ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
2023, 4 (164)
yoti tizimli va samarali moliyaviy munosabatlarda
aks ettirilmasa, muvaffaqiyatsizlik ehtimoli muvaf
faqiyat ehtimolidan yuqori bo'lishi mumkin”. [13]
Shuningdek, davlatxususiy sheriklikning muvaffaqi
yatli bo’lishida davlat moliyasining barqarorligi va
bozor hajmi infratuzilmaga investitsiyalar ko’lamiga
ijobiy ta’sir ko’rsatsa, soliq yukining baland bo’lishi
hamda yuqori darajada inflyatsiya salbiy ta’sirini
namoyon qiladi [14].
Milliy va global miqyosdagi beqaror iqtisodiy va
siyosiy muhitni hisobga olgan holda, davlatlar va
xususiy firmalar infratuzilmaga xususiy investitsi
yalari bo'yicha oqilona qarorlar qabul qilish uchun
zamonaviy va dolzarb yondashuvlarga asoslanishi
talab etiladi. Shu sababli, ushbu maqola keng qam
rovli makroiqtisodiy ma'lumotlar to'plamidan foy
dalangan holda DXSh mexanizmlariga ta'sir qilishi
mumkin bo'lgan omillarni o’rganish va tahlil qilish
dolzarb hisoblanadi.
Infratuzilmani moliyalashtirishda
davlat tashqi
qarzi ulushini oshib borishi va ular hisobiga olin
gan moliyaviy resurslar maʼlum bir darajada chega
ralanganligi evaziga, davlatxususiy sheriklik orqali
xususiy investorlarning mablag’larini
infratuzilma
loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish mam
1
The World Bank Private Participation Infrastructure Data
base – malumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
https://ppi.worldbank.org/en/visualization#sector=&status=
&ppi=&investment=®ion=&ida=& income=&ppp=&md
b=&year=&excel=false&map=&header=true
lakatda tashqi qarzga boʻlgan ehtiyojni maʼlum
bir darajada chegaralash imkonini beradi. 2022 yil
davomida O‘zbekiston davlat qarzi 2,9 milliard dol
larga ko‘payib, 29,2 milliard dollarni yoki YaIMga
nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Davlat qarzining 90
foizdan ortiq qismi xorijiy valyutada jalb qilingan.
2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning dav
lat qarzi 29,2 milliard dollarga etdi. Bu – mamlakat
tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Davlat qarzi 2022 yil 3choragiga nisbatan 3,1
milliard dollarga ko‘paygan, YaIMga nisbatan ulushi
ham 2,3 foizga oshib 34,1 foizdan 36,4 foizga yet
gan. Taqqoslash uchun, 2022 yilning 1 oktyabr hol
atiga davlat qarzi 26,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Davlat qarzining umumiy miqdori yildan yilga
oshayotgan bo‘lsada, uning yalpi ichki mahsu
lotga nisbatan ulushi 2020 yildan keyingi davrda
kamaygan. Jahon banki (JB) prognozlariga ko‘ra,
O‘zbekiston hukumati o‘zining qarz olish chek
lovlariga rioya qilishda davom etishi kutilmoqda.
Davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxiriga
kelib YaIMning mos ravishda 32 va 55 foizigacha
bosqichmabosqich kamayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: