Shavkatov n. Infratuzlima loyihalarini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ahamiyatli jihatlari


Birinchidan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan



Yüklə 75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.12.2023
ölçüsü75 Kb.
#189787
1   2   3   4   5   6   7   8
infratuzlima-loyihalarini-moliyalashtirishda-davlat-xususiy-sheriklik-munosabatlarining-ahamiyatli-jihatlari (1)

Birinchidan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
infratuzilma loyihalarini amalga 
oshirish ko‘lami doimo o‘sib boruvchi xarakterga 
ega. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun 
davlatda 2 ta muqobil yechim mavjud: soliqlarni 
oshirish yoki tashqi qarz va investitsiya mablag‘larini 
jalb qilish. Soliqlarni oshirish istiqbolda iqtisodiyotni 
2-rasm. Jahon miqyosida amalga oshirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari soni va unga 
yo’naltirilgan xususiy investitsiyalar bog‘liqlik darajasi[15]
1

59
ИНВЕСтИЦИЯЛАР ВА ИННОВАЦИЯЛАР / ИНВЕСтИЦИИ И ИННОВАЦИИ


ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
2023, 4 (164)
rivojlantirish rag‘batlariga putur yetkazishi hisobga 
olinsa, ko‘plab rivojlangan davlatlar ikkinchi yo‘lni 
tanlashni afzal ko‘rishadi.
Ikkinchidan
, kovid va postkovid davri dunyon­
ing ko‘plab mamlakatlarida tashqi qarz o‘sishiga 
olib keldi. Xususan, ushbu omillar ta’sirida 2020 
yilda qarz jalb qilish miqdori keskin oshganini (17,8 
milliard dollardan 23,4 milliard dollarga) ko‘rish 
mumkin.
Uchinchidan
, davlat byudjeti taqchilligining 
oshib borayotgani. 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 
YaIMning 3,9 foizini yoki qariyb 35 trln. so‘m tash­
kil etdi.
2023 yilda O‘zbekiston nomidan va kafolati 
ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik 
imzolanadigan bitimlarning umumiy qiymati 4,5 
milliard dollarni tashkil qilishi, shundan davlat byud­
jetini qo‘llab­quvvatlash, byudjet taqchilligi uchun 2 
milliard (bu o‘tgan yilga nisbatan 500 milliard dol­
larga kam), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish 
uchun esa 2,5 milliard dollar (bu o‘tgan yilga nis­
batan 500 mln. dollar ko‘p) jalb qilinishi belgilangan.
Xulosa.
Mamlakat aholisining tez suratlarda oʻsishi va 
infratuzilmaga bo’lgan talabning keskin oshishi 
davlat xizmatlari va infratuzilmani yangilash uchun 
katta xarajatlarni talab etadi. Fikrimizcha, bunday 
sharoitlarda davlat tashqi qarzga katta eʼtibor qarat­
masdan, davlat­xususiy sheriklik asosida xususiy 
investorlarni kengroq jalb etishi, xususiy inves­
torlarni infratuzilmani moliyalashtirishdan oladi­
gan manfaatdorligini oshirish orqali xususiy sherik 
mablagʻlarini yoʻnaltirishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, iqtisodiyotining bugungi sharoitida 
davlat­xususiy sheriklik asosidagi infratuzilma loyi­
halari uchun xususiy investitsiyalarni yo‘naltirish va 
xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar va imkoni­
yatlar yaratish hamda ustuvor yo‘nalishlarni bel­
gilash, ijtimoiy loyihalarga xususiy investitsiyalarni 
jalb etishning optimal mexanizmlarini joriy etish 
yo‘llarini ilmiy tadqiq etishga e’tiborni kuchaytirish 
talab etiladi.
Davlat­xususiy sherikligini faqatgina ijtimoiy­
madaniy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish 
darajasini belgilovchi omil sifatida emas, balki, 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining yangi 
bosqichga olib chiqadigan alohida dastaklardan 
biri sifatida e’tirof etish lozimdir. Yaqin kelajakda 
davlat­xususiy sherikligini amalga oshirish bo‘yicha 
loyihalar bazasini yaratish va ochiq, real ma’lumotlar 
bilan shakllantirib borish va muntazam tahlil etib 
borish, davlat­xususiy sheriklik loyihalari uchun 
muntazam malaka oshirib borish tizimini yarat­
ish, infratuzilmani va ijtimoiy sohani qo‘shimcha 
rivojlantirish borasida izchil ishlarni belgilash, eng 
muhimi, xususiy sherikni tanlashda shaffof va adolatli 
tizim ishlab chiqish lozimdir. 

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin