Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi. O‘zbekiston prezidenti Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, mamlakat Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi», — dedi u.
«Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — deya ta’kidladi prezident.

«Afg‘oniston — Markaziy Osiyoning ajralmas qismi»
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
«2018 yil mart oyida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afg‘on muammosini yechish uchun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini safarbar etishda yangi bosqich bo‘ldi.
Davrimizning o‘tkir muammolaridan yana biri — global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda