi, yiringlaydi va mayda abssesslarni
rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu bilan rivojlangan fibrozli ekssudatsiya esa
retrobulbar sohada infiltrasiya rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari yiring
qovoq terisiga va konyunktivaga tarqalishi mumkin.
Klinik namoyon bo’lishi bemorda septik holat kuzatiladi: tana harorati yuqori
bo’lishi (39ºC dan yuqori) doimiy yoki gektik tipda, bezgak tutishi, bosh og’rishi
va boshq. Mahalliy belgilariga esa ko’z olmasini oldinga bo’rtib chiqishi, hamma
tomonlama uni harakatini cheklanishi, ko’z bosib ko’rilganda kuchli og’riq bo’lishi
va uni ko’zning tubiga uzatilishi, gohida ko’z mushaklarini pariz yoki paralichi
kuzatiladi, shox pardaga yara toshadi, ko’rish maydonini torayishi, to’r pardani
venalarini tromboflebiti kuzatiladi. Flegmonaning klinikasi turlicha kechishi bemor
organizmining umumiy holatiga va burun yondosh bo’shliqlarini mahalliy
o’zgarishini u yoki bu darajada rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
KT da umumiy xarakterli belgi bo’lib retrobulbar kletchatkani diffuz, bir xil
bo’lmagan zichligini oshishi (5-58 Hu) va ko’z olmasi, ko’z mushaklarini va
ko’ruv nervini chegaralarini (1.75 rasm) notekis bo’lishi kuzatiladi. Ko’z olmasini
nisbatan siljishi kuzatiladi.
Yuqori jag’ bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqadigan ko’z orbitasi
flegmonasi. Ko’z kosasini flegmonasi bo’lishiga sabab ko’p hollarda yuqori jag’
bo’shlig’ini empiemasi hisoblanadi. Bunday holatda flegmonani kelib chiqishida
yuqori jag’ bo’shlig’i bilan ko’z kosasini bog’lab turadigan keng venalar to’ri
hisoblanadi hamda yuqori ko’z yorig’i hisoblanadi.
Ayrim hollarda ko’z kosasi flegmonisini rivojlanishida yuqori jag’ bo’shlig’ini
tishlar yallig’lanishi sababli kelib chiqadi. Bunday holatlarda bo’shliqning suyak
devori yallig’lanadi va ko’z kosasini pastki devorini yallig’lanishiga sabab bo’ladi
1.74 rasm. Bolada chap tomonlama o’tkir etmoiditdan so’ng
rivojlangan chap ko’z kosasi flegmonasi.
1.75 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). Chap ko’z
kosasini subperiostal abssessi va flegmonasi. A) retrobulbar kletchatkani diffuz infiltrasiyasi; b) ko’z
orbitasini yuqorimedial qismida puffakli havo (oq strelka) bilan chegaralangan zish infiltrate aniqla-
nadi, ko’z kosasini medial qismlarini destrusiyasi (qora strelka). Bemorda- chap tomonlama o’tkir
yiringli gemisinusit. (G.Z. Piskunov 2006 y).
yoki tishning alveolyar qismi to’g’ridan to’g’ri bo’shliq ichiga ochiq bo’lib,
yallig’langan shilliq qavatdan yiring vena qon tomirlariga o’tadi, shunday qilib
kontakt yo’l orqali yallig’lanish ko’z kosasini pastki devoriga va orbitani
kletchatkasiga yetib boradi. 1.76 rasm da o’ng tomonlama o’tkir gaymoritdan
keyingi rivojlangan ko’z kosasi flegmonasi keltirilgan.
G’alvirsimon suyak hujayralarini yallig’lanishidan kelib chiqadigan ko’z
kosasi flegmonasi. G’alvirsimon labirint ham gaymor bo’shlig’iga o’xshab ko’z
kosasi flegmonasi kelib chiqishida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa bunday
yallig’lanish bolalarga xos hisoblanadi, lekin bu kattalar kasallanmaydi degani
emas. Bolalarda bu o’tkir kasalliklardan- qizamiq, skarlatina va boshq. keyingi
asoratlardan keyin kelib chiqadi. Bu hollarda ajralib turuvchi belgilardan
zararlangan tomonda ko’rish qobiliyatini pasayishi hisoblanadi, ayniqsa orqa guruh
hujayralari zararlangan bo’lsa. Agar oldingi guruh hujayralari zararlanadigan
bo’lsa ko’z kosasi flegmonasiga ko’z yosh qopi flegmonasi qo’shiladi.
O’tkir kattaral yoki yiringli etmoiditda flegmona rivojlangan bo’lsa, qog’oz
plastinkasi o’rnida digissensiya bo’rligidan dalolat bo’ladi. Shuni ta’kidlab aytish
kerakki KT da ko’z kosasini medial devoriga yaqin retrobulbar kletchatkada
nisbatan zich infiltrat aniqlanadi va shu tomonda g’alvirsimon suyakni qog’oz
plastinkasi ko’rinmaydi (1.77 rasm). Degissensiya bor sohadan yallig’lanish
qo’shni retrobul’bar kletchatkaga o’tib abssess rivojlanishiga sabab bo’ladi,
keyinchalik yallig’lanish tarqab kletchatkani barcha sohalariga tarqab flegmona
rivojlanadi.
1.76 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). O’ng or-
bitani flegmonasi. A) retrobulbar kletchatkani diffuz, bir xil bo’lmagan zichligi oshishi, ko’z
mushaklari va ko’z mushaklari aniq ko’rinmaydi, ko’z olmasi oldinga siljigan; b) o’ng yuqori jag’
bo’shlig’ida shilliq qavat qalinlashgan va gorizantal sath aniqlanadi. Bemorda- o’ng tomonlama
o’tkir yiringli gaymorit. (G.Z. Piskunov 2006 y).
Peshona bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqadigan ko’z kosasi flegmonasi.
Bunday asorat nisbatan ko’proq uchraydi. Bunday kelib chiqishiga yuqori sagittal
sinusni septik trombozi hisobiga ko’z kosasi flegmonasi rivojlanadi.
Yallig’lanish peshona bo’shlig’idan sagittal sinusga o’tishiga sabab, bo’shliq
ichidagi venoz qon diploetik venalar orqali tashqi peshona venasiga, bu esa yuqori
uzunchoq sinus bilan anastomoz xosil qiladi, bu esa o’z navbatida oldingi va orqa
etmoidal venalar orqali yuqori ko’z kosasi venasi bilan aloqador bo’ladi, kalla
ichki qismi esa miya qattiq pardasi venalari bilan anastomoz xosil qilgan. Shu
yo’l orqali yallig’lanish talqalishi mumkin. Peshona bo’shlig’ini pastki devorini
nuqsoni orqali yiring kontakt yo’l orqali ko’z kosasiga tarqalishi mumkin.
Ponasimon bo’shliq yallig’lanishidan kelib chiqqan ko’z kosasi flegmonasi.
Pomasimon bo’shliqni izolyatsiyalangan shaklida ko’z kosasi flegmonasi juda
kamdan-kam uchraydi. Ponasimon suyakning osteomieliti hisobiga bosh miya
vena sinuslarida tromb rivojlanadi, birinchi navbatda g’ovaksimon, ko’ndalang va
sagittal sinuslarda tromb rivojlanadi, keyinchalik flegmona bilan asoratlanadi.
Klinik belgilari g’ovaksimon sinusni trombozini eslatadi: ikki tomonlama
ekzoftalm, sklerani sarg’imtir bo’lib qolishi, ko’z qovoqlarida shish, xemoz,
ko’rish qobiliyatini yo’qolishi va ko’z mushaklarini paralichi rivojlanadi. Ko’rish
qobiliyatini yo’qolishi yiring ko’ruv nerviga o’tayotganligidan dalolat bo’ladi.
5.8.Retrobulbar abssess.
Bu ham ko’z kosasi kletchatkasini o’choqli yiringli yallig’lanishidir. Suyak usti
pardasi orqali subperiostal abssessmi teshib chiqishidan yoki infeksiya’ni
gematogen yo’l orqali tarqalishi sababli kelib chiqadi. Retrobulbar abssessni kelib
chiqishidan qat’iy nazar kuchli umumiy intoksikatsiya belgilari bilan boshlanadi:
gektik harorat, bezgak tutishi, EChT yuqori bo’lishi va boshqa septik belgilar
bezovta qiladi. Mahalliy belgilariga ekzoftalm, ko’z olmasini harakati
chegaralangan, bunga sabab qon-tomir limfa sistemasini stazi hisobiga rivojlanadi.
Shunday qilib retrobulbar abssess subperiostal abssessdan ajratish qiyinchilik
tug’dirsa, og’ir hollarda ko’z kosasi flegmonasidan ajratish qiyin bo’ladi.
1.77 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh
bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). Chap
tomonlama g’alvirsimon suyakning oldingi hujay-
ralarida qorayish aniqlanadi, retrobulbar kletchat-
ka infiltrasiyalangan, ko’z olmasi oldinga va
yuqoriga siljigan, ko’z mushaklari va ko’ruv ner-
vi aniq ko’rinmaydi (G.Z. Piskunov 2006 y).
KT da yog’ kletchatkasida zichlik (15-50 Hu) yuqoriligini ko’rish mumkin
bo’ladi, deyarli gomogen strukturaga ega. Hamma hollarda ko’z olmasini oldinga
siljishi aniqlanadi (1.78 rasm).
Juda kam ikki tomonlama retrobulbar abssess uchraydi, lekin bo’lsa ham immun
sistemasi past insonlarda infeksiya’ni gematogen yo’l orqali o’tishi hisobiga kelib
chiqadi.
Subperiostal abssessni suyak usti pardasidan teshib chiqib retrobulbar abssessni
keltirib chiqarishi mumkin.
5.9.Ko’z kosasi nevalarini trombozi.
Bu asorat kamroq uchraydi , asosan burun va yuzning yuqori qismida
rivojlangan frunkullarida, hamda saramasli yallig’lanishidan keyin kelib chiqadi.
Ko’z kosasi venalarini trombozi yuqumli kasalliklaridan keyin kelib chiqishi
mumkin. Ko’pincha avval v. angularis zararlanadi, keyinchalik yallig’lanish ko’z
kosasini kichik venalariga o’tadi, natijada kichik yiringchalar rivojlanadi. Jarayon
jadallashadigan bo’lsa yiringchalar qo’shilib abssesslarni xosil qiladi. Koz kosasi
venalarini trombozi ko’pincha g’ovaksimon sinusni trombozi bilan birga kechadi.
Ko’z kosasi venalarini trombozining klinikasida umumiy va mahalliy belgilar
tafovut qilinadi. Bemorning umumiy holati og’ir, septik, yuqori doimiy va gektik
harorat, bezgak tutishi, bosh og’rishi va holsizlik belgilari bezovta qiladi. Agar
g’ovaksimon sinus bu jarayonga aralashmagan bo’lsa, bemorning holati nisbatan
og’irroq bo’ladi.
Mahalliy belgilari boshlang’ich davrida qovoqlarning shishi kuzatiladi, qo’l
bilan ushlab ko’rilganda tromblangan venalarni sezish mumkin bo’ladi. Shundan
so’ng bu jarayonga yallig’lanish belgilari qo’shiladi: qovoqlar qizaradi,
zichlashadi, konyunktivani xemozi, ekzoftalm rivojlanadi. Venalarni ko’z bilan
1.78 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). A) o’ng
tomonda ko’z olmasini orqa sohasida infiltrasiya zonasi aniqlanadi (qora strelka); b) o’ng yuqori
jag’ bo’shlig’ida shilliq qavatini notekis qalinlashuvi patologik suyuqlik bilan aniqlanadi, Suyak usti
pyerdani kichik ossifikati aniqlanadi (oq strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y)
ko’radagan darajaga yetadi. Ko’zdagi og’riq nisbatan retrobulbar yoki flegmonaga
qaraganda past. Ko’z harakati pasaygan yoki butunlay yo’qolgan. Qoratshiq
kengaygan, ko’rish qobiliyti buzulgan bo’lish mumkin.
Jaryon chuqurlashishi natijasida g’ovaksimon sinusni tromboziga o’tishi
mumkin bo’ladi. F.I. Chumakov (1984) ma’lumtlariga ko’ri, barcha yallig’lanish
kasalliklari ichida g’ovaksimon sinus trombozi 0,3- 0,4% ni tashkil etadi. Ko’proq
infeksiya manbai bo’lib- yuz (burunlab sohasini furunkul va karbonkuli), hamda
ko’z kosasi- ko’z kosasini flegmonasi yoki tromboflebiti hisoblanadi.
G’ovaksimon sinus trombozi rivojlanganda bemorni ahvoli to’satdan
og’irlashadi. Bir necha soat ichida ikkinchi ko’z kosasini venasini trombozi
rivojlanishi mumkin. Bunda ko’z kosasini venalarida va ko’z tubida dimlanish
belgiari, yuqori ko’z arteriyasini kengayishi, ko’z mushkaklarini paralichi va
ko’rlik rivojlanadi, meningit va miya abssessi belgilari rivojlanadi. Ko’pincha
yallig’linish tomonida ekzoftalm rivojlanadi, bundan tashqari mioz yoki midriaz,
ptoz, nistagm, korneal reflekslarni pasayishi, ko’z yosh oqishi, to’r pardani
xiralashishi va yaralanishi kuzatiladi. Ayrim hollarda g’ovaksimon sinusni
trombozi bilan og’rigan bemorlarda venoz insultlar rivojlanishi mumkin (Gorbatsh
I.N., 1997).
KT da g’ovaksimon sinusni trombozini xarakterli belgilari ikki tomonlama
retrobulbar sohada o’zgarish aniqlanishidir. Bunda orbital venalarni qalinlashishi
aniqlanadi, ayniqsa ko’z kosasini yuqori qismlarida anig’roq ko’rinadi, sababi bu
sohada asosiy venoz stvol- yuqori ko’z kosasi venasi joylashadi, bu esa to’g’ridan
to’g’ri g’ovak venaga quyiladi (1.79 rasm).
Dimlanish jarayoni qo’shiladigan bo’lsa retrobulbar kletchatkani shishi kuzatiadi,
KT da esa yuqorida aytib o’tilgan belgilar namoyon bo’lishni boshlaydi. KT da
1.79 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). Chap
g’ovaksimon sinusni trombozi. A) retrobulbar sohani mayda joylashgan o’choqlarni notekis
zichligi oshishi (oq strelka), chap tomonlama ko’z olmasini chetlari notekis bo’lishi; b)
retrobulbar kletchatkani shishi hisobiga ko’z kosasini yuqori qismida orbital venani qalinlashishi
(qora strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y)
g’ovaksimon sinusda o’zgarish bo’rligini aytib bo’lmaydi, lekin alohida holatlarda
zichlik oshishi kuzatiladi. Bosh miyada venoz infarkt rivojlanishi hisobiga, miya
moddasida gipodensiv maydonchalar xosil bo’ladi, bu esa bosh miya yarim
sharlarida simmetrik joylashadi (1.80 rasm).
Qiyosiy tashxisot. Qovoqlar shishini umumiy kasalliklarda, masalan buyrak
kasaligi, allergik kasalliklar va turli vegetativ-vazomotor buzilishlardagi shishdan
farqlash lozim. Chaqaloq va yosh bolalarda gaymorit va etmoidit kasalligini lunj
va qattiq tanglay shishi bilan kechgan yuqori jag’ suyagining o’tkir odontogen
osteomielitidan farqlash lozim. Bundan tashqari, ko’z qovoqlari gematomasi,
emfizemasi, saramasi, ko’z kosasining birlamchi va ikki-lamchi o’smalari inkor
etilishi kerak. Ko’z kosasi yuqori-ichki burchagining subperiostal qo’ppozi ko’z
yoshi xaltasi flegmonasidan farqlanishi lozim. Yiringli o’choq ko’z qovoqlari
ichki burchagining yuqori qismida joylashganda - subperiostal abssessdan, pastda
joylashganda- ko’z yoshi xaltasi yallig’lanishidan dalolat beradi. 1-tablisada
qiyosiy tashxis ko’rsatilgan.
Davolash. Rinogen ko’z kosasi asorati aniqlangan bemor shoshilinch ravishda
LOR yoki reanimatsiya bo’limiga yot`qizilishi kerak.
1) Ko’z kosasining yiringsiz asorati bilan kechgan o’tkir sinusitlarda burun ichiga
qon tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari (naftizin, galozolin, sanorin) tomiziladi,
yallig’lanishga qarshi terapiya o’tkaziladi, bemorga tana haroratini tushirish,
og’riqsizlantiruvchi va antigistamin dori vositalari tavsiya qilinadi. Ko’rsatmalar
mavjud bo’lgan hollarda yuqori jag’ bo’shlig’i teshilib, teflon naychadan
tayyorlangan drenaj o’rnatiladi va peshona bo’shlig’i trepanopunksiyasi bajariladi.
2) Ko’z kosasining yiringsiz kasalliklari bilan kechgan surunkali sinusitda
zararlangan burun yondosh bo’shliqlarida tashqi tomondan ekstranazal jarrohlik
amali bajariladi va burun bo’shlig’iga ochiladigan keng yo’l xosil qilinadi;
1.80 rasm
.
Ko’z kosasini va burun yondosh bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya). O’ng
g’ovaksimon sinusni trombozi: a) ikkala ko’z kosasini retrobulbar kletchatkada ko’p o’choqli zi-
chlashishi (strelka), g’alvirsimon suyakning hujayralarida patologik ajralma aniqlanadi; b) o’rta
miyada ishemiya zonasi.
|