ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
2023, 4 (164)
rivojlantirish rag‘batlariga putur yetkazishi hisobga
olinsa, ko‘plab rivojlangan davlatlar ikkinchi yo‘lni
tanlashni afzal ko‘rishadi.
Ikkinchidan
, kovid va postkovid davri dunyon
ing ko‘plab mamlakatlarida tashqi qarz o‘sishiga
olib keldi. Xususan, ushbu omillar ta’sirida 2020
yilda qarz jalb qilish miqdori keskin oshganini (17,8
milliard dollardan 23,4 milliard dollarga) ko‘rish
mumkin.
Uchinchidan
, davlat byudjeti taqchilligining
oshib borayotgani. 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich
YaIMning 3,9 foizini yoki qariyb 35 trln. so‘m tash
kil etdi.
2023 yilda O‘zbekiston
nomidan va kafolati
ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik
imzolanadigan bitimlarning umumiy qiymati 4,5
milliard dollarni tashkil qilishi, shundan davlat byud
jetini qo‘llabquvvatlash, byudjet taqchilligi uchun 2
milliard (bu o‘tgan yilga nisbatan 500 milliard dol
larga kam), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
uchun esa 2,5 milliard dollar (bu o‘tgan yilga nis
batan 500 mln. dollar ko‘p) jalb qilinishi belgilangan.
Xulosa.
Mamlakat aholisining tez suratlarda oʻsishi va
infratuzilmaga bo’lgan
talabning keskin oshishi
davlat xizmatlari va infratuzilmani yangilash uchun
katta xarajatlarni talab etadi. Fikrimizcha, bunday
sharoitlarda davlat tashqi qarzga katta eʼtibor qarat
masdan, davlatxususiy sheriklik asosida xususiy
investorlarni
kengroq jalb etishi, xususiy inves
torlarni infratuzilmani moliyalashtirishdan oladi
gan manfaatdorligini oshirish orqali xususiy sherik
mablagʻlarini yoʻnaltirishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, iqtisodiyotining bugungi sharoitida
davlatxususiy sheriklik asosidagi infratuzilma loyi
halari uchun xususiy investitsiyalarni yo‘naltirish va
xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar va imkoni
yatlar yaratish hamda ustuvor yo‘nalishlarni bel
gilash, ijtimoiy loyihalarga xususiy investitsiyalarni
jalb etishning optimal mexanizmlarini joriy etish
yo‘llarini ilmiy tadqiq etishga e’tiborni kuchaytirish
talab etiladi.
Davlatxususiy sherikligini faqatgina ijtimoiy
madaniy soha hamda infratuzilmani
rivojlantirish
darajasini belgilovchi omil sifatida emas, balki,
mamlakat iqtisodiyotini
rivojlanishining yangi
bosqichga olib chiqadigan alohida dastaklardan
biri sifatida e’tirof etish lozimdir. Yaqin kelajakda
davlatxususiy sherikligini amalga oshirish bo‘yicha
loyihalar bazasini yaratish va ochiq, real ma’lumotlar
bilan shakllantirib borish va muntazam tahlil etib
borish, davlatxususiy
sheriklik loyihalari uchun
muntazam malaka oshirib borish tizimini yarat
ish, infratuzilmani va ijtimoiy sohani qo‘shimcha
rivojlantirish borasida izchil ishlarni belgilash, eng
muhimi, xususiy sherikni tanlashda shaffof va adolatli
tizim ishlab chiqish lozimdir.
Dostları ilə paylaş: